Laboratoriya ishi № 2
Mavzu:
O’simlik namunasi tarkibidagi gigraskopik namlikni aniqlash.
Ishdan maqsad:
O’simlik namunasi tarkibidagi gigraskopik namlikni aniqlash.
to'g'risida umumiy ma'lumotga ega bo'lish.
Kerakli jihozlar
: Mavzuga oid o'quv va ko’rgazmali materiallar, o’simlik namunasi,
tarozi, byuks, tigel (
Tigel (nem. Tiegel) — 1) turli materiallar (metall, shisha va boshqalar)
ni qizdirish va eritish uchun ishlatiladigan maxsus idish. T.
silindr yoki kesik konus
shaklida boʻladi. Kiyin eriydigan metallarni eritishda ishlatiladigan T. shamot, grafit va
oʻtgan
chidamli gildan; baʼzi rangli metallarni eritishda poʻlat va temirdan; lab. T.i esa
chinni, platina va boshqalardan yasaladi; T. metall qotishmalar va oyna (shisha) quyishda,
metall
buyumlarni termik ishlashda, lab.larda moddalarni qizdirishda qoʻllaniladi; 2)
bosmaxonada bosma stanok yoki bosma mashinaning metall plitasi (yostigʻi). Qogʻozni
boʻyoqli bosma qolipga siqish uchun ishlatiladi
), eksikator, quritish shkafi va boshqalar.
Nazariy tushuncha:
o’simlik tarkibidagi quruq modda va namlikni 100-105
0
C da
quritish shkafida quritiladi va hisoblanadi. Namunadagi o’simlik qismi xona haroratida
ham ma’lum miqdorda gigraskopik namlik saqlaydi.
Yangi
uzilgan meva-sabzavotlar
tarkibida 70-97 %, donli, dukkakli va moyli ekinlar urug’ida 7-17 % namlik bo’ladi,
o’simliklar o’suv davrida quruq modda namlikni aniqlash ularning yetilish muddati,
yig’imga tayyorligini aniqlash imkonini bildiradi.
Shuningdek, o’simliklarni saqlashga
qo’yish, saqlash davrida modda va namlik miqdorini nazorat qilish, mahsuloat sifatining
o’zgarishi oldini olish imkonini beradi. Quruq modda va gigraskopik namlik o’simliklarni
kimyoviy analizlari natijasini absolyut quruq modda holida
ham standart namlikni
ifodalashda foydalaniladi. O’simlik tarkibidagi quruq modda va namlik ikki usulda
aniqlanadi: 1. Quritilgan namunadan; 2. Bevosita namunadan.
Quritilgan namunadan aniqlashda o’simlik namunasini 100-105
0
C
da quritish
shkafida doimiy massagacha quritiladi.
1.3.2.1-rasm. Har xil tarozilar.
1.3.2.2-rasm. Eksikator.
Ishni bajarish tartibi:
1. Namuna olingandan keyin tozalab yuviladi;
1.
Shisha byuksga solib, quritish shkafida 100-105
0
C da doimiy massagacha quritiladi;
2.
Byuks massasi tarozida 0.0001 g aniqlikda o’lchanadi;
3.
Namuna maydalanib, pergament (
Pechenye, sabzavotli taom yoki go‘shtni
pechda
pishirish uchun doimo folga yoki pergament qog‘ozdan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Ammo ular aynan nima uchun mo‘ljallanganiga qaramay, duch kelganini ishlatish holatlari
ko‘p bora kuzatiladi
) qog’oz ustiga yupqa yoziladi;
4.
Namunaning turli joyidan 3-5 g olinadi;
5.
Byuks qopqog’i yopiiladi,
dastlab texnokimyoviy tarozida, so’ng analitik tarozida
o’lchanadi;
6.
Byuks qopqo’gi vertikal ochiq qo’yib quritishga shkaf markaziga qo’yiladi;
7.
Quritish 100-105
0
C haroratda 6 soat davom ettiriladi.
8.
Byuks qopqog’i yopiladi, eksikatorga sovitiladi va massasi aniqlanadi;
9.
Quritish 2-3 marta 2-3 soat davom ettiriladi;
10.
Har safar byuks massasi o’lchanadi;
11.
Quritish jarayoni namuna massasi doimiy holga kelguncha davom ettiriladi;
Natijani hisoblash:
quruq modda va gigraskopik
namlik miqdorini aniqlashda
quyidagicha hisoblash o’tkaziladi:
a-byuks massasi, g
b-byuks va namunaning birgalikdagi massasi, g
s-byuks va namunaning quritishdan so’ng birgalikdagi massasi, g
d=s-a absolyut quruq modda massasi, g
ye=b-s gigraskopik namlik
v=b-a namuna massasi, g
Gigraskopik namlik 100 g absolyut quruq moddaga nisbatan hisoblanadi va quyidagi
formula bilan aniqlanadi:
1.3.2.1-formula
Quruq modda miqdori ham 100 g namunaga nisbatan hisoblanadi:
1.3.2.2-formula
Xulosa: