1-mavzu: Vatanni sevmoq iymondandir



Download 26,72 Kb.
Sana13.07.2022
Hajmi26,72 Kb.
#792657
Bog'liq
Reja Kirish. Vatanni sevmoq iymondandir


1-mavzu: Vatanni sevmoq iymondandir

Reja:


  1. Kirish. Vatanni sevmoq iymondandir.

  2. Asosiy qism:

  1. Yangi O’zbekiston – porloq kelajak.

  2. Men vatan farzandiman.

  3. Vatan taraqqiyotiga mening hissam.

  1. Xulosa.

Jahon ichra buyuk yurtni ulug’ doston etaylik biz,


Zamon keldi, Vatan bag’rin go‘zal bo‘ston etaylik biz!
(Abdulla Oripov)
Dunyoda shunday bir maskan borki, u olis ufq qo‘ynidagi shafaqlardek yolqinlanib doim qalblarimizni yoritib turadi, tanga quvvat, odam hayotiga farog’at bag’ishlaydi. Bu ulug’ go‘sha Vatandir. Olloh o‘zi yaratgan jamiki mavjudotlarni Vatani bilan yaratgan. Bu tushunchaning hech qachon qiymati pasaymaydi. Non doim tansiq bo‘lganidek, bu so‘z ham har qancha aytilmasin, hech qachon eskirmaydi. Bu so‘zda ona zamin, musaffo osmon, bulut-u shamol, keng dalalar, yam-yashil o‘rmonlar, toshdan toshga urilib oqayotgan soydagi zilol suvlari, o’zing tug’ilgan joy, unib-o‘sgan uying, ko‘chang jamuljamdir. Inson dunyoga kelar ekan, ko‘z ochib ko‘rgani Vatandir. Shu zamin uzra uning beshigi tebranib, tuprog’iga kindik qoni to‘kilgan. Vatan tushunchasi, Vatanga bo‘lgan muhabbat ona suti, bag’ri, allasi bilan inson yuragiga jo bo‘ladi. Xalqimizda: “Ona yurting – oltin beshiging”,- degan maqol bor. Darhaqiqat, shu beshikda ota-onamiz mehri bilan ulg’ayib, kamol topamiz va o‘sib-ungach Vatanimizga muhabbat bog’laymiz. Ona yurtga mehr-muhabbat ana shunday tug’iladi. Vatanga muhabbat bozorda chiqarib sotiladigan buyum emas, balki inson qalbining to‘rida gard yuqtirmay saqlanadigan tuyg’udir. Axir, “Bulbul chamanni sevar, odam – Vatanni”, – deb bejiz aytmaydi dono xalqimiz.
Odam o‘z ota-onasini tanlay olmaganidek, Vatanni ham tanlash imkoniyatiga ega emas. Olloh siz-u bizga “O‘zbekiston deb atalgan, tuprog’ida oltin gullaydigan, qishlarida bahor shivirlaydigan” jannatmakon bu yurtni in’om etgan. Bundan biz cheksiz iftixor tuyg’usini his etamiz. Baxt va shodlik kuychisi Hamid Olimjon ta’biri bilan aytganda:
O‘xshashi yo‘q bu go‘zal bo‘ston,
Dostonlarda bitgan guliston.
O‘zbekiston deya atalur,
Uni sevib el tilga olur.
Rivoyat qilishlaricha, Yaratgan yer yuzini barcha xalqlarga berayotganida o‘zbeklar kamtarlik qilib hammani oldinga o‘tkazaveribdi. Navbat ularga yetganda esa yer qolmagan edi. Shunda Yaratgan jannat uchun olib qo‘ygan yerning bir qismini o‘zbeklarga beribdi. Darhaqiqat, yerimizga cho‘p qadasa, vaqt o‘tib barg yozadi. Chunki olamning mehrvari va murabbiysi bo‘lgan quyosh hayotbaxsh nurlarini bu yurtga saxiylik bilan sochadi. Biz shunday o‘lkada tug’ilganimizdan baxtiyor bo‘lmog’imiz kerak. Hozirgi kunda yurtimizda katta o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Diyorimiz chiroy ochib bormoqda. Tinch-osoyishta yurtimizga, musaffo osmonimizga, mehnatsevar xalqimizga, erishayotgan yutuqlarimizga butun jahon hamjamiyati havas bilan boqmoqda.
Mana shunday go‘zal, osoyishta, “tuprog’ida oltin gullaydigan” yurt mard, jasur ajdodlarimizdan bizga meros qolgan. Shu tabarruk maskanning Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur singari jasur, qo‘rqmas o‘g’lonlari oxirgi tomchi qoni qolgunga qadar Vatanimizni mardonavor himoya qilishgan, xalq xizmatiga kamarbasta bo‘lishgan. Ularni ana shu buyuk jasoratlarga undagan narsa, aslida, Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg’usidir. Vatanga muhabbat dilida tug’yon urgan insonni hech kim yenga olmaydi va u buyuk jasoratlarga qodir bo‘ladi. “Dunyodagi eng ulug’ martaba, eng ulug’ sharaf – Vatan ozodligi yo‘lida ximat qilish”,-deganda mutlaq haq edi Abdulla Oripov.
Vatan faqat beqiyos boyliklari, go‘zal tabiati va qulay sharoitlari uchun sevilmaydi. Insonni o‘z Vatani bilan qandaydir ilohiy tuyg’u bog’lab turadi. Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy bu haqda shunday deganlar: “Biz o‘z Vatanimizni jonimizdan ortiq sevganimiz kabi arablar Arabistonlarini, qumlik cho‘llarini, eskimoslar shimol taraflarini, qor va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyoda sevarlar. Sevmasalar edi tiriklik oson yerlarga o‘z Vatanlarini tashlab ketar edilar”. Ha, Vatanga muhabbat – eng oliy tuyg’u. Men shu o‘rinda Vatan oldidagi burchimizni eslatib o‘tmoqchiman. Bizdan bugun Vatan uchun jonimizni fido qilish talab etilmayapti. Shunchaki uning koriga yaraydigan farzand bo‘lsak kifoya. Zero, Vatanga xizmat – yuksak sharaf.
Bugungi kunda bu beqiyos diyorimizni dunyo xalqlari yangi va o’zgacha qiyofada tanib bormoqda. Mustaqilligimiz qo’lga kiritilganidan buyon qisqa davr ichida yurtimizda olib borilgan islohotlar ko’lami qanchalik keng ekanligi haqida ta’bir joiz bo’lsa yozish uchun betakror so’zlarni yetkazish ham anchayin mushkuldir. Dunyo mamlakatlari shu paytga qadar bu diyor haqida tanilgan bobokalonlarimiz orqali yaxshi bilishgan bo’lsalar, bugungi kunda o’z mustaqilligi sabab tobora jahonga millatini tanitib borayotgan yoshlari orqali ham bu diyor haqidagi fikrlari kengayib borishmoqda. Biz ming qiyinchiliklar bilan bo’lsada mustaqillikni qo’lga kiritdik va uni tobora mustahkamlab bormoqdamiz. Mamlakatimizning bosh g’oyasi ham aslida ozod va obod vatan qurish ekan endigi maqsadlarimiz ham shu g’oya atrofida birlashishi tabiiy holdir. Dono yurtboshimiz sabab mustaqillikning ilk yillaridanoq barcha sohada rivojlanish yo’nalishlaridan borildi. Yurtboshimiz tomonidan tanlangan istiqlol yo’li ham ichki ham tashqi siyosatida o’z qarashlarini ifoda etadi. Shu rejalarning davomi o’laroq hamda bugungi dunyo sharoitidan kelib chiqqan holda, davlatimiz o’zining yangi yo’nalishlarini namoyon qilmoqda. Bugun yon atrofimizda bo’lyotgan voqealar tabiiyki boshqa mamlakatlar singari bizni ham tashvishga solishi tabiiy hol, albatta. Shu sabab tashqi siyosatda ham tez-tez yangilanishlar, o’zgarishlar bo’lib turibdi. Mamlakatimiz uzoq o’tmishga ega, o’tgan davr mobaynida, balki asrlar mobaynida, balki davrlar mobaynida ko’plab sinovlarni boshdan kechirdi shu bilan birga xalqimiz ham. Bugun esa mamlakatimiz barqaror rivojlanish yo’lidan dadil boryotgan davrda dono xalqimiz, albatta, unga kamarbasta bo’lmoqda. Bugun dunyoda ta’lim yangi bosqichda, bugun madaniyatning, bugun san’atning, bugun sportning, bugun ma’rifatning kelajagi uchun qadamlarda oldinlandik. Bugun vatanimiz yoshlari ham butun jahondagi mavjud bo’lgan rivojlanishlarning turli sohalarida anchayin ilg’orlashdik, bunda sabab nimada bo’lishi mumkin, albatta, e’tibor va qadrda degan bo’lardim hech ikkilanmasdan.
“Kelajak - yoshlar qo’lida”,-deb aytganida hech shubhasiz, bizni nazarda tutgan edi birinchi prezidentimiz Islom Karimov. Ajdodlarimizdan faxrlansa arzigulik, boy madaniy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy tarix bizga meros qolgan, nafaqat tarix, balki aytish mumkin bo’lsa hayotiy qo’llanma ham deyish mumkin. Nima uchun qo’llanma deyman sababi, ajdodlarimizning vataniga bo’lgan muhabbati taqsinlarga sazovardir. Jadid harakatining namoyondalarining xalqni ma’rifatli qilishdagi harakatlari, ayniqsa, sezilarli ularda na moddiyat, na obro’ na shuhratga intilish bor edi, ularni faqat vatan tuyg’usigina harakatga, izlanishga undardi. Ular tariximizda yuksak vatan tuyg’usi namunasi sifatida qolishdi. Ularning buyukligi ham shunda edi, aslida.
Biz bugun o’zimizning salohiyatimiz uchun harakat qilsak, o’qisak, izlansak bir kun kelib albatta yuksak marralarga erishamiz, bu esa vatanimizga, obod va ozod vatanimizga xizmatimiz bo’ladi. Vatanga xizmat bizning ham vatan, ham ota-onamizning, umuman, insoniyatning oldidagi burchimizdir. Sababi, biz dunyoga keldikmi, demak shu yorug’ dunyoda yashayotgan ummat uchun yaxshilik qilishga, uning koriga yarashga bizning ham burchimiz sifatida qarasak, ya’ni jamoa bilan, jamiyat bilan birga rivojlansak bizni buyuk kelajak qarshilaydi, unda esa bugungidanda porloq hayot, barqaror yashash kutib turibdi.
Maktab MMIBDO’ ________________ ________ sana _____ ______ 202__yil
Download 26,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish