Savol va topshiriqlar:
i.
2
3.
4.
5.
Poloniyning: “Yoki fursat degani bu - fursat degani, Yoki kun degani kun-u tun degani tun...” tarzidagi fikrlashida uning shaxsi- yatiga xos qanday jihat ko‘zga tashlanadi?
“Mana, itoatkor qizim menga bergan xat. Yana qizim aytib berdi qayerda, qachon Hamlet izhor etmish unga ishqu muhabbat”, - deya uyalmay, qizining ichki sirlariga aralashadigan kimsaning tutumlariga baho bering.
Oldin Rozenkrans bilan Gildensternga rostini aytishni so‘ragan Hamletning saldan keyin: “E, og‘izga kelganini aytavering, faqat rostini aytmasangiz, bas” deyishi sababini tushuntiring. Shahzodaning Daniya to‘g‘risidagi: “Menga u — zindon”, — degan fikrini qanday tushunish mumkin?
Hamletning: “Men bo‘lsam-chi: Ahmoq, ayanch, aynagan bir jon, Mudroq bosib, uyqu ichra yurganim-yurgan” tarzida o‘ziga malomat qilishi sababini izohlang.
Yigitning: “Xo‘sh, men nima, qo‘rqoqmanmi?! Qani, kim aytar? Kim yuzimga otar achchiq ta’na-malomat? Kim betimga ayamasdan shapaloq tortar?” yo‘sinidagi nidolarida uning qaysi jihatlari ko‘rinadi?
Matnga tayanib, shahzodaning soxta qiroldan o‘ch olishga darhol kirishmayotgani sababini tushuntiring.
UCHINCHI PARDA 1-sahna qasrda bir xona
Do'stlaringiz bilan baham: |