2-seminar mashg‘uloti Mavzu: Hujjatlarni tayyorlash va ularga qo‘yiladigan talablar Reja: Hujjatlarning tayyorlanish xususiyati



Download 19,26 Kb.
bet1/3
Sana09.07.2022
Hajmi19,26 Kb.
#766034
  1   2   3
Bog'liq
2-seminar


2-seminar mashg‘uloti
Mavzu: Hujjatlarni tayyorlash va ularga qo‘yiladigan talablar
Reja:
1. Hujjatlarning tayyorlanish xususiyati.
2. Rаsmiy hujjаtlаr tuzishdаgi tаlаblаr


Hujjatlarning tayyorlanish xususiyati va darajasi ham benihoya muhim. Bu jihatiga ko‘ra hujjatlar quyidagicha tasniflanadi: qoralama; asl nusxa; nusxa; ikkinchi nusxa (dublikat); ko‘chirma. Aksar hujjatlar dastlab qoralama nusxada tayyorlanadi, bu hujjat muallifi, ya’ni tayyorlovchining qo‘lyozma yoki kompyuterda yozilgan dastlabki nusxasidir. Bu nusxa tuzatilib, qayta ko‘chirilishi mumkin. Aytish joizki, qoralama hujjat huquqiy kuchga ega emas. Asl nusxa har qanday hujjatning asli, birinchi rasmiy nusxasidir. Asl nusxaning aynan qayta ko‘chirilgan shakli nusxa deb yuritiladi, odatda o‘ng tomonidagi yuqori burchagiga "Nusxa" degan belgi qo‘yiladi.
Hujjatchilikda, shuningdek aynan (faksimil) va erkin nusxalar ham farqlanadi. Aynan nusxa asl nusxaning barcha xususiyatlarini - hujjat zaruriy qismlarining joylashishi, mavjud shakliy belgilar (gerb, yumaloq muhr, to‘rtburchak muhr, nishon kabi), matndagi bosma, yozma harf shakllari va shu kabilarni aniq va to‘liq aks ettiradi, masalan, fotonusxani shu tur hujjatlar qatoriga kiritish mumkin. Erkin nusxada esa hujjatdagi axborot to‘la ifodalansa-da, bu nusxa tashqi xususiyatlar jihatidan bevosita asliga muvofiq kelmaydi, ya’ni erkin nusxada asl nusxadagi muhr o‘rniga "muhr" deb, imzo o‘rniga "imzo" deb, gerb o‘rniga "gerb" deb yozib quyiladi va h.k. Ba’zan muayyan hujjatga emas, balki uning bir qismiga ehtiyoj tugiladi. Bunday hollarda hujjatdan nusxa emas, balki ko‘chirma olinadi (masalan, bayonnomadan ko‘chirma, buyruqdan ko‘chirma va h.k.). Nusxa va ko‘chirmalar, albatta, notarius, kadrlar bo‘limi va Shu kabilar tomonidan tegishli tartibda tasdiqlangan taqdirdagina, huquqiy kuchga ega bo‘ladi. Asl nusxa yo‘qolgan hollarda hujjatning ikkinchi nusxasi (dublikati) beriladi, ikkinchi nusxa asl nusxa bilan bir xil huquqiy kuchga egadir.



Download 19,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish