Qalandarova baxtigul ozod qizi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini o‘stirish va tafakkurini rivojlantirish usullari



Download 1,29 Mb.
bet29/46
Sana14.07.2022
Hajmi1,29 Mb.
#801479
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   46
Bog'liq
Dissertatsiya Baxtigul

III. “Chuchvara qaynaydir-o” o‘yin ashulasi. Bolalar bir-birlarining qo‘llarini ushlashib doira bo‘ylab tez harakat qilib aylanadilar va kuylaydilar.
Chuchvara qaynaydir-o
Opam menga bermaydir-o.
Bermasa bermasin-o,
Uyimizga kirmasin-o,
Elagimni olmasin-o,
Nonimni yemasin-o.
NAQAROT
Chuchvara qaynaydir-o.
(2 marta)
Bu qo‘shiqni o‘rgatishda ham tarbiyachi tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga ahamiyat berishi kerak. Notanish so‘zlarni (opam, elagim kabi) izohlab berish ham zarur.
IV. “Gullola” qo‘shig‘i
NAQAROT
Bahor keldi, ochildi gullola,
Chakkalarga taqildi gullola;
Bolalar o‘ynab qoldi, gullola,
Bo‘ling mehmon, ochilgan gullola.

  1. Bunisi hali g‘uncha,

Chiroyli ekan muncha.
Sabr qil ochilguncha,
Gullolaxon gullola.
NAQAROT

  1. Endi a’lo o‘qiyman,

Senga she’rlar to‘qiyman.
Barglaringdan o‘ynayman.
O‘ynay shu oy, gullola, gullola
NAQAROT
Boshimiz gulga to‘ldi,
Yana ham chaman bo‘ldi,
Ko‘klar gulga cho‘mildi,
Gullolaxon, gullola, gullola.
Bu ashulani ko‘proq yuqori guruh tarbiyalanuvchilari aytishi kerak. Buni ham aytishda tarbiyachi so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga, ayrim so‘zlar ma’nosini tushunib yetishga alohida ahamiyat berishi lozim. Bu o‘yin-ashulalar bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotda tarbiyachi, ayniqsa, tortinchoq bolalarni jalb etishga ko‘proq ahamiyat berishi kerak. Chunki bunday bolalarga mashg‘ulotning foydasi ko‘pchilik ichida sezilmay qoladi. Tarbiyachi shunday bolalarni ko‘proq yoniga olib, ularni birinchi bo‘lib o‘yin-ashulaga ishtirok etishiga erishishi kerak. So‘zlarni qiyin talaffuz qiladigan bolalarga yanada alohida e’tibor berish, ularni ko‘proq baland ovozda ashula aytishlariga erishish, xato qilgan so‘zlarni alohida-alohida talaffuz qilib ko‘rishlariga e’tibor berish kerak.
Bog‘cha bolalari uchun nashr qilingan o‘yin va milliy ashulalar kitobchasidagi barcha o‘yin-ashulalarni o‘rgatishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Chunki har bir milliy o‘yin-ashulalarda yosh bolalarning turli jihatdan o‘sib rivojlanishi, nutqining ravon bo‘lishi, xotirasining mustahkam bo‘lishi va eng muhimi ularni ko‘pchilikka-jamoa (kollektivizm)ga intilishini tarbiyalaymiz.

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish