Qozoqboy yoldoshev, valijon qodirov, jalolbek yoldoshbekov


Rozenkrans va Gildenstern ketishadi. Poloniy kiradi



Download 0,77 Mb.
bet167/186
Sana22.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#575104
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   186
Bog'liq
9 adabiyot word

Rozenkrans va Gildenstern ketishadi. Poloniy kiradi.
Poloniy: U onasi tomon o‘tdi.
Eshitmoqchiman -
Uning so‘zlarini gilam ortida turib.
O‘ylaymanki, onasidan ta’zirin yeydi.
Lekin sizning so‘zingiz haq: ona bokaram,
Ona rahmdildir, ziyon yetmasa kerak Birov chetdan eshitsa-yu, kuzatib tursa,
Ketayapman hukmdorim, hozircha xayr,
Yangi ma’lumotlar bilan uyqu oldidan Yana sizga yo‘liqaman. qirol: Do‘stim, tashakkur.
Poloniy ketadi.
Meni bo‘g‘ar qabohatim qo‘lansa dudi,
1 Rafoqato‘rtoqlar, jo‘ralar; 2Kegayg‘ildirakning qismi.
Manglayimda qadim kufr-u malomat muhri: Birodarkushligim! Yonib-o‘rtanib faqat, Talpinaman, etolmayman lekin ibodat.
Bilamanki, bu gunohni kechirib bo‘lmas, Xunobdirman, bilolmayman qaydan boshlashim, Shundoq mash’um arosatda yashashdir ishim. Magar boshdan-oyoq og‘am qoniga botsam, O‘shanda ham qonga botgan shu qo‘llarimni Qodirmasmi yuvib, shaffof aylasa falak?
Ne qilardi yovuzliksiz ezgulik zoti,
Zulm bo‘lmas ekan, shafqat nimaga kerak?
Biz ibodat etarmiz, to safolat1 qadar - Qulamaylik, bizni qo‘lla, kushod ayla, deb,
Yo safolat cho‘nqiridan ozod ayla deb. O‘ksinishga hali erta. Boshingni ko‘tar!
Men yiqildim, turmoq uchun yiqildim, ammo, Xo‘sh, bu yerda joiz turur nechuk tavallo. “Qotilligim ma’zur ayla...” desammi ekan,
Yo‘q, bu sira mumkin emas, sira, mutlaqo. Qaytarmadim, axir, olgan o‘ljalarimni,
Qotil bo‘lib olganman-ku, axir ularni,
Qo‘limdadir toj-u taxt-u mulk-u malika.
Najot bormi osiy bo‘lib turgan kimsaga?
Oz emasdir bizda rosti shum jinoyatchi,
Oltin taqqan barmog‘i-la dag‘dag‘a qilar.
Uning qonlar to‘kib, yiqqan mol-u davlati Jazoga chap bermoqqa bir vosita bo‘lar,
Yo‘q, bu falak dargohiga o‘xshamaydi hech, Unda bizning kirdikorlar yotar yalang‘och.
Biz yuzma-yuz turib qilmish-kirdikor bilan Javob berajakmiz unda. Ammo ne iloj?
Nima qildim? Magar tavba-tazarru etay? Deydilarki, ijobatdir tavbaning kuchi,
Lekin tavba yo‘li tamom yopiq bo‘lsa-chi?
1Safolatyomonliklar, yovuzliklar.
Azob, azob! O‘lim yanglig‘ yuragim qora.
Ruhim loyga botib borar, cho‘kib tobora!
Farishtalar imdod eting! Tizzalarim tez Bukilingiz! Yurakdagi qo‘rg‘oshinim, sen,
Chaqaloqning paylaridek mayin tortgaysan!
Yo tavakkal!

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish