Qalandarova baxtigul ozod qizi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini o‘stirish va tafakkurini rivojlantirish usullari



Download 1,29 Mb.
bet24/46
Sana14.07.2022
Hajmi1,29 Mb.
#801479
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   46
Bog'liq
Dissertatsiya Baxtigul

2-bob yuzasidan qisqa xulosalar:

  1. Bola atrof – muhit haqidagi bilimlarni o‘zida aks ettiruvchi leksik birliklarning ma’nolarini tasavvur, tafakkur, xotira, xayol kabi psixik jarayonlar orqali idrok etish qobilyatiga egadir. Bolalardagi intellekt nafaqat ularning jismonan rivojlanishi, balki nutqining shakillanishi bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi va takomillashadi.

  2. Bola ijtimoiy hayot hodisalarini kuzatar ekan, voqelikni ifodalash uchun yangi so‘z va iboralarni o‘zlashtirish asosida uning perseptiv lug‘ati boyib boradi. Bola perseptiv lug‘atining ifodasi intelektual-psixalogik o‘yinlar hamda savol-javob usulidan foydalanish jarayonida o‘z aksini topadi.

  3. Bola perseptiv lug‘atining rivojlanishida ijtimoiy munosabatlarni shakillantirishga hizmat qiluvchi dialogik nutq verbal muloqot shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Dialogik nutq situativ muloqot usuli hisoblanib, bunda bolalar bir-birlarini o‘yinga jalb qilish orqali o‘zaro lisoniy aloqa o‘rnatadilar.

Kichik yoshdagi bolalar kommunikativ faoliyatida mavhum leksemalarning ifodalanish jarayonida yuzaga keluvchi psixolingvistik muammolarni tadqiq qilish orqali ular nutqida aks etgan semalarning o‘ziga xos shakli sifatida quyidagi ma’nolarni alohida ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir:

  1. Davr o‘tishi mobaynida yo‘qolib borayotgan ma’nolarning mavjudligi;

  2. Yosh bilan bog‘liq semantik komponentlarning mavjudligi;

  1. so‘zning semantik strukturasida ma’nolar va alohida komponentlarning turlicha ma’no kasb etishi;

  1. tildagi mavhum so‘zlarning semantik jihatdan nozik farqlarga ega bo‘lishi va alohida olingan komponentlar ma’nosining o‘zgarishi.

  1. O‘rta guruh tarbiyalanuvchilarining nutqida ifodalanuvchi leksema ma’nolarini psixolingvistik nuqtayi nazardan tadqiq etish bolalar tafakkur tarziga xos o‘zgarishlar ta’sirida ular nutqining intensiv ravishda rivojlanib borayotganligini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalar muloqotida o‘zbek tilining izohli lug‘atida mavjud bo‘lmagan ko‘plab yangi ma’nolar ham o‘z aksini topadi.



III BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALAR NUTQINI O‘STIRISH VA TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY USULLARI 3.1. O‘yin va musiqa mashg‘ulotlarida bolalar nutqini o‘stirish va tafakkurini rivojlantirish
Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi turli yosh guruhlari bolalar tarbiyasi haqida qimmatli fikr bildirgan taniqli rus psixologi A.Zaparojevning fikricha, o‘yin biologik hodisa emas, tarixiy tabiatga ega: bolalar o‘yini kattalar ijtimoiy va mehnat faoliyatining qonuniy aksi ( in’ikosi) bo‘lib, u stixiyali xarakterga egadir10.
O‘yin jarayonida bolalar turli predmetlar bilan muomala qilish va muomala vositalarini o‘rganadi. Ularning shaxsi takomillashadi. Odamlar bilan muomala, o‘quv va mehnat jarayonida tayyorlash kabi turli psixik holatlari shakllanadi va takomillashadi, kollektivizm ruhi shakllanadi.
Yuqorida nomlari qayd qilib o‘tilgan olimlar o‘yinning biologik hodisa sifatidagina emas, balki uning tarixiy tomonini ham ochib beradilar. Ularning yozishlaricha, bolalar o‘yini kattalarning mehnat va ijtimoiy faoliyatlari stixiyali in’ikosidir. Bog‘chalarda tarbiyalanuvchilar orasida olib borilgan kuzatishlar ko‘rsatadiki, bolalar ko‘pincha juda oddiy o‘yinlar o‘ynashga moyildirlar. Bu xilda oddiy va oson o‘yinlarni o‘ynashga moyillik bog‘chadagi kichik guruh tarbiyalanuvchilari orasidagina emas, katta guruhdagilar orasida ham kuzatiladi. Bu narsa bir jihatdan ko‘pincha o‘yin o‘tkazish jarayonida uning metod-usullarini yaxshi ishlanmaganligi va takomillashmaganligidan bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘yin bolalar hayoti bilan yetarlicha uzviy bog‘lanmaganligidandir11.
O‘zbek bog‘chalaridagi tarbiyalanuvchilarda ham bu xildagi o‘yinlarni o‘ynashda tajriba bo‘lmaganligidan, o‘yin ma’lum maqsadni ko‘zda tutmagan quruq, maqsadsiz va rejasiz bo‘lganidan uning har bir jarayonida tarbiyachining yetaklovchi, o‘rgatuvchi roliga muhtojlik seziladi va o‘zlarida o‘yin jarayonida hech qanday tashabbus bo‘lmaydi. Bu esa bolalarning aqliy faoliyatini o‘stirishga yetarli darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘yinni o‘tkazishda, metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilingan o‘yinda tarbiyachilarning aralashuvisiz ham bolalarning aqliy faoliyatini oshirishga, faolligini ko‘tarishga, psixologik holatini yuqori darajada bo‘lishiga erishish mumkin. O‘yin jarayoni ichki taraqqiyotlarini yaxshi bilmasdan kuzatilgan natijaga erishish qiyin. Yuqorida nomlari tilga olingan pedagog olimlarning ko‘rsatishlaricha, o‘yin jarayonining 1-bosqichi tanishtiruvchi o‘yin, 2-bosqichi ajtarib oluvchi, tanlab saralab oluvchi o‘yin bo‘ladi. Bu xil o‘yin natijasida ma’lum syujetli va rol bajaruvchi o‘yinlarni boshlashga asos tug‘iladi12. O‘yinni bu xilda olib borish maktabgacha tarbiya muassasalarida va oilada bolalarning har tomonlama yetuk rivojlanishlariga asos soladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o‘tkaziladigan o‘yinlar bolalarning aqliy faoliyatini o‘stirishga, atrof-muhitdagi narsa - hodisalarni tushunish, ular bilan muomala qila bilish, o‘yin o‘ynash orqali guruhlashib bir-biriga muomala qilishga o‘rgatishga odatlantiradi, shuning uchun ham o‘yin jarayoni ma’lum maqsadni ko‘zlab, rejali asosda o‘tishi kerak.
O‘yin jarayonining bog‘cha tarbiyalanuvchilarining nutqini o‘stirish va tafakkurini rivojlantirishda ahamiyati katta. O‘yin bolalar tarbiyasini shakllantirishning, ular psixologiyasini rivojlantirishning asosiy omillaridan biridir. Har bir o‘yin bolalar hayotiga yaqin bo‘lsa, ularning hayotidan lavhalar bilan ifodalashga qaratilgan bo‘lsa, o‘yinchoqlar esa ular hayotida uchrab turadigan narsa-predmetlarni ko‘rsatsa, u o‘yinchoqlar bilan o‘ynash natijasida bolalar qiziqishi ortadi va o‘yinda uning faolligi ortadi. Tarbiyachilar esa ko‘zlangan maqsadga erishadilar. Agar o‘yinlar yoki o‘yinchoqlar bolalar hayotida uchramaydigan yoki kam uchraydigan narsalardan tashkil topgan bo‘lsa, o‘yindan kuzatilgan maqsadga erishish qiyin. Bunda tarbiyachi bolaga predmetning nomi, uning mohiyatini tushuntirishi kerak. Shu o‘yin yoki o‘yinchoqni o‘ynash usullari bilan bolani oshno qilishi kerak.
Ma’lumki, mamlakatimiz maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun yaratilgan o‘yinchoqlar integratsiya natijasida boshqa davlatlar bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilari uchun yaratilgan o‘yinchoqlar bilan deyarli bir xil. Hududlardagi barcha “Bolalar dunyosi”da, magazinlarda bir xil o‘yinchoqlar – qora, sariq sochli qo‘g‘irchoqlar, barabanlar, to‘pponcha, raketa, samolyot, tanklar, konstruktiv o‘yinchoqlar va hokazo. Bu o‘yinchoqlar bilan o‘ynashda ma’lum darajada bolalar tafakkurini o‘stirish, ularni hayotdagi narsalar bilan tanishtirishda yaxshi foydalanish bilan birga, o‘zbek bog‘chalari tarbiyachilari ko‘pgina qiyinchiliklarga duch keladi. Buni quyida maktabgacha ta’lim tashkilotlari olib borilgan ishlardan keltirilgan misollardan ko‘rish mumkin:
Urganch shahridagi 16-son MTTda qog‘irchoq-qizlar orqali bolalar nutqidagi xatolarni aniqlash va ularni bartaraf qilish mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot o‘tkazish uchun tarbiyachi bir necha qo‘g‘irchoq-qizlar olib kirib, atoqli ismlar bilan tanishtirishni maqsad qilib qo‘ygan.

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish