Qalandarova baxtigul ozod qizi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini o‘stirish va tafakkurini rivojlantirish usullari



Download 1,29 Mb.
bet26/46
Sana14.07.2022
Hajmi1,29 Mb.
#801479
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46
Bog'liq
Dissertatsiya Baxtigul

Tarbiyachi: - Har biringizning ismingiz bor-a, Karim, Sobir, Dilshod, Dilbar va hokazo. Qo‘limizdagi qo‘g‘irchoqning ismini qanday nomlaylik? Qo‘g‘irchoqqa qanday ot qo‘yamiz?
Bolalar: - Qo‘g‘irchoqning oti Tanya.
Qo‘g‘irchoqning ismi Safiya.
Tarbiyachi: - Bolalar, qo‘g‘irchoqqa “Lola” yoki “Aziza” deb ism qo‘ysak-chi? Qo‘limdagi qo‘g‘irchoqning ismi “Lola”.
Shundan so‘ng bolalar baravariga: “Yo‘q, uni Lola demaymiz, u o‘ris qiz-ku. Ko‘zini qarang – ko‘k. Sochi sariq. U “Lola” bo‘lmaydi. U “malika Safiya” deb javob berishdi.
Bu epizoddan biz shunday xulosa chiqarmoqchimiz: Respublikamiz do‘konlaridagi qo‘g‘irchoqlarning deyarli barchasi (Tohir va Zuhro qo‘g‘irchoqlari bundan mustasno) o‘zbek bolalari, qizlari – umuman o‘zbek kishilari qiyofasida emas.
Demak, milliy qo‘g‘irchoqlar yo‘q darajada deyish mumkin. Negadir qo‘g‘irchoq va o‘yinchoq ishlab chiqaradigan korxonalar o‘zbek xalqi tarixidan necha yuz va hatto ming yillardan buyon mavjud bo‘lgan va o‘zbek hunarmandlari tomonidan ishlab chiqiladigan surnaychalar, o‘zbek milliy childirmalari, beshiklar va hokazo shu kabi milliy o‘yinchoqlarni ishlab chiqib, bolalarga in’om eta olmayapti. Agar shu xildagi o‘yinchoqlar ko‘plab ishlab chiqilib, bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilari shu milliy o‘yinchoqlar bilan o‘ynashga, ularda milliy ruh, o‘zbek milliy psixologiyasi taraqqiy etishi bilan birga, shu asboblar (o‘yinchoqlar) nomi va ishlatish jarayoni bilan bog‘liq og‘zaki nutqini osongina o‘stirishga, milliy an’analarni yaxshi singdirishga erishgan bo‘lardik.
Bolalar og‘zaki nutqini o‘stirish maqsadidagi o‘yinchoqlar yaratishda tematik o‘yinchoqlar kompleksini ishlashga ahamiyat berish kerak. Masalan: “Dalada” mavzusidagi o‘yinchoqlar majmuasida ketmoncha, belkurakcha, zambilcha, chelak kabi ish qurollari yaratilib kompleks holda sotilsa, bu xildagi o‘yinchoqlarni o‘ynash jarayonida nutq o‘stirish metod-usullari o‘yinchoqlarga qo‘shib ilova qilib sotilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Bugunda bu borada ancha siljish mavjud. Shifokor buymlari, ro‘zg‘or buyumlari to‘plami yaratilmoqda. Shunda ham milliylikka e’tiborni kuchaytirish kerak deb hisoblaymiz.
Ota-onalar farzandlari uchun o‘yinchoqlarni ma’lum maqsad bilan foydalanishlarini ko‘zda tutishga erishmoq kerak. Qimmat pulga haddan tashqari ko‘p o‘yinchoqlarni sotib olib, bolani sevintirmoqchi bo‘lgan ota-ona bolani taltaytirish, bolani isrofgarchilikka o‘rgatish; narsalarni va ota-ona mehnatini qadrlamaslikka o‘rgatib qo‘yganligini o‘zi sezmay qoladi. Shuning uchun ota-onalar va bolalar bog‘chalari tarbiyachilari uchun o‘yinchoqlardan ma’lum tarbiyaviy maqsadda foydalanish, bolalarning fe’l-atvorini yaxshilashga, ularning og‘zaki nutqini rivojlantirishga, qaratilgan metodik qo‘llanmalar yaratilishi kerak.
Bolalar og‘zaki nutqini o‘stirishda o‘zbek bolalarining milliy turmush tarzini aks ettiradigan yoki o‘zbek xalq ertaklari asosida tuzilgan diafilmlar, multfilmlar yaratish kerak va bulardan foydalanish metodikasi ham yaratilishi kerak.
Bolalarning og‘zaki nutqini o‘stirishda musiqa mashg‘ulotlari juda katta ahamiyatga ega. Bolalar jon-dilidan qo‘shiqni sevadi. Yoshlikdanoq qo‘shiqqa muhabbat uyg‘otish uyda, bog‘chada amalga oshsa juda yaxshi natija beradi.
Bolani bog‘cha yoshidanoq musiqa asboblarini namoyish qilib olishga imkoniyat yaratish musiqa asboblari bilan tanishtirish maqsadga muvofiq13. Biz Xorazm viloyati Urganch shahridagi 27-son MTTda musiqa va rasm asosida kuzatish va tajriba ishlarini olib bordik. Bunga 60 nafar bolani jalb qildik. Aytish joizki, hamma maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lganidek, bu ta’lim maskanida ham o‘zbek bolalari 85-95 foizni tashkil qilishiga qaramay, metodik qo‘llanmalar yo‘qligidan ashula mashg‘ulotlari asosan rus tilida olib boriladi. Buning boshqa bir sababi sifatida rus tilida mashg‘ulotlar tashkil qilish tarbiyachining statusini oshiradi, qabilidagi noto‘g‘ri qarashning mavjudligi ham deb hisoblash mumkin.
Bolalarga musiqa o‘rgatishdan oldin musiqa asboblari (o‘yinchoqlar) bilan tanishtiriladi. Ko‘pgina musiqa asboblarining nomi ruscha bo‘lgani va milliy musiqa asboblari (o‘yinchoqlari) juda ham ozligidan ma’lum qiyinchiliklarga ham duch keldik.
Shunday bo‘lganligidan biz ishni quyidagicha tashkil qildik. Avvalo (surnay, karnay, chang, shaqildoq, childirma, rubob, dutor, g‘ijjak kabi) o‘zbekona musiqa asboblari nomlarini tanishtirdik. (Yo‘qlarini esa rasmlariga qarab o‘rgatdik). So‘ngra rus tili orqali o‘tgan musiqa asboblari nomlarini yuqoridagicha tanishtirdik. (Klarnet, baraban, signal, pionina, skripka, fleyta kabi). So‘ngra musiqa asboblari nomining talaffuziga alohida e’tibor berdik. Ckunki u nomlarni bolalar juda chalkashtirib talaffuz qiladi. Masalan, sunnay (surnay o‘rnida), kannay (karnay o‘rnida), rubop (rubob o‘rnida) kabi. Bularning ovozlari va qanday chalinishi haqida tushuntirdik. Shundan so‘ng bolalarning musiqa mashg‘uloti orqali og‘zaki nutqini o‘stirish bo‘yicha ish olib bordik, bu boradagi qiyinchiliklar haqida tarbiyachilardan bolalar uchun o‘zbek milliy qo‘shiqlari juda kam nashr etilgani, shuning natijasida mavjud bo‘lgan ruscha ashulalarni o‘rganishga majbur ekanligini aytishdi.
Bu tajriba jarayonida bolalarga faqatgina kitobdagi ashulalarnigina emas, balki, o‘zbek milliy qo‘shiq va ashulalarni o‘rgatishni lozim topdik.

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish