Laboratoriya ishi №1 Mavzu: C# asosida nutqni tanish algoritmlarini o’rganish Ishdan maqsad



Download 27,45 Kb.
bet1/2
Sana31.08.2021
Hajmi27,45 Kb.
#161201
  1   2
Bog'liq
Lab 1


1-laboratoriya mashg'uloti

Laboratoriya ishi №1

Mavzu: C# asosida nutqni tanish algoritmlarini o’rganish

 

Ishdan maqsad: C# dasturlash tili asosida nutqni tanish algoritmlarini o’rganib chiqish va uni keyinchalik bu algoritmlar asosida nutqni taniydigan dasturlarni C# asosida ishlab chiqish



Nazariy qism.

C# ob'ektga yo'naltirilgan dasturlash tili bo'lib Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. u .net frame workning ajralmas bo'lagi hisoblanadi. u 1999-yili ishlab chiqarilgan bo'lsa ham, juda ham mashhur bo'lib dunyoning yetakchi tillari orasiga qo'shilib oldi. hozirgi kunda c# da oddiy konsol dasturidan tortib millionlab odamlarga hizmat qiladigan web portallargacha ishlab chiqsa bo'ladi. bu til grafik dasturlarni yaratishda wpf hamda windows forms texnologiyalaridan foydalanadi. bu til sintaksisi bo'yicha C++ hamda java tillariga yaqin turadi. agar siz C++ ni bilsangiz C# ni qiynalmasdan o'rganasiz.

Net platformasi uchun maxsus C# dasturlash tili yaratildi. C# dasturlash tilining konstruktsiyasi nafaqat C++, Java tilidan olingan balki Visual Basic tilidan ham olingan. Tilning asosiy xususiyatlarini sanab o`tsak:

-xotirani avtomatik boshqarish;

-sanaladigan, strukturali va sinf xususiyatlari bilan ishlash uchun quyilgan sintaksis konstruktsiyalar;

-operatorlarni qayta yuklashni c++ tiliga qaraganda oson amalga oshirish;

-dasturiy interfeyslarni ishlatishni to`liq qo`llab quvvatlash;

-sohaga yo’naltirilgan dasturiy texnologiyalarni qo`llab quvvatlash.

C# dasturlash tili .Net platformasining qadrdon tili hosoblanadi. Tilni yaratishning asosiy maqsadi uni .Net platformasiga integrallashuvi hisoblanadi. Net platformasiga turli dasturlash tilida dasturlash mumkin bo`lsada eng yaxshisi C# dasturlash tilida dastur tuzishni maslaxat beramiz, chunki bu til muhitni barcha imkoniyatlarini maksimal ishlatadi. Shunday ekan C# tili imkoniyatlarini bilish orqali muhit imkoniyatlarini ham bilib olamiz. Bu til to`liq ob`ektga yo`naltirilgan dasturlash tili bo`lib, xatolarga bardoshli va chidamli dasturlarni tuzish imkoniyatini beradi.

C# dasturlash tili o`zining soddaligi, barqarorligi va mantiqiyligi bilan faqr qiladi. Unda xatolarni toppish noqulay ko`rinmaydi. C# tili tiplarga nisbatan xavfsiz hisoblanadi. U initsializatsiyalanmagan o`zgaruvchilarni ishlatishdan, tiplarni xavfsiz bo`lmagan o`tkazishdan va boshqa ko`p tarqalgan xatoliklardan himoyalaydi.

C# dasturlash tilida dastur tuzish vaqt va moddiy sarf jihatdan yutuqli hisoblanadi. Nihoyat C# .Net platformasining barcha imkoniyatlari xususan umumiy va maxsus masalalarni yechish uchun ko`pgina kutubxonalarni ishlatadi.

Net platformasining ikkita asosiy tashkil etuvchisi umumiy tildagi bajarilish muhiti (CLR-Common Language Runtime) va sinflar kutubxonasi (FCL-Framework Class Library). Umumiy tildagi bajarilish muhiti dasturni ishlashi vaqtida kodni boshqarishni bajaradi va xotirani boshqarish, oqimlarni boshqarish hamda uzoqlashgan o`zarota`sir singari asosiy xizmatlarni ko`rsatadi. Bunda qattiqqo`l tiplashtirish va kod mavjudliligi tekshiruvlarini amalaga oshiradi, qaysiki bu xavfsizlik va barqarorlikni ta`minlaydi. Net platformasining boshqa tashkil etuvchisi – sinflar kutubxonasi bo`lib, kop` holatda ishlatiladigan tiplar kollektsiyasiga ob`ektga yo`naltirilgan murojaatni taqdim etadi, bu esa turli darajadagi dasturlarni oson yaratish imkoniyatini beradi to oddiy buyruqli interfeysdan tortib toki Net platformasining eng katta yutuqlarini ishlatishgacha masalan: XML web xizmatlar, ASP.Net imkoniyatlari va hokazo.

Net platformasini qisqa ko`rib chiqgandan keyin ham C# dasturlash tili to`g`risida quyidagilarni xulosa qilish mumkin. Xulosa qilib shuni aytish kerakki dasturlash tillarini quyidagi ketma-ketlikda o`rganishni maslahat berar edik:

Dasturlash tili boshlang`ich tushunchalarini o`rganish uchun C dasturlash tilini o`rganish: til sintaksisi, algoritmlari, konstruktsiyalar, konsol dasturlarini yaratish.

1.C# tili – turli tipdagi dasturlarni yaratish uchun kuchli va qulay dasturlash tili hisoblanadi.

2.”Kompyuter tarmoqlari”, “Internet va multimediya” kurslari doirasida web dasturlarini yaratish uchun C# dasturlash tilini ishlatish.




Download 27,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish