Mavzu: fuqarolik huquqi subyektlarining tarkibiy elementlari



Download 29,88 Kb.
Sana03.12.2022
Hajmi29,88 Kb.
#877461
Bog'liq
MUOMALA LAYOQATI


MAVZU: FUQAROLIK HUQUQI SUBYEKTLARINING TARKIBIY ELEMENTLARI

REJA:


  1. Fuqarolik huquq va muomala layoqati

  2. Vasiylik va homiylik

  3. Yuridik shaxs tushunchasi va belgilari


Huquq layoqati kishi tug‘ilganidan to o‘limigacha undan ajralmaydi, u bilan birga bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq ham har xil huquqlarga, jumladan, yashash huquqi, ovqatlanish huquqi, erkin bo‘lish huquqi kabi qator tabiiy huquqlarga, shu jumladan, ota-onalardan tarbiya olish va boshqa huquqlarga ega bo‘ladi. Aqli zaif va ruhi xastalar ham huquq subyekti bo‘lib hisoblanadi. Ular, xususan, davolanish, pensiya olish va boshqa huquqlarga ega. Ulaming mulkiy huquqlari to‘liq hajmda saqlanadi.Kishi tug‘ilishi bilan uning hayoti boshlanganidek, tug‘ilishi bilan huquq subyekti sifatida yashashi ham boshlanadi. Kishining tug‘ilish fakti muhim yuridik ahamiyatga ega bo‘lganligi tufayli, bolaning tug‘ilishi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limida (FHDYO) davlat ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ro‘yxatdan o ‘tkazilmaslik tug‘ilgan bolaning huquqiga ta’sir etmaydi, faqat uning huquqlarini ro‘yobga chiqarish uchun zarur harakatlarni amalga oshirishda qiyinchilik tug‘diradi. Kishining huquq layoqati subyekti bo‘lib yashashi faqat uning tug‘ilishi bilan boshlansa ham, qonun ba’zi hollarda hammaning, ya’ni hali tug‘ilmagan bolaning — kelgusidagi huquq subyektining manfaatlarini ham e’tiborga oladi va qo‘riqlaydi. Masalan, qonunga asosan meros qoldiruvchi vafot etgan, ya’ni qonun belgilangan tartibda meros ochilganidan so‘ng tug‘ilgan bolalari ham voris bo‘la oladilar (FKning 1118-moddasi). Uy-joy kodeksida ko‘rsatilganidek, fuqarolarga uy-joy berilganida turar-joy hajmini belgilashda oilada homilador ayollarning bo‘lishi ham hisobga olinadi.Huquq layoqati kishi, ya’ni huquq subyekti vafot etishi bilan tamom boiadi. Oigan kishining to oiimiga qadar ixtiyorida bolgan huquq va zimmasidagi majburiyatlarning bir qismi (mulkiy, shaxsiy huquq va majburiyatlari) bekor boiadi, shu bilan birga ba’zi mulkiy huquqlar vorislarga o‘tadi. O‘lim qator huquqiy oqibatlar tug‘diradigan faktdir. Shuning uchun o’lim ham tugilish singari fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boiimida (FHDYO) da oila qonunchiligiga muvofiq qayd etiladi. Normal tartibda guvohlantirilgan o iim hollaridan tashqari, qonun fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish va vafot etgan, deb e’lon qilish institutini ham biladi. Muomala layoqati fuqarolarning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlarini olish, amalga oshirish, o‘zlari uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqatidir (FKxiing 22-moddasi). Muomala layoqatini yuridik harakatlar qilish, ya’ni qonun bo‘yicha ma’lum huquqiy oqibatlar qilish layoqati deb ham ta’riflash mumkin (masalan, shartnomalar tuzish, yetkazilgan zararni to‘lash va hokazolar). Muomala layoqatining huquq layoqatidan farqi shuki, barcha fuqarolar ham muomala layoqatiga ega boiavermaydilar. Muomala layoqatiga ega boiishning sharti shundan iboratki, muomala layoqatiga ega boigan fuqarolar aqli rasolik bilan o‘z harakatlarining oqibatlarini tushunib harakat qiladilar. Maiumki, yangi tugilgan bola to’liq huquq layoqatiga ega boisa ham, o‘z harakatlari bilan bironta huquq va majburiyat olmaydi. Ongli harakatlar qilish layoqati faqat maium yoshga yetgandan keyingina boshlanadi. Binobarin, fuqarolik muomala layoqatining fuqaro to’la hajmda voyaga etish bilan vujudga kelishini ko‘rsatadi. Voyaga etish 18 yoshga toiish bilan boshlanadi. Bu yoshga etish bilan kishi fuqarolik huquqiy munosabatlarda, jumladan, mulkiy munosabatlarda to‘la qatnashuvchigina boiib qolmay, siyosiy huquqlar bilan birga boshqa fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini ham oladi. Qonun voyaga etish yoshini belgilash bilan bir qatorda, voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan o‘tgan fuqaro nikohdan o ‘tgan vaqtdan e’tiboran to ia hajmda muomala layoqatiga ega boiishini belgilaydi (FKning 22-moddasi). Voyaga yetgan fuqarolar teng darajada muomalaga layoqatli hisoblanadilar. Fuqarolarning muomala layoqati faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina cheklanishi mumkin. Fuqaroning muomala layoqatini cheklashga qaratilgan bitimlar o‘z-o‘zidan haqiqiy emas (FKning 23-moddasi).To ia muomala layoqati yuqorida ko‘rsatilganidek, o ‘n sakkiz yoshga yetgan fuqarolarga berilgani sababli bu yoshga to im ag an shaxslarning huquqiy holatini belgilashda ular ikkiga boiinib, ya’ni o‘n to‘rt yoshgacha boigan voyaga yetmagan va o‘n to ‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha boigan voyaga yetmagan shaxslar muomala layoqati o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.0 ‘n to‘rt yoshgacha boigan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar) to ia ravishda muomalaga layoqatsiz hisoblanadilar. Muomalaga layoqatsiz fuqaro shaxsini, uning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun, shuningdek, qonunda nazarda tutilgan hollarda mulkiy huquqlarni qo‘riqlash uchun vasiylik va homiylik belgilanadi.Vasiylik shundan iboratki, bunda muomalaga layoqatsiz shaxs o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan fuqarolar, ruhiy kasal va aqli zaiflar nomidan vasiy harakat qiladi hamda o‘zining harakatlari bilan vasiylikka olingan shaxs uchun huquq va majburiyatlar tug‘diradi.Homiylikda homiylar qisman muomala layoqatiga ega bo‘lgan shaxslar (o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan fuqarolar)ga o ‘z huquqlarini amalga oshirish, majburiyatlarni bajarishda yordam ko‘rsatadilar, shuningdek, ularni uchinchi shaxsni ba’zan bo‘lishi mumkin bo‘lgan yomon niyatli harakatlaridan saqlaydilar. Homiylik ba’zi hollarda jismoniy kamchiliklari bo‘lgan, masalan ko‘zi ojiz (ko‘rlik), mayiblik sababli o‘z huquqlarini o‘zlari amalga oshira olmaydigan va himoya qila olmaydigan to ia muomala layoqatiga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi.Bunday shaxslarga nisbatan homiylikning vazifasi huquqlar olish yoki ularni amalga oshirish bilan bogiiq turli harakatlarni ular uchun bajarishdan iborat. Bolaning ota-onasi olti oydan ortiq muddatda boimagan hollarda, agar bolaning manfaatlari uchun zarur boisa, ularga nisbatan ham vasiylik va homiylik belgilanadi. Mahalliy organlar vasiylik va homiylik organlari b o ia oladi. Ular voyaga yetmaganlarga nisbatan vasiylik harakatlarini amalga oshirishni yosh bolalarga nisbatan-xalq taiim boiimlariga, ruhiy kasal va aqli zaiflarga nisbatan - sogiiqni saqlash boiimlariga, vasiylikka olinuvchilarning boshqa toifalariga nisbatan esa, ijtimoiy ta’minot boiimlariga yuklaydilar, qishloq joylarida vasiylik va homiylik mahalla fuqarolar yiginlari tomonidan belgilanadi.O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida yashaydigan, ota-onasining qaramogidan mahrum boigan O‘zbekiston Respublikasining voyaga yetmagan fuqarolariga va sogiigi tufayli o ‘z huquqini mustaqil ravishda amalga oshira olmaydigan, o‘z majburiyatlarini bajara olmaydigan, O‘zbekiston Respublikasining voyaga yetmagan fuqarolariga vasiylik va homiylik faoliyatini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasining konsullik idoralari zimmasiga yuklanadi. Agar vasiylikka olinuvchining mulki u turgan joyda boimasa, ikki vasiy: biri uning o‘ziga nisbatan, ikkinchisi, vasiylikka olingan shaxsning mulkiga nisbatan tayinlanishi mumkin. Ota-onalar vasiyhk va homiylik vazifalariga alohida tayinlanmay, qonun bo‘yicha bajaradilar. Ota-onalari boimagan taqdirda yoki ular amalda bu vazifani birorta sabab, masalan, qamoqda yoki shifoxonada boiishi tufayli bajara olmasalar yoki ota-onalik huquqidan mahrum boigan boisalar vasiylik va homiylik organlari vasiy va homiyni, birinchi navbatda, vasiylikka olinuvchiga yoki homiy tayinianayotganga yaqin shaxslardan biriga tayinlaydi.Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati chekiangan shaxslar, sud tomonidan ota-onaliic huquqlaridan mahrum qilinganlar yoki ota- onalik huquqi cheklanganlar sobiq farzandlikka oluvchilarning farzandlikka olganligi Oila kodeksining 169-moddasiga muvofiq bekor qilingan shaxslar (ya’ni o‘z zimmalaridagi majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlayotgan yoki ularni lozim darajada bajarmayotgan, ota-onalik huquqini suiiste’mol qilayotgan, farzandlikka olinganlarga nisbatan shafqatsizlik bilan muomalada boiayotgan, muttasil ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka mubtalo boigan shaxslar) qonun bilan zimmalariga yuklangan majburiyatlami lozim darajada bajarmaganliklari yoki o ‘z huquqlarini suiiste’mol qilganliklari uchun vasiylik (homiylik) vazifalaridan chetlatilgan shaxslar, ruhiy yoki narkologik muassasalarda ro‘yxatda turganlar, qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilingan shaxslar vasiy va homiy qilib tayinlanishi mumkin emas.Vasiy va homiyning asosiy vazifasi vasiylikka olinuvchining shaxsi va mulki yuzasidan g‘amxo‘rlik qilishdan, vasiylikka olinuvchining inanfaatlarini qo‘riqlashdan iborat. Binobarin, vasiylikka oluvchi o‘ziga ishonilgan mulkdan o‘zi uchun hech qanday foyda olmasligi lozim. U vasiylikka olingan shaxsni asrash va uning mulkini idora etish xarajatinigina undirishga haqli. Umumiy qoida bo‘yicha vasiylik va homiylik vazifalari bepul bajariladi. Vasiy va homiy o‘z vasiyligi yoki homiyligidagi shaxsga ta’minot berishga majbur emas. Vasiy va homiyning o‘z vasiyligi yoki homiyligidagi shaxsning ta’minoti uchun qilgan xarajatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu shaxsning mablagi hisobidan qoplanadi, bu mablag‘ yetarli boimagan taqdirda esa, uning ta’minoti uchun vasiylik va homiylik organlari nafaqa tayinlashi mumkin. Vasiy vasiylikka olingan shaxs tomonidan bitimlar tuzishga haqli, lekin vasiylikka olinuvchining mulkiy ahvoliga yomon ta’sir etadigan Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, azaldan mulkiy munosabatlarda jismoniy shaxslar bilan bir qatorda ma’lum darajadagi mulk mablag‘iga ega bo‘lgan ayrim birlashmalar ham ishtirok etganlar. Bundan XXV asr oldin Rim davlatida xususiy korporatsiyalar mavjud bo’lib, ular diniy maqsaddagi uyushmalar (sodalitates, sollegia sodalicia), mohir duradgorlar uyushmasi (fabrorum, pistorum)dan iborat bo’lgan. Rim yuristlaridan Gayning guvohlik berishicha, XH-jadval qonunlari diniy maqsaddagi uyushmalarga o‘zlari uchun qonunga xilof bo‘lmagan holda nizom yaratishlari uchun huquq berganlar. Rim respublika davrida ko‘plab korporatsiyalar, jumladan: (collegia apparitorum), ya’ni, magistrlar xizmatchilari korporatsiyasi, turli o‘zaro yordam ko‘rsatuvchi birlashmalar, shuningdek, (coollegia funeratucia) dafn etish marosimini o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi korporatsiyalar hamda (collegia publicanorum) Rimning siyosiy va xo‘jalik hayotida muhim o‘rin tutgan, davlat bilan shartnoma tuzib, davlat hisobidan sarmoya undirib, davlat imeniyalarida davlat uchun yirik qurilish ishlarini olib boruvchi tadbirkorlar birlashmasi va boshqalar mavjud edi. Ularning ko‘pchiligi prinsipiat davrida yuridik shaxs sifatida e’tirof etildi.Fuqarolik huquqining mustaqil subyektlari sifatida fuqarolik- huquqiy munosabatlarda qatnashish va shu munosabat bilan muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishi layoqati nafaqat fuqarolarga, balki yuridik shaxslarga ham beriladi.O‘zbekiston Respublikasida yuridik shaxslar faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarning butun bir turkumi vujudga keltirilgan. Siyosiy partiyalar, banklar va bank faoliyati, notariat, mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha ma’suliyatli jamiyatlar, Xo‘jalik shirkatlari, Xususiy korxonalar, Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish, Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar, Nodavlat notijorat tashkilotlar, Jamoat fondlari, Birja va birja faoliyati to ‘g‘risidagiqonunlar shular jumlasidandir. Ulaming har birida turli xo‘jalik yuritish shakliga ega bo‘lgan u yoki bu yuridik shaxslarga o‘ziga xos ta’riflar, tushunchalar berilgan. Amaldagi fuqarolik kodeksi esa, ularning barchasini umumlashtirib quyidagicha ta’rif beradi: O‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega boMgan ham o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu molmulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi (FKning 39-moddasi). Yuqorida berilgan ta’rifga ko‘ra, har qanday tashkilot emas, balki muayyan talablarga javob beradigan tashkilotlargina yuridik shaxs bo‘la oladi.
Yuridik shaxslar:
• tashkiliy birlik;
• mulkiy mustaqillik;
• mustaqil mulkiy javobgarlik;
• fuqarolik muomalasida o‘z nomidan harakat qilish belgilariga
ega bo‘lishi kerak.
Tashkiliy birlik — bu yuridik shaxsning huquq subyekti sifatida tashkil bo‘lganligini, muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishini bildiradi. Yuridik shaxsning tashkiliy jihatdan tuzilishini ko‘rsatadigan Ustavi yoki Nizomi bo‘lishi kerak. Ba’zi davlat muassasalari va davlat budjetida bo‘lgan boshqa davlat tashkilotlari, shuningdek, qonunda nazarda tutilgan hollarda, boshqa tashkilotlar ham alohida Nizomga ega bo‘lmay, mazkur turdagi tashkilotlar haqidagi umumiy Nizom asosida ish olib borishlari mumkin. Yuridik shaxslaming ayrim filiallari (xo‘jalik bo‘limlari, uchastkalari, agentliklari) ma’lum tizimga ega bo‘lgan, muayyan tarzda tashkil etilgan bo‘lsa ham, ular butun bir tashkilot (korxona muassasa) ishining bir qisminigina bajaruvchi tashkilotlari bo‘lgani tufayli yuridik shaxs bo‘la olmaydi. Masalan, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy univer-sitetining yuridik fakulteti muayyan shaklda tashkil topib, ish olib borish tartibi, kafedra a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, dekanning vakolatlari belgilangan bo‘lsa ham, yuridik shaxs hisoblanmaydi. Mulkiy mustaqillik — fuqarolik huquqining subyekti bo‘lishi uchun yuridik shaxs hisoblangan har qanday tashkilotning o‘ziga xos rnulkibo‘lishi, har qaysi davlat tashkilotining o‘ziga biriktirilgan mulki bo‘lishini taqozo qiladi. Boshqacha aytganda, yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega boiishlari kerak (FKning 39-moddasi,2-bandi). Yuridik shaxslarning mol-mulki ularning Ustav doirasida aks ettiriladi. Ustav fondi ta’sischilarining qo‘shgan pul mablagiari, ko‘chmas mol-mulklari, a’zolikbadallaridan, tadbirkorlik faoliyatidan topilgan daromadlaridan, fuqarolarning ixtiyoriy xayriya mablagiaridan, aksiyalaridan tushgan devidendlardan va qonunda man etilmagan o‘zga manbalardan tashkil topadi. Bu sohada ayrim cheklovlar ham bor. Jumladan, siyosiy partiyalar davlat organlaridan, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan, xorijiy davlatlar va tashkilotlardan, xalqaro tashkilotlardan, chet el fuqarolari va fuqaroligi boimagan shaxslardan, diniy taslikilotlardan, anonim xayriya beruvchilardan mablagiar va boshqa mol-mulklar olishi taqiqlanadi. Davlat tashkilotlari davlatga qarashli mulkka nisbatan to ia xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqigagina egadirlar. Jamoa xo‘jaliklari, boshqa kooperativ va jamoat tashkilotlari, ularning birlashmalari o‘zlariga mulk huquqi asosida tegishli boigan mulkni egallaydi. Alohida mulkka ega boimagan yoki mustaqil ravishda boshqara olmaydigan va shu sababli boshqa shaxslar bilan xo‘jalik munosabatlarida b o ia olmaydigan tashkilotlar fuqarolik huquqining subyekti b oiib hisoblanmaydi. Mustaqil mulkiy javobgarlik — yuridik shaxs hisoblangan tashkilot o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘ziga tegishli boigan (davlat tashkiloti esa, o‘ziga biriktirib qo‘yilgan) mulki bilan javob beradi. Yuridik shaxs hisoblangan davlat tashkilotlarining majburiyatlari yuzasidan davlat javobgar boimaydi, bu tashkilotlar ham davlat tashkilotlari majburiyatlari yuzasidan javobgar boimaydilar. Davlat budjetida turadigan tashkilotlarning qarzini qoplash, mablag‘ berish shartlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi. Yuridik shaxsning yuqori organi o ‘ziga qarashli yuridik shaxs hisoblangan tashkilotlarning qarzlari yuzasidan javobgar boimaydi. Ammo yuridik shaxsning yuqori organi o‘ziga bo‘ysunadigan tashkilotning qarzlari uchun qonunda yoki Nizomda nazarda tutilgan hollarda javobgar boiishi mumkin. Quyi tashkilotlar ham o ‘zlarining yuqori tashkilotlari majburiyatlari yuzasidan javobgar boimaydilar. Yuridik shaxslar o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga qarashli butun molmulki bilan javob beradi. Davlat korxonasining mol-mulki yetarli bo'lmaganida davlat uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgar bo‘ladi. Yuridik shaxsning bankrotligi uning mulkdori yoki ta’sischining g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan bo‘lsa, yuridik shaxsning mol-mulki yetarh bo‘lmaganda uning mulkdori (yoki muassisi) zimmasiga subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin. Fuqarolik muomalasida o‘z nomidan harakat qilish - yuridik shaxs hisoblangan tashkilot o‘z nomidan huquqiy munosabatlarda qatnashib, turli bitimlar tuza olishi, mulkiy va mulkiy xarakterda bo‘lmagan huquqlarga ega bo‘la olishi va majburiyatlarni vujudga keltira olishi demakdir. Yuridik shaxs sudda, xo‘jalik sudida mustaqil ravishda davogar va javobgar bo‘la oladi.Har bir yuridik shaxs o‘z firma nomiga ega boMishi talab etiladi. Firma nomi yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shaklini bildiradi. Masalan, «Nargiza» savdo-ishlab chiqarish jamoa korxonasi. Bu verda «Nargiza» korxonaning nomi, ya’ni, korxonaning mahsulot va xizmatlari «Nargiza» yorligM ostida chiqariladi. Savdo ishlab chiqarish korxona faoliyatining xarakterini, jamoa korxonasi korxonaning jamoa mulkchiligiga asoslanganJigini bildiradi. Shuningdek, yuridik shaxslar rasmiy nomga, ya’ni, davlat nomidan ega bo‘lishlari ham mumkin. Yuridik shaxslarga rasmiy nomni berishda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ruxsat beradi. Masalan, O'zbekiston Republikasi Prezidentining 2000 yil 28 yanvardagi Farmoniga ko‘ra, Toshkent Davlat universitetiga 0 ‘zbekiston Milliy universiteti maqomi berildi
Download 29,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish