Noyabr
№5 (predmetsiz)
I.Kirish
Tongdan qoʼlib quyoshjon,
Tilla nurin sochibdi.
Shod etib hammani,
Issiq bagʼrin ochibdi.
Yurish. Buben sadolari ostida toʼgʼri yurish, yurishdan asta-sekin yugirishga oʼtish, yana yurishga oʼtish. Bolalar doira boʼlib turadilar.
II.Аsosiy qism
Аsosiy qism.Umumrivojlantiruvchi mashqlar:
1.Dastlabki holat: gavda tik tutilgan, oyoqlar bir ozgina ochiq, qoʼllarni tepaga koʼtarib-tushirish (2 marta)
2.Dastlabki holat: gavda tik tutilgan, oyoqlar bir ozgina ochiq, qoʼllarni yelkaga qoʼyamiz va oldinga - orqaga aylantirishga harakat qilish (2 marta)
3. Dastlabki holat: gavda tik tutilgan, oyoqlar bir ozgina ochiq, qoʼllarimiz belda oʼtiramiz-turamiz.(2 marta)
4. Dastlabki holat: gavda tik tutilgan, oyoqlar bir ozgina ochiq, qoʼllar erkin holda, nafas olib, nafas chiqarish.
Oʼngga chapga qaradik,
Mashqimizni yakunladik
III.Yakuniy qism:
Buben sadolari ostida sekin yurish. Nafas mashqlarini bajarish.
1. Burundan nafas olish, ogʼizdan chiqarish.
2. Burundan nafas olish, soʼzli nafas chiqarish. Oh qanday mazza, oh qanday mazza kabi.
Noyabr
№6 (barglar bilan)
I.Kirish
Quvnoq mashqlar qilgani
Ertalabdan saflandik
Sogʼlom, baquvvat boʼlishni
Biz yurishdan boshladik
Yurish. Buben sadolari ostida toʼgʼri yurish, yurishdan asta-sekin yugirishga oʼtish, yana yurishga oʼtish. Bolalar doira boʼlib turadilar.
II.Аsosiy qism
Barglar bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar
1- Mashk “Barglar kaftlarimizda”.D.x. Gavda tik xolatda, qoʼllar pastda. 1. Qoʼlimizga bargni olamiz, oʼng kaftimizga qoʼyamiz, unga qaraymiz, aylana boʼylab yuramiz bir- birimizning ketimizdan yuramiz, 2- barglarni chap kaftimizga qoʼyamiz va chap tarafga aylana shaklida yuramiz (30 sek).
2- mashq “Barglar bilan yuguramiz”.D.x. Gavda tik xolatda, qoʼllar pastda. 1-Yugurish davrida barglarni tushirib yubormaymiz, 2-barglarni boshka qoʼlga olamiz yuguramiz, barglarimizni yoʼqotmaymiz.(30 sek).
3- mashk "Barglarni yon tomonimizda ushlaymiz”. D.x.Qoʼllarimizni yon tomonimizda.1-oʼng qoʼlimizni barglari bilan oldinga choʼzamiz 2- pastga tushiramiz, xuddi shu xolatlar chap qoʼl bilan bajariladi.
4- Mashk “Barglarni boshingga qoʼy”. D.x. Gada tik xolatda, qoʼllar pastda.Qoʼllarni yon tomonga choʼzamiz, gavdamizni toʼgʼri tutamiz.2-Boshimizda barglar bilan oʼtirib, turamiz. (5 marta).
5- mashk. “Barglarni yuqoriga otamiz va ilib olamiz”.D.x Gavda tik holatda, qoʼllar pastda.
1- Barglarni qoʼllarimiz bilan yuqoriga otamiz 2- ilib olamiz. ( 5 marta).
6- mashk. “Barglarpi bir- birimizga otamiz”.D.x. Bolalar ikkitadan boʼlib , bir- birlariga qarama- qarshi turadilar. Ikkitadan boʼlib turib 1- barglarni bir- birlariga otish. 2- ularni ilib olish.( 5 marta).
Oʼngga chapga qaradik,
Mashqimizni yakunladik
III.Yakuniy qism:
Buben sadolari ostida sekin yurish. Nafas mashqlarini bajarish.
1. Burundan nafas olish, ogʼizdan chiqarish.
2. Burundan nafas olish, soʼzli nafas chiqarish. Oh qanday mazza, oh qanday mazza kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |