Ketadi.
Ofeliya: Halok bo‘lmish qanday asl, noyob bir aql! A’yon edi, askar edi, olim edi ul,
Ko‘zga, so‘zga va shamshirga sohib edi ul, Davlat, saltanatning umid guli edi ul, Nazokat-u nafosatning timsoli edi, Hammasiga ko‘zgu edi... Hammasi butkul Chil-chil bo‘lib sindi, to‘zib, tugadi endi,
Xo‘sh, men-chi?
Men kimman endi, badbaxt bir xotin, Yuragimda va’dalarning asali toti.
U azamat tafakkurga yetibdi shikast,
Darz ketgan bir jomdek ingrab, chiqarar sado. Uning yigit jamolini endi har nafas Burishtirib turar shunday oshubi savdo.
Bu ne lutf-u karamingdir, ey Parvardigor, Nelar ko‘rdim! Yana qanday ko‘rgiligim bor? Qirol va Poloniy qaytib kirishadi.
Qirol: Muhabbat!
Yo‘q, bu savdoyi muhabbat emas;
Garchi yo‘qdir so‘zlarida tayin robita.
Lekin yo‘qdir telbalikdan asar ham unda.
U qayg‘uning tim-qorong‘u burchaklarida Halokatli bir qarorga kelmoqdadir, bas.
Falokatni raddi badal aylamoq uchun Shundayin bir xulosaga keldim men bugun:
Uni darhol jo‘naturmiz Angliyaga,
Boj undirish vazifasi yuklanur unga.
Ehtimolki, dengiz sayri, yangi o‘lkalar Va xorijiy odamlar-la suhbat, muloqot Yuragini bosib yotgan qora mavhumot G‘ashlik balosidan uni musaffo etar.
Xo‘sh, siz nima deysiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |