"Filolog kubogi"
2-mavsum 4-tur 13.04.2021
1-savol:
Dono xalqimiz 3 narsaga shoshilmang deydi. Birinchisi, taom tanovvul qilishda, ikkinchisi, pul sanashda,
DIQQAT SAVOL: Uchinchisini toping.
Javob:
Do‘st topishda.
2-savol:
"Birinchi qadah bilan ikkinchi qadahning orasiga ...... sig‘masligi kerak."
DIQQAT SAVOL: Ushbu so‘z muallifini toping va nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.
Javob:
Battol (Xojini ulfati). "Birinchi qadah bilan ikkinchi qadahning orasiga qil ham sig‘masligi kerak"
O'tkir Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"
3-savol:
Hind maktablarida hind tili o'qituvchilari uni bir maqol bilan, to'g'rirog'i o'tin, olov va kulni misol tariqasida keltirish orqali tushuntirishadi.
D.S. Uni aniq yozib bering.
Javob:
Fe'l zamonlari.
4-savol:
Suratda uning qurbonlariga qo'yilgan haykalni ko'rib turibsiz.
D.S. Nimaning?
Javobi:
Titanik halokati.
5-savol: (blits)
Mavzu: Fransuz maqollari:
1) Fransuz maqoliga ko'ra U muhabbat xabarchisi ekan.
D.S. Uni toping.
2) Fransuzlar so'zni kumushga tenglashtirishgan.
D.S. Fransuz fikricha nima oltinga teng?
3) Fransuz maqoliga ko'ra U ovqat uchun eng yaxshi ziravor ekan.
D.S. Fransuzlar nimani eng yaxshi ziravor deb hisoblashadi?
Javob:
1. KO'Z 2. SUKUT 3. OCHLIK
6-savol:
U narsani ijodkorlar o‘z asarlarida turlicha ta'riflashgan. Masalan, Yusuf Xos Hojib "u bilan kishi jangga layoqatli bo‘ladi'' degan bo‘lsa, G‘afur G‘ulom ''dard tekkan terak yaprog‘i''ga o‘xshatgan. Tog‘ay Murod esa uning ''yo‘qolib borayotgani''dan iztirob chekadi.
Diqqat savol: U nima?
Javob:
Yurak
7-savol:
Shoir Erkin Vohidovning she’rini eshiting:
She’riyatning timsoli – qalam,
U haqda-ku she’rlar behisob,
Ey shoirlar, bitganda kitob
Eslab qo‘ying buni ham.
Busiz bo‘lmas she’ringiz ravon,
Busiz qilmas satrlar xanda,
Siz qalamga she’r aytganda,
Bunga bag‘ishlang doston.
DIQQAT SAVOL: shoir bu deganda nazarda tutgan?
Javob:
O'chirg'ich.
8-savol:
Topishmoq:
Quyidagi o‘zbek xalqi og‘zaki ijodiga mansub topishmoqni eshiting:
Hoy-hoyim bor mani,
Jumla siyoyim bor mani.
Urdi pichoq belimdan,
Negina gunoxim bor meni.
Javob:
Lavlagi.
9-savol:
Maltada istiqomat qiladigan halqlar dengizchilik bilan shug'ullanishar edi, shuning uchun arablar olib kirgan X ning ishlab chiqarilishi orol iqtisodiyotining muhim qismi edi. X Kottonera oilasining gerbida ham tasvirlangan.
D.S. X ni toping.
Javob:
Paxta.
Izoh: Paxta yelkanlar tayyorlashda ishlatilgan.
10-savol:
Fransiyaning janubida ishlovchi terimchilar erta tongda uni terib olishadi. Aynan shu paytda uning hidi o‘tkir bo‘larmish.
Terimchilar nima terishadi?
Javob:
Atirgul yaproqlari.
11-savol:
U Qoraqalpog‘istonda 6 ta, Samarand, Buxoro, Farg‘onada 3 ta, Toshkent, Jizzaxda 2 ta.
DIQQAT SAVOL: Surxondaryo nechta? Izohlab bering.
Javob:
4 ta.
Izoh: bu yerda gap bo‘g‘in haqida ketayotgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |