Iyun
№19 (predmetsiz)
I.Kirish
Quvnoq mashqlar qilgani
Ertalabdan saflandik
Sogʼlom, baquvvat boʼlishni
Biz yurishdan boshladik
Yurish. Buben sadolari ostida toʼgʼri yurish, yurishdan asta-sekin yugirishga oʼtish, yana yurishga oʼtish. Bolalar doira boʼlib turadilar.
II.Аsosiy qism
Аsosiy qism. Umumrivojlantiruvchi mashqlar:
1.“Xoʼrozcha qanot qoqmoqda” mashqi, dastlabki holat: gavda biroz oldinga qaratilgan, yelkalar pastroq, bosh egilgan holda qoʼllar esa orqada, qoʼllarni silkitish. (4marta)
2. “Xoʼrozcha don choʼqimoqda” mashqi, dastlabki holat: tiz choʼkib oʼtirgan holda, boshni yerga qaratib, barmoqlarni musht qilib yerga urish, tuk-tuk-tuk (2marta)
3. “Xoʼrozcha suv ichmoqda” mashqi, dastlabki holat: tiz choʼkib oʼtirgan holda, boshni yerga qaratib, koʼrsatkich barmoqlarni yerga tekkizish, tuk-tuk-tuk (2marta)
4. “Xoʼrozcha sakramoqda” mashqi, dastlabki holat: gavda tik tutilgan, qoʼllar erkin holda, oyoqlar juftlashtirilgan, ikki oyoqlab sakrash. (2marta)
III.Yakuniy qism:
Buben sadolari ostida sekin yurish. Nafas mashqlarini bajarish. Gullarni chuqur nafas olib hidlaymiz va nafas chiqaramiz.
Mashqimizni yakunlandi,
Qaddimiz rostlandi.
Iyun
№20 (Kichik koptoklar bilan)
I.Kirish
Uygʼoninglar, turinglar.
Tezlikda saflaninglar.
Derazani ochinglar,
Toza havo olinglar.
Shunda sogʼlom boʼlamiz,
Doim olgʼa yuramiz.
Yurish. Buben sadolari ostida toʼgʼri yurish, yurishdan asta-sekin yugirishga oʼtish, yana yurishga oʼtish. Bolalar doira boʼlib turadilar.
II.Аsosiy qism
Kichik koptoklar bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashklar.
1- mashk. Kichik koptokni olib kaftlarimiz orasida yumalatamiz.( 30 sek)
2- mashk.Qoʼlimizga koptokni bir qoʼlda yuqoriga choʼzamiz, uni oʼzimizga karatamiz. Qarang kanday chiroyli!( 30 sek).
3- mashk.Boshka tarafga oʼgirilib chap qoʼlda koptokni yuqoriga koʼtaramiz va uni koʼrsatamiz(30 sek).Аna endi koptokchalarimizni qoʼlga olib yuguramiz.
4- mashk. Koptokni ung qoʼlga olamiz, pastga, yuqoriga choʼzamiz( 30 sek).
5- mashk.Boshka qoʼlga koptokni olib pastga, yuqoriga choʼzamiz.( 30 sek).
6- mashk.Oʼtiramiz va koptokni oʼng qoʼlga olib qimirlatamiz” mana- mana” deymiz va turamiz. Oʼtiramiz koptokni chap qoʼlga olib qimirlatamiz” mana- mana ” deymiz.
III.Yakuniy qism:
Buben sadolari ostida sekin yurish. Nafas mashqlarini bajarish. Gullarni chuqur nafas olib hidlaymiz va nafas chiqaramiz.
Mashqimizni yakunlandi,
Qaddimiz rostlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |