Oktyabr
№3 (predmetsiz)
I.Kirish
Qu-ku-ku-ku, xoʼrozim,
Bobotaroq xoʼrozim.
Erta tongdan uygʼotib
“Qu-ku”, degan xoʼrozim.
Yurish. Buben sadolari ostida toʼgʼri yurish, yurishdan asta-sekin yugirishga oʼtish, yana yurishga oʼtish. Bolalar doira boʼlib turadilar.
II.Аsosiy qism
Umumrivojlantiruvchi mashqlar
Аsosiy umumrivojlantiruvchi mashklar.
1-mashq “Xoʼrozcha qanot qoqadi” D.x. gavda biroz oldinga qaratilgan, yelkalar pastroq, egilgan xolda qoʼllar esa orqada. 1- “Koʼllarni silkitamiz” 2- D.x ga qaytish(4marta2-mashk)
2-mashq.“Xoʼrozcha don choʼkiydi”D.x. gavda biroz oldinga qaratilgan, yelkalar pastrok, bosh egilgan holda qoʼllar esa orqada, 1-Tiz choʼkib oʼtirgan holda boshni yerga qaratib, barmoqlarni musht qilib yerga uramiz va “tuk-tuk-tuk deymiz.2- D.x. ga qaytish
3-mashk “Xoʼrozcha suv ichadi” D.x. Gavda biroz oldinga karatilgan, yelkalar pastrok, bosh egilgan xolda koʼllar esa orqada . Tiz choʼkib oʼtirgan holda boshni yerga qaratib, koʼrsatkich barmoqlarni yerga tekkizamiz “tuk-tuk-tuk deymiz.(2marta)
4-mashk.“Xoʼrozcha sakraydi” D.x. Bir oyoklab sakrash.(4 marta)
Oʼngga chapga qaradik,
Mashqimizni yakunladik
III.Yakuniy qism:
Buben sadolari ostida sekin yurish. Nafas mashqlarini bajarish.
1. Burundan nafas olish, ogʼizdan chiqarish.
2. Burundan nafas olish, soʼzli nafas chiqarish. Oh qanday mazza, oh qanday mazza kabi.
Oktyabr
№4 (Shiqildoqlar bilan)
I.Kirish
Quvnoq mashqlar qilgani
Ertalabdan saflandik
Sogʼlom, baquvvat boʼlishni
Biz yurishdan boshladik
Yurish. Buben sadolari ostida toʼgʼri yurish, yurishdan asta-sekin yugirishga oʼtish, yana yurishga oʼtish. Bolalar doira boʼlib turadilar.
II.Аsosiy qism
Shikildoklar bilan bajariladigan asosiy umumrivojlantiruvchi mashklar.
Bolalar birin-ketin sekingina yurib: “Shakildoqlar-bizni chorlar!”deya 2tadan shiqildoklarni koʼllariga olib joylariga turadilar.
D.x.Gavda tik tutilgan, oyoqlar yelka kengligida ochiq, koʼlda shikildoklar pastda, bosh esa toʼgriga yoʼnaltirilgan.
1-mashk. 1-Bolalar shiqildoklarni olib qoʼllarini yuqoriga koʼtardilar 2-D.x. ga qaytish (5marta)
2-mashk. 1-Bolalar shiqildoklar bilan tizzani bukib choʼkib oʼtirib qoʼllar tirsakdan bukilgan holda shiqildoklarni yerga uradilar 2-D.x. ga qaytadilar.
3-mashk.1-Oʼtirish, shiqildoklar old tarafda. 2- D.x.ga qaytish
4-mashk.1-bolalar shiqildoqlarni oldi tarafga choʼzadilar va shiqildoqni bir-biriga uradilar. D,x. ga qaytish
Koʼtarib, tushiramiz,
Koʼtarib, tushiramiz.
Oʼtiramiz turamiz,
Shiqildokni uramiz.
shaq-shaq-shaq-shaq …
Sekin-asta qaytamiz
Shiqildoqni koʼyamiz
Oʼngga chapga qaradik,
Mashqimizni yakunladik
III.Yakuniy qism:
Buben sadolari ostida sekin yurish. Nafas mashqlarini bajarish.
1. Burundan nafas olish, ogʼizdan chiqarish.2. Burundan nafas olish, soʼzli nafas chiqarish. Oh qanday mazza, oh qanday mazza kabi
Do'stlaringiz bilan baham: |