Mart
№13 (predmetsiz)
I.Kirish
Quvnoq mashqlar qilgani
Ertalabdan saflandik
Sogʼlom, baquvvat boʼlishni
Biz yurishdan boshladik
Yurish. Buben sadolari ostida toʼgʼri yurish, yurishdan asta-sekin yugirishga oʼtish, yana yurishga oʼtish. Bolalar doira boʼlib turadilar.
II.Аsosiy qism
Rang- barang gilamda bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashklar
1.D.x. Gilamcha ustida yuramiz Oyoq kiyimlaringizni yechib, gilamchada yuramiz.(50 sek).
2.D.x. Gilamchada yuguramiz. Gilamchada yuguramiz.(50 sek).
3.D.x.Gilamchada dumalab koʼramiz. Gilamchada turli tarafga dumalab koʼrish.Dumalaganda bir- birimizga tegib ketmaymiz. (1-1,5 min)
4.D.x. Gilamda tipirchilaymiz. Orqamachasiga yoting. Oyoqlaringizni, qoʼllaringizni yuqoriga koʼtarib tipirchilatamiz.(1-1,5min).
5.D.x.Yuramiz va xuddi gullarni tergandek bukilib gullarni savatchaga solamiz.( 5-6 marta bukilish).
Oʼngga chapga qaradik,
Mashqimizni yakunladik
III.Yakuniy qism:
Buben sadolari ostida sekin yurish. Nafas mashqlarini bajarish.
1. Burundan nafas olish, ogʼizdan chiqarish.
2. Burundan nafas olish, soʼzli nafas chiqarish. Oh qanday mazza, oh qanday mazza kabi.
Mart
№14 (uzun arqon)
I.Kirish
Tongi badantarbiyaga
Barchangizni chorlayman.
Bir, ikki, uch mashq qilib,
Sogʼligʼimni tiklayman.
Qaddimni men tik tutib,
Soʼng yurishni boshlayman.
Yurish. Buben sadolari ostida toʼgʼri yurish, yurishdan asta-sekin yugirishga oʼtish, yana yurishga oʼtish. Bolalar doira boʼlib turadilar.
II.Аsosiy qism
Uzun arqon bilan bajariladigan umumrnvojlantiruvchi mashqlar.
1.D.x.: Mening qoʼlimda uzun arqon bor. Men sizlarga shu arqon ustiga yon tarafingiz bilan turib, hamma arqonni ushlagan holda yurishingizni soʼrayman.( uzun arqonni oʼng qoʼlda ushlagan holda bir- birining ortidan yurish (30 sek)).
2.D.x.:Boshqa tomonga oʼgirilamiz. Аrqonni chap qoʼl bilan ushlaymiz. Аrqon bilan sekin yuguramiz.(30sek.)
3.D.x.: Аrqonni oldingizga tashlang. Аrqon ustidan sakrang, oyoqlaringizni baland koʼtaring.Oldinga va orqaga sakrang.( 5 marta).
4.D.x.: Аrqon ustidan yurib undan polga tusha olmiz. Men bilan arqon ustiga turing va bir- biringizning ortingizdan yuring. (arqon ustidan yurish) (4 marta).
5.D.x.: Аrqon ustidan yugurishga intilamiz, fakat yugurish vaqtida arqondan tushib ketmaslik lozim. (arqon ustidan sekin yugurish).( 5 marta).
Oʼngga chapga qaradik,
Mashqimizni yakunladik
III.Yakuniy qism:
Buben sadolari ostida sekin yurish. Nafas mashqlarini bajarish.
1. Burundan nafas olish, ogʼizdan chiqarish.
2. Burundan nafas olish, soʼzli nafas chiqarish. Oh qanday mazza, oh qanday mazza kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |