Gildenstern: Sizga nima desak ekan, milord?
Hamlet: E, og‘izga kelganini aytavering, faqat rostini aytma-
sangiz, bas. Sizni chaqirib olishdi. Ko'zingiz aytib turibdi, har qancha urinsangiz ham yashirolmaysiz. Men bila- man, marhamatli qirol va malika sizni chaqirib olishgan. Rozenkrans: Qanday maqsadda, milord?
Hamlet: Bu yog‘i o‘zingizga ayon. Lekin o‘rtoqlik hurmati,
avvalgi yakdilligimiz, mehr-u oqibatimizning buzilmas ahd-u paymonlari hurmati, o'rtadagi tamom ezgulik hurmati, sizdan o'tinaman, gapni chalg'itmay, ayta qoling: sizni chaqirib olishdimi yoki yo'qmi?
Gildenstern: Milord, bizni chaqirib olishdi.
Rozenkrans va Gildenstern Hamletning ko‘nglini ovlash uchun o‘zlari bilan sayyor aktyorlarni ham olib kelgan bo‘li- shadi. Hamlet aktyorlarning ijrochilik mahoratini sinab ko‘rib,
ularga otasi halokati manzarasini tomosha sifatida sahnalash- tirishni topshiradi. Arvoh aytgan bo‘lishiga qaramay, Hamlet otasini amakisi Klavdiy o‘ldirganini aniq bilib olishni istaydi. Gunohsiz odamning jazolanishini xohlamaydi.
Hamlet: Juda soz. Kechgacha xayr, do‘stlarim.
Yana bir bor aytamanki, Elsinorga xush kelibsiz. Rozenkrans va Gildenstern ketishadi.
Yop-yolg‘izman, mana, nihoyat.
Oh, naqadar yaramasman, noshud bir banda.
Men qanchalik ahmoq, ayanch, aynigan bir jon,
Mudroq bosib, uyqu ichra yurganim-yurgan.
O‘z haqimda na tadbir, na tadorikim bor,
Na jonidan qabihlarcha mahrum etilgan Marhum qirol uchun biror harakat, a’mol.
Xo‘sh, men nima, qo‘rqoqmanmi?! Qani, kim aytar?
Kim yuzimga otar achchiq ta’na-malomat?
Kim betimga ayamasdan shapaloq tortar?
Kim bolaga uqtirgandek aylar nasihat?
Kim burnimdan tortib meni kazzob, deb atar?
Qani, kim bor? Kela qoling! Mana men tayyor! Kabutarning jigaridir jigarim mening,
Shuning uchun zardasi kam, yetishmas safro. Bo‘lmasam-chi, o‘zni ishga shaylamasmidim,
U yovuzning murdasini allaqachonlar Qarg‘a-quzg‘unlarga yemish aylamasmidim.
O, badkirdor. O, yaramas, qonxo‘r, muttaham,
O, la’nati makkor!
O, qasos, intiqom!
Gapning po‘skallasi shuki, eshshakman, eshshak!
Axir kimman, o‘ldirilgan otaning o‘g‘li,
...Samo intiqomga chorlab tursa-yu,
Men bu yoqda ko‘zyoshi to‘ksam Va qarg‘asam bir cho‘ri-yu chuvrindi kabi!
Tuf-ey, la’nat! Uyg‘on, mening idrokim, uyg‘on! Eshitgandim, kirdikori qora kimsalar
Tomoshaga tushib, monand savdoni ko‘rib, Tamom erk-u ixtiyorni qo‘ldan boy berib, Qilmishlari uchun iqror bo‘lur ekanlar.
Ha, qotillik jim tursa-da, so‘zsiz-sadosiz Oshkor etar o‘z-o‘zini. Buyuraman to: Aktyorlar amakimning ko‘zi o‘ngida Otam qatli sahnasini etsinlar ijro.
O‘zim undan ko‘z uzmayman. Ko‘raman qani Qanday ta’sir etar ekan. Agar mabodo Ta’sir etar bo‘lsa, unda o‘zim bilaman,
Ne qilishim lozim bo‘lsa, keyin qilaman. Ehtimolki, o‘sha arvoh iblisdir, ya’ni Atay kirib olib otam qiyofasiga Istifoda etib charchoq, ma’yusligimdan,
Meni halokatga duchor etmadimikan?!
ап
Ha, dalillar kerak yana, dalillar ko‘proq. Tomoshada gap ko‘p, endi tomosha qo‘yib, Men Qirolning yuragiga solaman ilmoq...
Do'stlaringiz bilan baham: |