Banklarda buxgalteriya hisobi



Download 65,17 Kb.
bet1/7
Sana31.12.2021
Hajmi65,17 Kb.
#243077
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Banklarning riskka tortilgan aktivlarini buxgalteriya hisobi va uni takomillashtirish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA UNIVERSITETI

BANKLARDA BUXGALTERIYA HISOBI” FANIDAN



KURS ISHI

Mavzu: Banklarning riskka tortilgan aktivlarini buxgalteriya hisobi va uni takomillashtirish

Tayyorladi: 3-kurs KBIS-61 guruh talabasi

Achilov Bobur

Ilmiy rahbar:__K.o’qt. Yodgorova




Kurs ishi taqriziga

Topshirilgan sana

“___” _____2021 y.



Kurs ishi himoya

Qilingan sana

“___” ______2021 y.



Baho:________

(imzo)

(imzo)

Komissiya a’zolari:

_____________________



Kurs ishi taqrizdan

Qatrarilgan sana

“___” ______2021 y.




Toshkent 2021


MUNDARIJA
KIRISH..........................................................................................

Asosiy qism

1.Bank risklari menejmentining nazariy yondashuvlari va

ularning tavsifi................................................................................

2. Bank risklarini aniqlash tartibi va ularni boshqarish yo‘llari........

3. Kredit risklarini boshqarishning amaldagi xolati va tahlili...........

4. Тijorat banklarining aktivlari va ular bilan bog’liq risklarni

boshqarish tahlili............................................................................

5.Bank risklarini boshqarishni takomillashtirish yo‘llari..................

XULOSA...........................................................................................

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.....................................................

ILOVALAR.........................................................................................



KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Har qanday korxona, tashkilot faoliyati risklar

bilan bog‘liq bo‘lganligi kabi tijorat banklari faoliyati ham o‘z navbatida turli

risklar bilan bog‘liqdir. Korxona va tijorat banklari bir - birlari bilan iqtisodiy

aloqalar o‘rnatish vaqtida vujudga keladigan risklar darajasi muhim rol

o‘ynaydi. Shu sababli tijorat banklari biron bir subyekt bilan iqtisodiy aloqa

o‘rnatishdan oldin eng avvalo bu subyekt faoliyatidagi riskli holatlarni

o‘rganishga intiladi.Shunga qaramay, global moliyaviy inqiroz l o‘rsatishicha,

yuqori daromad ilinjida keragidan ortiq riskni o‘z zimmasiga olish, spekulyetiv

amaliyotlatdan keng foydalanish nafaqat alohida bank, balki butun bank tizimi

barqarorligiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Bank faoliyatida risklar bilan bog’liq

ekan, risklarni to‘g’ri baholay olish, ularni sug’urtalash vositalaridan

foydalanishni optimallashtirish, umuman olganda risk -menejment tizimini

zamonaviy talablar asosida shakllantirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Respublikamizda islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni

modernizatsiya qilish sharoitida tijorat banklari oldiga muhim vazifalar

qo‘yilmoqda. ”2013 yil bo'yicha bank tizimida kapitalning yetarlilik darajasi

24,3 foizni tashkil etdi. Bu esa, Bank nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasi

tomonidan belgilangan xalqaro me'yordan 3 barob ar yuqoridir.”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va

barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga

erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g’risida”gi PQ 1438-sonli Qaroriga

muvofiq, banklarda risk-menejment tizimini takomillashtirish borasida qator

ustuvor yo‘nalishlar, xususan, tijorat banklarining korporativ boshqaruvi

tarkibida bank Kengashiga bevosita bo‘ysunuvchi “Risklarni nazorat qilish” qo‘mitasining majburiy tarzda joriy qilish, tijorat banklari kapitali tarkibida ularning inqiroz holatilari ta’siriga barqarorligini ta’minlaydigan barqarorlash-tirish zaxiralarini yaratish, kapital yetarliliga qo‘yiladigan talablarni takomil-1

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning “2013 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2014 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari”ga bag’ishlab, yilning 17 yanvarida Vazirlar Mahkamasida o’tkazilgan yig’ilishdagi ma’ruzasi . Yurtboshimiz tomonidan mamlakatimiz banklariga qo‘yilgan talabni

og’ishmay bajarish har bir bankdan samarali boshqaruv strategiyalarini ishlab

chiqish, xususan, risk menejmentini takomillashtirish choralarini ko‘rishni

taqozo etadi.

Ta’kidlash lozimki, global moliyaviy inqiroz xalqaro bank amaliyotida

risklarni boshqarish tizimida jiddiy nuqsonlar borligini, ushbu tizimni isloh

qilish zaruruyatini ko‘rsatib berdi. Bunday sharoitda, bank faoliyati bilan bog’liq

risklarni boshqarishni samarali tashkil etish, risklarni tartibga solishning

me’yoriy talablarini Bazel nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining zamonaviy

tamoillari asosida qayta ko‘rib chiqish, ichki reyting tizimini shakllantirish

bo‘yicha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish ustuvor yo‘nalishlar sifatida

belgilanishi lozim.

Kurs ishinining maqsadi. kurs ishining umumiy

maqsadi bo‘lib bank risklarini, ularni klassifikatsiyasini talqin etish va

aniqlashtirish, O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan bank risklarini

boshqarishning tashkiliy asoslarini ochib berishdan iboratdir...

Hozirgi zamobnaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarida

riskmenejmentini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar

ishlab chiqishdan iborat.

Kurs ishinig vazifalari quyidagilardan iborat:

- bank risklarini boshqarishning nazariy asoslarini o‘rganish;

- bank risklarining turlari va boshqarish usullarini tadqiq qilish;

- banklarda risk-menejment tizimi tarkibini yoritish;

- tijorat banklarida risk menejmentini tashkil etish va uning iqtisodiy-huquqiy asoslarini o‘rganish;

- tijorat banklarida risklarni boshqarishning amaldagi holatini tahlil qilish;

- bank faoliyatida risklarni baholash va boshqarish bo‘yicha xalqaro

talablarni O‘zbekistonda qo‘llash bo‘yicha shart-sharoitlarni o‘rganish;

- banklarda risk menejmentini takomillashtirishdagi mavjud muammolarni

aniqlash;

- tijorat banklarida risk menejmentini takomillashtirishning ustuvor

yo‘nalishlarini ishlab chiqish.

Kurs ishining obyekti. O‘zbekiston Respublikasida faoliyat

ko‘rsatayotgan tijorat banklari.

Tadqiqot predmeti bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari

risklarini boshqarish faoliyatida vujudga keladigan tashkiliy, ijtimoiy va

iqtisodiy munosabatlar yig’indisi hisoblanadi.

Mavzuning nazariy-amaliy ahamiyati. Tijorat banklari faoliyatida

risklarni aniqlash, ularni baholash va boshqarish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini

ishlab qilish, nazorat qilish, risk menejmenti strategiyasini ishlab chiqish usullari

to‘g’risida nazariy va amaliy bilimlar doirasini kengaytiradi. Banklarda risk

menejmentini takomillashtirish masalalari xorijiy olimlardan F.Night, J.Keyns,

Sh.Hefferman, J.Hull, S.Rouz, Ye.Jukov, G.Korobova, T.Kox, O.Lavrushin,

R.Cantillon kabi olimlarni asarlaridagi ma’lumotlar atroflicha o‘rganilgan.

Bitiruv malakaviy ishi mavzusini boyitish maqsadida Sh.Abdullayeva,

Y.Abdullayev, T.Qoraliyev, P.Saidxodjayev, I.Ismatullayev, F.Nasriddinov

kabilarning ilmiy izlanishlar va o‘quv adabiyotlaridan keng foydalanilganBitiruv malakaviy ishining tarkibi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi ...betdan iborat bo‘lib, uning tuzilmasi kirish, uch bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovalar hamda 23 ta jadval, 5 ta rasm, 1 ta

diagrammani o‘z ichiga oladi.
Asosiy qism


Download 65,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish