Аvgust
№23 (predmetsiz)
I.Kirish
Quvnoq mashqlar qilgani
Ertalabdan saflandik
Sogʼlom, baquvvat boʼlishni
Biz yurishdan boshladik
Yurish. Buben sadolari ostida toʼgʼri yurish, yurishdan asta-sekin yugirishga oʼtish, yana yurishga oʼtish. Bolalar doira boʼlib turadilar.
II.Аsosiy qism
Umumrivojlantiruvchi mashklar.
Xozir ikkita aylana shaklida turing, Oʼgʼil bolalar bitta aylana, qiz bolalar ikkinchi aylana shaklida turingiz. Men qarab turibman kimning aylanasi tekis. Аylanada turgan xolda mashklarni bajaramiz.
1-mashk. Аylana boʼylab bir-biringizning orqangizdan turingiz, qoʼllaringizni oldinga choʼzingiz, barmoqlaringiz bilan oldinda borayotgan bolaning orqasiga tegib tursin. “Mana bunday” deb tarbiyachi koʼrsatadi. (30 sek).
2-mashk. Boshqa tarafga oʼgiriling. Faqat tez yuring, bir- biringizni itarmang, qoʼllaringiz tirsakda buking, qoʼllar oldinga orqaga intiladi va sizga yurishga yordam beradi.( tez yurish 30 sek)
3-mashk. Toʼrt oyoqlab turing Kichik aylana buylab toʼrtoyoqlab yuring. Xuddi kungʼizdek. Bir tarafga emaklash, boshqa tarafga emaklash.(1 minut)
4-mashk. Qoʼllar yon tomonda. Kaftlar aylanadi.(30 sek).
5-mashk. Bir-biringizning ketingizdan yuring. Qarsak chalsam oʼtiring, yana qarsak chalsam turing va yuring. (30 sek).
III.Yakuniy qism:
Buben sadolari ostida sekin yurish. Nafas mashqlarini bajarish. Gullarni chuqur nafas olib hidlaymiz va nafas chiqaramiz.
Mashqimizni yakunlandi,
Qaddimiz rostlandi.
Аvgust
№24 (koptoklar bilan)
I.Kirish
Uygʼoninglar, turinglar.
Tezlikda saflaninglar.
Derazani ochinglar,
Toza havo olinglar.
Shunda sogʼlom boʼlamiz,
Doim olgʼa yuramiz.
Yurish. Buben sadolari ostida toʼgʼri yurish, yurishdan asta-sekin yugirishga oʼtish, yana yurishga oʼtish. Bolalar doira boʼlib turadilar.
II.Аsosiy qism
Koptoklar bnlan bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashklar.
1- mashk.Аylana boʼlib turing, koptokni ikki qoʼlingiz bilan ushlab bagʼringizda kattiq ushlang.1-2 deganda koptokni oldinga choʼzing, 3- 4 deganda yana bagʼringizga bosing. Yana bajaramiz. 1-2- qoʼllarni choʼzamiz, 3-4 bagʼrimizga bosamiz.(5-6 marta).
2- mashk. Koptoklarni yuqoriga koʼtaramiz va unga qaraymiz. Yana bagʼrimizga bosamiz. Yana bagʼrimizga bosamiz, yana koptokni yuqoriga koʼtarmiz va tushiramiz, bagʼrimizga bosamiz.(5- 6 marta).
3- mashk.Koptokni boshimizga qoʼyamiz, qoʼllar bilan tushib ketmasligi uchun ushlab turamiz, pastga bukilamiz, koptokni polga tekkizamiz. (5 marta).
4- mashk.Koptok bilan choʼkkalab utiramiz, koptokni polga tekkizamiz, turamiz va koptokni yuqoriga koʼtaramiz. Yana oʼtiramiz va koptokni yuqoriga koʼtaramiz.(5 marta).
5- mashk.Bizning koptogimiz uchishni ham biladi.Koptokni yuqoriga irgʼitamiz Uni ushlab olishga intiling. Ushlay olmadingizmi. Hechqisi yoʼq, biz koptokni ilib olishga urinamiz.(6- marta).
III.Yakuniy qism:
Buben sadolari ostida sekin yurish. Nafas mashqlarini bajarish. Gullarni chuqur nafas olib hidlaymiz va nafas chiqaramiz.
Mashqimizni yakunlandi,
Qaddimiz rostlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |