Tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarish bu pul mablag’larini


-rasm. Milliy valyuta-so’mning 1 AQSh dollariga nisbatan nominal



Download 6,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/120
Sana05.06.2022
Hajmi6,47 Mb.
#639469
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   120
Bog'liq
bank aktiv va passivlarini boshqarishpdf

3.1-rasm. Milliy valyuta-so’mning 1 AQSh dollariga nisbatan nominal 
almashuv kursi, so’m 
3.1-rasm ma’lumotlaridan ko’rinadiki, so’m muomala kiritilgan 1994 yilning 
iyul oyidan 2017 yilning sentyabr oyiga qadar bo’lgan davrda so’mning AQSh 
dollariga nisbatan juda yuqori darajadagi qadrsizlanish sur’ati (1157 marta!) 
kuzatilgan. 
Bloomberg agentligi tomonidan o’zbek so’mi dunyo bo’yicha 2017 yilning 
eng qadrsiz valyutasi deya e’lon qilindi. O’zbek so’midan oldingi o’rinda kelgan 
Kongo frankining qadrsizlanish sur’ati 27 foizni tashkil etdi. 
3.2. Tijorat banklari passivlarini boshqarishning asosiy yo’nalishlari 
Tijorat banklari passivlarini boshqarishning asosiy yo’nalishlari bo’lib 
quyidagilar hisoblanadi: 
* passivlarning optimal tarkibini shakllantirish; 
* depozitlarning etarliligini ta’minlash; 
* regulyativ kapitalning etarliligini ta’minlash; 
*passivlarning foiz stavkalari va valyuta kurslarining tebranishlariga nisbatan 
moslashuvchanligini ta’minlash; 
*bank tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qog’ozlarning investitsion 


33 
jozibadorligini ta’minlash. 
Transmilliy banklarda passivlarning optimal tarkibi shakllantirilgan bo’ltb, 
ular tajribasidan repsublikamiz banklari amaliyotida foydalanish muhim amaliy 
ahamiyat kasb etadi. 
Transmilliy banklar passivlarining tarkibida salmog’iga ko’ra birinchi o’rinni 
depozitlar egallasa, ikkinchi o’rinni bankning qimmatli qog’ozlarini sotishdan 
olingan mablag’lar egallaydi. 
3.2-rasm. “Benk of Amerika” banki (AQSh) passivlarinng tarkibi 
(jamiga nisbatan foizda), 2018 yilning 31 dekabr holatiga
8
 
3.2-rasm ma’lumotlaridan ko’rinadiki, ―Benk of Amerika‖ banki 
passivlarining tarkibida depozitlar eng yuqori salmoqni egallaydi, undan keyingi 
o’rinni esa, bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlarni sotishdan olingan 
mablag’lar egallaydi. 
3.2-rasm ma’lumotlaridan ko’rinadiki, regulyativ kapital ―Benk of Amerika‖ 
banki passivlarining tarkibida salmog’iga ko’ra uchinchi o’rinni egallaydi (11,3%). 
Taraqqiy etgan mamlakatlarda tijorat banklari passivlarining umumiy 
hajmida salmog’iga ko’ra ikkinchi o’rinni (birinchi o’rinda depozitlar) bankning 
8
Расм муаллифлар томонидан ―Бэнк оф Америка‖нинг 2018 йил якуни бўйича эълон қилинган йиллик 
ҳисоботи (www.bankofamerica.com) маълумотлари асосида тузилган. 
58,7 
22,9 
7,1 
11,3 
0
10
20
30
40
50
60
70
Депозитлар 
Бакн 
қ
имматли 
қ
о
ғ
озлари 
Бош
қ
а пассивлар 
Регулятив капитал 


34 
qimmatli qog’ozlarini sotishdan olingan pul mablag’lari egallaydi. O’zbekiston 
Respublikasida esa, tijorat banklari passivlarining umumiy hajmida salmog’iga 
ko’ra ikkinchi o’rinni regulyativ kapital egallaydi. Bu esa, banklarning qimmatli 
qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan emission operatsiyalarining rivojlanmaganligi 
bilan izohlanadi. 
Depozitlar tijorat banklarining passiavlari tarkibida eng yuqori salmoqqa ega 
bo’lganligi sababli, uning etarliligini ta’minlash tijorat banklarining kreditlash 
salohiyati oshirish va investitsion operatsiyalarini rivojlantirishda muhim o’rin 
tutadi. 
Tijorat banklari kapitalining etarliligini ta’minlash ularning to’lovga 
qobilligini ta’minlashning birlamchi zaruriy sharti hisoblanadi. 
Tijorat banklari Markaziy bank bilan to’g’ri REPO va teskari REPO 
operatsiyalarini amalga oshiradilar. 
To’g’ri REPO – bu Markaziy bank tomonidan qimmatli qog’ozlarni tijorat 
banklariga qaytarib sotib olish sharti bilan sotishdir. 
Teskari REPO – bu Markaziy bank tomonidan qimmatli qog’ozlarni tijorat 
banklaridan qaytarib sotish sharti bilan sotib olishdir. 
Teskari REPO bitimlari tijorat banklarining likvidliligini ta’minlashda 
muhim o’rin tutadi. 
Qimmatli qog’ozlar prospekti bank Boshqaruvi tomonidan tayyorlanadi va 
Boshqaruv raisi va Bosh buxgalter tomonidan imzolanadi. 
Qimmatli qog’ozlar prospektida quyidagi ma’lumotlarning bo’lishi shart: 
1. Emitent to’g’risidagi ma’lumotlar 
2. Emitentning moliyaviy holati to’g’risidagi ma’lumotlar 
3. Qimmatli qog’ozlarni oldingi emissiyasi to’g’risidagi ma’lumotlar
Shuningdek, tijorat banklari mijozlarning topshirig’iga ko’ra anderrayting 
operatsiyalarini amalga oshiradilar.
Tijorat banki tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qog’ozlarning 
investitsion jozibadorligini ta’minlash ularni bozor baholarida sotish imkonini 


35 
beradi. Bu esa, bankning resurs bazasini mustahkamlash nuqtai-nazaridan muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Respublikamiz tijorat banklarining passivlarini boshqarishni takomillashtirish 
bilan bog’liq bo’lgan muammolar: 
1. Tijorat banklarining resurs bazasining etarli emasligi. 
2018 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi tijorat 
banklarining jami depozitlari hajmida talab qilib olinadigan depozitlarning 
salmog’i 59,5 foizni tashkil etdi. Bu esa, banklarning depozit bazasini etarli 
emasligini ko’rsatadi. Chunki, tijorat bankining depozit bazasi etarli bo’lishi uchun 
talab qilib olinadigan depozitlarning jami depozitlardagi salmog’i 30 foizdan 
oshmasligi kerak. 
2. Tijorat banklariningqimmatli qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan 
emission operatsiyalarining rivojlanmaganligi. 
2018 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi tijorat 
banklarining passivlari miqdori 84 075 trln. so’mni tashkil etdi. Shuning atigi 1,3 
foizini tijorat banklarining qimmatli qog’ozlarini sotishdan olingan pul mablag’lari 
tashkil etdi
9

3. Tijorat banklari kapitalining tarkibida devalvatsiya zaxirasi va imtiyozli 
kreditlash fondining mablag’lari kabi nobarqaror moliyalashtirish manbalarining 
mavjudligi. 
Bazel standartining talablariga ko’ra, devalvatsiya zaxirasini tijorat 
banklarining kapitali tarkibiga kiritish mumkin emas. Respublikamiz tijorat 
banklarida esa, devalvatsiya zaxirasi birinchi darajali kapital tarkibiga kiritilgan. 
Holbuki, birinchi darajali kapital faqat barqaror moliyalashtirish manbalaridan 
tashkil topgan bo’lishi kerak. Tijorat banki og’ir moliyaviy ahvolga tushib 
qolganida, birinchi darajali kapitaldan foydalanish yo’li bilan ana shu og’ir 
ahqoldan chiqib ketishi lozim. 
4. Tijorat banklarida uzoq muddatli resurslarning etishmasligi. 
Tijorat banklari resurslarining asosiy qismini (70 foizdan ortiq qismini) qisqa 
9
www.cbu.uz
 сайти маълумотлари асосида муаллиф томонидан ҳисобланган. 


36 
muddatli resurslar tashkil etadi. Bu esa, tijorat banklarining uzoq muddatli aktiv 
operatsiyalari hajmini oshirishga to’sqinlik qiladi. Holbuki, 2017-2021 yillarda 
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha 
Harakatlar strategiyasida tijorat banklarining istiqbolli investitsiya loyihalarini 
moliyalashtirishdagi ishtirokini kengaytirish vazifasi qo’yilgan. Ushbu vazifani 
bajarish uchun esa, tijorat banklari etarli darajada uzoq muddatli resurslarga ega 
bo’lishi lozim. 

Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish