May
№17 (predmetsiz)
I.Kirish
Quvnoq mashqlar qilgani
Ertalabdan saflandik
Sogʼlom, baquvvat boʼlishni
Biz yurishdan boshladik
Yurish. Buben sadolari ostida toʼgʼri yurish, yurishdan asta-sekin yugirishga oʼtish, yana yurishga oʼtish. Bolalar doira boʼlib turadilar.
II.Аsosiy qism
Umumrivojlantiruvchi mashklar.
1- mashq. Barmoqlarimizni musht xoliga keltiramiz, nafas olamiz, qarang kim barmoqlarini qattiq musht kila oladi?.(10 marta)
2- mashq. Kaftlarni old tomonga qoʼyib kaftlar bilan bir- birining ustidan uramiz. va “tuk- tuk- tuk” deymiz.
3- mashq. Аylana shaklida turamiz, bir-birimizning orqamizdan turamiz, kaftlarimiz bilan bir- birimizning orqamizga uramiz. (12 marta).
4- mashk. Аylana shaklida turamiz Oʼtirib bir-birimizga tabassum qilamiz. Turamiz va yana oʼtiramiz
5- mashq. Аna endi bir joyda turib ikki oyoqda sakraymiz.( 30 sek).
III.Yakuniy qism:
Buben sadolari ostida yurish va yengilgina yugurish. Nafas mashqlarini bajarish. Gullarni chuqur nafas olib hidlaymiz va nafas chiqaramiz.
Mashqimizni yakunlandi,
Qaddimiz rostlandi.
May
№18 (Kubiklar bilan)
I.Kirish
Biz mashq bajarishni
Erta tongdan boshlaymiz.
Betob boʼlishga vaqt yoʼq
Sogʼligʼimizni tiklaymiz.
Yurish. Buben sadolari ostida toʼgʼri yurish, yurishdan asta-sekin yugirishga oʼtish, yana yurishga oʼtish. Bolalar doira boʼlib turadilar.
II.Аsosiy qism
Kubiklar bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar
1- mashk. “Kubiklarni yon tarafga qoʼyamiz”.D.x.Oyoqlarimiz yelka kengligida ochiq, kubiklar orqa tomonda. 1-Kubiklarni orqa kilib ikki yon tomonga qoʼyamiz, kubiklarni barmoqlarimiz bilan tekkinamiz va 2- D.x. (5 marta).
2- mashk. “Kubiklarimizni tizzamizdan pastga tushiramiz”.D.x. Oʼtiramiz, oyoqlarimiz yelka kenglitida ochiq, kubiklar yelkamizda. 1-Oldinga bukilib kubiklarni oyogʼimizga tekkizamiz,2- D.x (5 marta).
3- mashk. “Kubikni- kubikka tekkizamiz”..D.x. Oyoqlarimiz yelka kengligida ochiq, kubiklar orqa tarafda. 1-Oʼtirib, kubiklar bilan oldimizda takillatamiz va “ tuk- tuk- tuk” deymiz.Keyinchalik tez bajarish mumkin .2-D,x. (5 marta).
4-mashk. “Kubiklar quvnashayapti”.D.x.10 marta kubiklar bilan kaftlarimizni oʼynatib sakrash mashqlarini bajaramiz
III.Yakuniy qism:
Buben sadolari ostida sekin yurish. Nafas mashqlarini bajarish. Gullarni chuqur nafas olib hidlaymiz va nafas chiqaramiz.
Mashqimizni yakunlandi,
Qaddimiz rostlandi.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |