Qalandarova baxtigul ozod qizi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini o‘stirish va tafakkurini rivojlantirish usullari


O‘zbek milliy qo‘shiqlarini o‘rganishning bola nutqnini o‘stirish va tafakkurini rivojlantirishdagi roli



Download 1,29 Mb.
bet30/46
Sana14.07.2022
Hajmi1,29 Mb.
#801479
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46
Bog'liq
Dissertatsiya Baxtigul

3.2. O‘zbek milliy qo‘shiqlarini o‘rganishning bola nutqnini o‘stirish va tafakkurini rivojlantirishdagi roli
“Alla” qo‘shiqlari. Alla qo‘shiqlari bo‘lalarga ayniqsa, yosh qizchalarda o‘z ukalariga mehr-oqibatli bo‘lish ruhini, ota-onalari va opa-akalari yonida “kichik tarbiyasi” bo‘lish hissini uyg‘o‘tadi. Bu bilan ular o‘zlaridan kichiklarga mehribon bo‘lishga o‘rganadilar. ”Alla” qo‘shiqlari sodda va ravon tilda ijod qilingani , har bir to‘rtlikda so‘zlarning ravon takrori berilgani uchun yosh bolalar tezgina o‘rganib, undagi so‘zlarni to‘g‘ri aytishga odatlanib oladi. Bu qo‘shiqni aytishda bolalar oldida kichkina beshikchalar va uning asboblari, yosh bola shaklida qo‘g‘irchoqlar mavjud bo‘lsa yanada yaxshi.
“Alla” qo‘shiqlaridan namunalar beramiz:
Bog‘imning guli uchgina,
Uchalasi ham kichkina.
Kichkinasiz, lolasiz ,
Hech kim o‘tmas bolasiz,
Alla, ukam , alla.
Men senga alla deyin,
Allangda orom olib ,
Uxlab katta bo‘lgin sen ,
Shavkatjonim, alla.
Uxla qo‘zim, alla-yo,
Shakar so‘zim , alla.
Ukam yig‘lar tunda ham
Alla aytadi oyim.
Qo‘shiqlari muloyim
Obbo qilgin , alla-yay,
Uxlab bersin, alla-yay!
Alla, alla , alla-yay!
Qiziqmachoq” qo‘shiqlari. Bu qo‘shiq ham yosh bolalarga yaratilgan milliy qo‘shiqlarimizdan hisoblanib, buni o‘rganish ham bolalar og‘zaki nutqini ravon bo‘lishiga, qofiyadosh so‘zlarni singdirib olishlaruga katta yordam beradi. Bolalarni qiziqtirish uchun qo‘shiq ichida aytiladigan shaxs nomlarini o‘sha guruhda tarbiyalanuvchi bolalar ismi bilan almashtirib aytish yanada bolalarning mashg‘ulotga mehrini oshiradi.
Ana o‘sga tog‘midi,
Tog‘ yoqasi bog‘midi
Bog‘ yonida uymidi,
Uy atrofi gulmidi,
O‘sha gullar ichida,
Sayyoraxon bormidi?!
Ikki g‘oz-a, ikki g‘oz,
Biri sochman, biri bo‘z .
Mindim bo‘zning ustiga,
Tushdim tarvuz ustiga
Tarvuz yo‘li oq nazar,
Ichida maymun kezar,
Maymunchani qo‘rqizdim,
Quyonchani qo‘rqizdim.
Barot” oyi qo‘shig‘i. Bu qo‘shiq ro‘za oyi oldidan aytiladigan qo‘shiq bo‘lib , bolalarga xos qo‘shiq sanaladi. Bolalarning ko‘plashib kuylashadigan sevimli mavsum qo‘shig‘I hisoblanadi. Bu qo‘shiqlar orqali bolalar turli xonadon eshiklariga borib yaqin kunda qutlug‘ oy-Ramazon oyi boshlanishi va hozircha Barot oyi kirganligi munosabati bilan o‘z quvonchlarini bayon qilishadi.
Oyi-oyi, barot oyi,
Beri keldi bildingizmi,
Idish-tovoq yuvdingizmi,
Oq tanga, ko‘k tanga,
Mening ko‘nglim Zulayxo.
Bir tup olicha,
Zing‘ir-zing‘ircha.
Zing‘irchaning oyog‘i,
Bo‘g‘im-bo‘g‘imcha.
Akam menga yuboribdi,
Tilla tumorcha.
Akamni qanday topak,
Oydin og‘acha?
Ramazon” qo‘shig‘i. “Ramazon” qo‘shig‘I bolalarning sevimli qo‘shiqlaridan biri sanaladi. Kechqurun ,,og‘iz ochardan’’ keyin bolalar to‘p-to‘p bo‘lib har bir xonadonga baxt tilab shu qo‘shiqni aytishadi.
Kirabersin davlat,
Chiqabesin falokat.
Ramazon aytib keldim eshigingizga,
Qo‘chqordek o‘g‘il bersin beshigingizga.
Qo‘chqordek o‘g‘il bersa beshigingizga,
Kimlar kelib, kimlar ketmas eshigingizga.
Ramazon aytgan bilan to‘yamanmiyo
Burungini qa’dasini qo‘yamanmiyo
Bormi kabob,
Yo‘qmi javob?
Oftob chiqdi” qo‘shig‘i. Bu qo‘shiq o‘zbek bolalarining milliy qo‘shiqlarida biri bo‘lib, uni o‘rganish bilan bolalar tabiat hodisalari haqida ma’lumotga ega bo‘lib, yozda nimalar bilan mashg‘ul bo‘lishi hazilomuz holda bayon etiladi. Bunday qo‘shiqlarni bolalarga yod oldirish bilan ularning og‘zaki nutqini ma’lum darajada o‘stirishga erishish mumkin:
Oftob chiqdi olamga,
Yugurib bordim xolamga:
-Xola, xola, kulcha ber !
Xolam dedi: -o‘tin ter.
Keyin yugurdim qirga,
O‘rtog‘im bilan birga.
O‘tin terdik bir quchoq,
Bilmadik sira charchoq.
Xolam qordilar hamir,
Kulcha yopdi bir tandir.
Bizga kulcha berdilar,
Peshonamizdan o‘pdilar.
Oymoma” haqida qo‘shiq. Bu milliy qo‘shiq ham bolalar uchun juda mos bo‘lib, ular tabiat hodisalari bilan tanishgan holda ayrim aytilishi qiyin tovushlar (l, h, d, z kabi) ni to‘g‘ri talaffuz qilishga mashq ham sanaladi.
Oymoma oy,
Zig‘ir moy,
Kulchatoy,
Hali,
Oymomaxon hulla.
Subhonollo sizga,
Umir bersin bizga…
Oymoma illa,
Qanoti tilla
Dilshodaxon yuzini
Sovuq suvga yuvma.
Balli” qo‘shig‘i .
Fotima - Zuxro urishdi,
Manziliga yetishdi .
Angi – mangi ,
Men san minan jangi.
Yarashtirgichlar” qo‘shig‘i.
-Qilichmi, to‘qmoq?
-Toqmoq!
-Shunday bo‘lsa,
Men sen bilan
Qirq yilgacha o‘rtoq!
Karimga berdim toychoq,
U ola bermadi har choq.
Toychog‘imni kim olsa,
Men u bilan chin o‘rtoq!
Mehmon’’ qo‘shig‘i.
Qo‘shnijonu qo‘shnijon!
Labbay, qo‘shnim Sevarxon.
Uyga chiqing tez chaqqon
Kelishdi uyga mehmon?
Taq-tuq tassaduq.
Oq sholi - ko‘k sholi” o‘yin qo‘shig‘i. Bu o‘yin yosh bolalarni milliy shakldagi badantarbiya mashg‘uloti bilan bog‘lab olib boriladi. Bunda ikki bola orqama-orqqa turib ikkalasi ham bir-birini qo‘ltig‘idan navbatma-navbat ko‘taradilar va shu mashqni bajarish davomida “Ok sholi – ko‘k sholi” qo‘shig‘ini aytishadi. Bu xilda badantarbiyani qo‘shiq bilan olib borish bolalar qiziqishini oshiradi.
Oq sholi,
Ko‘k sholi.
Oq sholini oqlaylik!
Ko‘k sholini ko‘klaylik!
Guruchidan Oyxonning
To‘yigacha saqlaylik!
Xo‘p-p! Xo‘p-p!
Oq sholi.
Ko‘k sholi.
Tez aytishlar” bilan ishlash. Tez aytishlar nutq tovushlarining uyg‘unligi asosida yaratiladigan bolalar folklori janri bo‘lib, unda o‘xshash tovushli so‘zlar yoki birikmalarning bir nafas olib chiqarishida tezkorlik, shiddat bilan aytishi jarayonida u yoki bu so‘z talaffuzida chalg‘ish, tutilish natijasida hosil bo‘luvchi ma’no o‘zgarishi negizida yuzaga keladi. Bu janr bolalar og‘zaki nutqida uchraydigan fonetik nuqsonlarni bartaraf qilishga va qiyin tovushlarni mashq qilib to‘g‘ri talaffuz qila oladigan bo‘lishiga yordam beradi1
Ma’lumki o‘zbek tilida ayrim tovushlar qator kelganda yoki bir so‘z ichida ishtirok etganda, ularning talaffuzi qiyinlashadi. Shuning uchun ham bunday so‘zlarni avvalo sekin va to‘g‘ri talaffuz qildirib, so‘ng tez aytishga o‘tish kerak. Masalan: s -sh, k -l, r- y, q-k, t-p, -b, dj-ch, l-m, kabi tovushlarni talaffuzida bolalar nutqida turli xil qiyinchiliklar bo‘ladi.
Bu qiyinchiliklarni bartaraf qilishda tez aytishlardan unumli foydalanish katta ahamiyatga ega. Tarbiachi tez aytishlarni, avvalo, ancha sekinlik bilan aniq talaffuz etishlariga e’tibor berishi kerak. To‘g‘ri talaffuzga o‘rganib ko‘p takrorlashdan so‘nggina tez aytishga o‘tish zarur. Aks holda kuzatilgan maqsadga erishish qiyin.Masalan:
K va Q tovushlari.
Oq choynakka oq qopqoq,
Ko‘k choynakka ko‘k qopqoq.
T va P tovushlari
Bir tup tut,
Bir tup turpni
Turtib turipti.
Sh va T tovushlari
Ariq bo‘yida besh terak,
Besh terakka suv kerak.
T va K tovushlari
Oq ot oq o‘t yeydi,
Ko‘k ot ko‘k o‘t yeydi.
J va CH tovushlari
Joja cho‘chib go‘ja cho‘ir.
L va M tovushlari
1.Eshchanova G.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini o‘stirishda tez aytishlardan foydalanish. Urganch. 2020. B.6.
Olma shoxida olmaxon,
Olmaxonni olma, olmaxon!
Q , Sh va P tovushlari
Qishda kishmish pishmasmish,
Pshsa kishmish qishmasmish.
L va R tovushlari
Lola allalaydi,
Sora arralaydi.
N va V tovushlari
Novvoy non yopar,
Nonni novvot deb sotar.
O , R va K tovushlari
Qurilishga kerak terak ,
Demak , ekmoq kerak terak.
Eshik oldida buloq,
Buloqdan suv ichar uloq,
Uzunquloq.
J va R tovushlari
Jo‘r Jo‘raga jo‘r bo‘ldi,
Jo‘ra Jo‘rga jo‘r bo‘ldi.
Ch -Sh va Q tovushlari
Chor quloq,
Chandir quloq
Quloqlari
Shalpang quloq.
K va R tovushlari
Karim Karimaga karamni berdimi?
Karima karamni Karimga berdimi?
Sh va S tovushlari
Uy yasashasizmi
Osh oshashasizmi?
Q va Ch tovushlari
Qo‘ng‘iroq qo‘g‘irchoqnikimi, qo‘zichoqnikimi?1
Xullas, turli tuman va viloyatlarda yashovchi xalqning o‘ziga xos bolalar
uchun moslangan o‘yin-qo‘shiqlari mavjudki, tarbiyachi bularni to‘plab, ta’lim-tarbiyaning turli maqsadlari uchun foydalanishi mumkin. Darvoqe, qo‘shiqli o‘yinlar davomida bolalarda nafaqat nafosat tarbiyasi rivojlantiriladi balki,
ularga milliy urf-odatlarimiz, madaniyatimizni singdiramiz, ularni faol va chaqqon, salomat bo‘lib yetishuvlariga ko‘maklashgan bo‘ladi.
Eng muhimi, qiziqarli mashg‘ulotlar davomida bolalarning o‘g‘zaki nutqini rivojlantirishga erishiladi.
3.3. Rasmlar bilan ishlash jarayonida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar og‘zaki nutqini o‘stirish va tafakkurini rivojlantirish
“Suratlar ko‘rsatish va ularning mazmunini hikoya qilib berish pedagogning bolalarga yaqinlashuvida eng muhim vositadir. Katta yoshli odamni boladan, ayniqsa, pedagogni tarbiyalanuvchilardan ajratib turuvchi to‘siqni hech narsa bolalarga suratlar ko‘rsatish va bu suratlarni tushuntirib berishdek tez buza olmaydi. Agar siz bolalardan gap chiqishi qiyin bo‘lgan sinfga kirsangiz- suratlar ko‘rsata boshlang, shu zahotiyoq sinfdagi bolalar gapira ketadilar, muhimi shundaki, erkin, bamaylixotir gapiradilar” 1
“Go‘dak tomonidan ona tilining o‘zlashtirish jarayoni qanday kechishi uning nutqida narsa-buyum nomlarining ifodalanishi bilan belgilanadi”2.
Bolalar og‘zaki nutqini faollashtirish maqsadida tarbiyachi turli xil rasmlardan foydalanishi yaxshi natija beradi. Bolani undashga majbur etadigan topshiriqlardan berish kerak. Bunday topshiriqlar bolaning fikrlash qobiliyatining kengayishiga yordam beradi. Masalan, bir jadval ichida qushlar rasmi ichida bir baliq, kapalak yoki chumolining rasmi bor deylik. Bolaga rasmni yaxshilab ko‘rib chiqing va qushlarning nomini ayting, yo bo‘lmasa shu rasmga qarab gap tuzing, deganda bolalar o‘ylab qoladi, biroz qiynaladi, lekin fikr yuritib qushlar ichida boshqa narsa aralashib qolganini aniqlaydi. Bu narsa, albatta bolalarning tafakkuri vositasida amalga oshadi. Bu murakkab psixologik jarayon bo‘lsa ham tarbiyalanuvchilar uchun juda qiziq bo‘lishi aniq. Bunday jarayonlar natijasida maktabgacha yoshdagi bolalar tafakkurida muhim
o‘zgarishlar kuzatiladi. Taniqli olim M.Mahmudov: “Yoshlarning fikrlashi, tafakkurini o‘stirish, xotirasi va qobiliyatlarini taraqqiy ettirish masalasi o‘qitish faoliyatining jamiyatdagi bajaradigan asosiy vazifalaridan” ekanligini to‘g‘ri ta’kidlagan edi.
Rasmlar bilan ishlash bolalarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, og‘zaki nutq malakalarini o‘stirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bolalarning og‘zaki nutqini o‘stirishda rassomlardan Ch.Axmaron, E.Umarbekov, O‘.Tansiqboyev, A.Abdullayev, V.Vereshagin, P.Bankov, T. Muhammedov, K.Basharov, N.Karaxina, I.Haydarov, M.Novikov, asarlaridan foydalansa juda yaxshi bo‘ladi. Ayniqsa, N.Karaxanning “Oltin kuz”. I.Xaydarovning “Oltin kuz” ,O‘.Tansiqboyevning “Tog‘da kuz’’ , “O‘zbekiston bahori”, M.Kagorovning “Bola ilon bilan”, Sh.Abdurashidovning “Baxmalda yoz” kabi reproduksiyalaridan foydalansa samarasi juda yaxshi bo‘ladi. Afsuski, bunday rasmlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yo‘q,do‘konlarda esa sotilmaydi.
Rasmlar bilan ishlash jarayonida bolalar og‘zaki nutqini o‘stirishning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin:
Ko‘zboylag‘ich’’ rasmi bo‘yicha ish olib borish: bolalarga rasm ko‘rsatib, rasmda kimlar yoki nimalar tasvirlanganligi, undagi narsa va ranglar nomi so‘raladi. Bolalar nomlarni aytishda, odatdagidek, ko‘proq ruscha so‘zlarni ishlatadi ayrim rang nomlarini aytishga qiynaladilar. So‘ngra rasm bo‘yicha kichik hikoya tuzdirishga o‘tiladi. Bu ish murakkab tafakkur jarayonini talab etganligi sababli bolalar unchalik faollik ko‘rsatmasligi mumkin, faqat bir, ikki bola chiqib taxminan quyidagicha hikoya tuzishlari mumkin:
Rasmda bolalar o‘ynashyapti, bolaning ismi Dilshod. Uning ko‘zi bog‘langan, u bolalarni topyapti”.
Bolalardan to‘liq javob olinmagach, tarbiyachi – pedagog mashg‘ulotni davom ettirishi va bolalarga rasm asosida savollar berishni quyidagicha davom ettirishi lozim
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish