81-mashq. Gaplarni o`qing. Metafora asosida ma’no ko`chishiga uchragan gaplarni toping.
1. Mungli kuy yurakni tirnar edi. 2. Navbatim sumka ko`targan jinsidan keyin. 3. Ichak-chavog`im tugadi, endi kalla sotaman. 4. Jo`shadi buloqning kumush yoshlari, Ham mungli, ham shirin jildirashlari. 5. Ikki kundan beri tuz totmagan edi. 7. Voy, manavi bolaning shirinligini! 8. Normatni bunchalik cho`kib qolgan deb o`ylamagandim.
82-mashq. Metonimiya asosida ma’no ko`chishiga uchragan gaplarni toping.
1. “Lermontovni tashlamadim hech, So`ngra qo`lga oldim Hofizni. 2. “Tun o`z o`rnini tongga bo`shatib berdi”. 3. Olimpiadada birinchilikni bu gal Buxoro olib ketdi. 4. Mungli kuy yurakni tirnar edi. 5. Salim kelib bemorning oyog`iga o`tirdi. 6. G`ildirakni yurgizganimdan biroz o`tib, u o`chib qoldi. 7. Men Farmonbibi xonadoniga radiodan keldim. 8. “E, sizlar hukumat emasmi?” 9. Qabri ustida butun Hirot yig`ladi.
83-mashq. Sinekdoxa asosida ma’no ko`chishiga uchragan gaplarni toping.
1. O`n qo`li – o`n hunar. 2. Hademay suruvda tuyoqlar ko`payadi. 3. Tuzsiz sh’erlarim deb shirindan shirin, Bolalarim yurar oyoq uchida. 4. “Sajda aylar zohid ul mehrob aro, Men qilurman sajda egma qoshima”. 5. Turmush go`zal va shirin, kundan kun yashnar gulday. 6. Dunyoda tashvishlarni ko`p chekdi boshim. 7. Yig`ilishga mo`ylovni chaqirib keeling. 8. Qaro ko`zim, kel-u mardumlig` emdi fan qilg`il.
84-mashq. Vazifadoshlik asosida ko`chishiga uchragan gaplarni toping.
1. Ko`zimdan yomg`irlar to`kilar tinmay … 2. Stol oyog`i pishiq yog`ochdan qilingan. 3. Ishqingdan qaro boshim oqardi. 4. Avtomabilning eshigini ochib do`stini chiqarib oldi. 5. Sekinroq gapiring, aylanay, devorning ham qulog`i bor. 6. Beodob qizning gapini onasi tekislab turdi. 7. Hamma uylarda chiroq bor, ikkinchi qavatdagi bir xona qop- qorong‘i. (X. To‘xtaboyev) 85-mashq. Gaplarni o`qing. Ma’no ko`chish turlarini aniqlang.
1. Chakka o`tgan eski tomga o`xshayman, Ko`zimdan yomgi`rlar to`kilar tinmay. (M. Yusuf) 2. Butun mahalla-ko`y Razzoq so`fining baxtini olqishlab chapak chalar edi. 3. Kasalini yashirsang, isitmasi oshkora. 4. “Abulfayzxon” dramasi Fitrat qalamiga mansub. 5. Yomon ko`z toshni yorar. 6. Yaxshiga yaxshi-yu, yovga yomonman. 7. Havoda ananas isi aralash yong`oq xazonlarining o`tkir hidi gurkiradi. 8. Bo`ston qishlog`iga og`ir-vazmin qadamlar bilan kuz kirib keldi. 9. O`q Anvarning boshini yalab o`tdi. 10. Soqchi gapimga ishonmay, gapni aylantiraverdi 11. Qish oqshomi derazamga urilar kumush. 12. Rayhon gulini taqsam chakkamda turmas. 13. Havoda ip chizib uchayotgan samolyotlardan ko`z uzolmasdik. 14. Ko`ngil, sen bunchalar nega Kishanlar birla do`stlashding. 15. “Munojat”dan keyin sening ting’ir-ting`iring quloqqa yoqmaydi. 16. Sizni kutar ming-ming xumor ko`z. 17. Bizning guruhga bir bosh kerak.