Qalandarova baxtigul ozod qizi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini o‘stirish va tafakkurini rivojlantirish usullari



Download 1,29 Mb.
bet32/46
Sana14.07.2022
Hajmi1,29 Mb.
#801479
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46
Bog'liq
Dissertatsiya Baxtigul

Sabzavot va mevalar turkumidagi rasmlar bo‘yicha ularning nomlari, ranggi, miqdori haqida suhbat o‘tkazish mumkin. Unda, ayniqsa, bolalar rang bildiruvchi sifatlarni to‘g‘ri qo‘llay olishga alohida e’tibor berish kerak. Chunki bolalar o‘z ona tilisidagi so‘zni (yashil o‘rniga zangori) yoki ruscha so‘zlarni (krasniy, zelyonniy) so‘zlarni ko‘proq ishlatadilar. Bundan tashqari bolalar sabzavot va ho‘l meva nomlarini o‘zbek tilida to‘g‘ri talaffuz qilishga biroz qiynaladilar. Bolg‘ari, garmdori, o‘rnida bolgarskiy, perest, kartoshka deyish o‘rniga karchika, sabzi deyish o‘rniga gashir deb talaffuz qiladilar. Bu kamchiliklarni bartaraf qilish va bola tafakkurini rivojlantirish uchun quyidagi ish usulidan foydalanish lozim:
“Kesilgan tarvuz” rasmiga qarab tarvuz haqida: uning ranggi po‘stlog‘i, urug‘i, po‘chog‘i haqida to‘liq suhbat o‘tkazish mumkin.
Hayvonlar va parrandalar turkumidagi rasmlar bo‘yicha yuqoridagicha suhbat o‘tkazish mumkin. Hayvonlarning nomi, ranggi, miqdori va harakat belgilari haqida suhbat olib boriladi. Yuqorida bo‘lganidek, bu bo‘limda ham bolalar eshitgan ertaklar ta’sirida hayvon va qush, parranda nomlarini o‘z tili yoki shevasidagi so‘z bilan, yoki ruscha nom bilan ataydilar (zaychik, zolotaya ribka, krasnaya shapichka; bajik, gechi qorinjo). Bu kamchilikni tarbiyachi ko‘zdan qochirmasdan izchillik bilan tuzatib borishi, buning uchun mashg‘ulotlarda bu so‘zlarning to‘g‘ri qo‘llangan shakli ishlatilgan jumlalardan ko‘proq foydalanishi talab etiladi. Shu bilan mashg‘ulot davomida tarbiyachi ularning xatolarini to‘g‘irlab borib, so‘zlarning o‘zbek tilida to‘g‘ri aytilishini singdiradi. Suhbat – mashg‘ulot davomida bolalar o‘z xonadonlaridagi uy hayvonlari haqida batafsil so‘zlab berishlari talab qilindi. Ancha yaxshi natijaga erishsa bo‘ladi. Ular uydagilari hayvon-parranda nomlarini faol sanab keta boshlaydilar.
Tabiat manzaralari” turkumidagi rasmlar bo‘yicha mashg‘ulotda yuqoridagi ko‘rsatmalarimizdek turli fasllar, ularning nomlari, fasllarda qanday hodisalar ro‘y beradi, har bir faslning mavsumi haqida suhbat o‘tkazildi. Tavsiya etilgan rasmlar asosida mashg‘ulot o‘tkazilganda bolalar ancha foydalanib, to‘liq javob berishga o‘tdilar. Masalan “Olma terish” rasmida bolalarga tanish bo‘lgan narsalar (bola, olma, daraxt, barg, savat, yashik, narvon) ning nomini bolalar qiynalmay aytib beradilar. Ularning rangini ham to‘g‘ri aytishadi.
“Qishloq manzarasi’’ rasmiga qarab daraxtlar, toshlar, suv, tog‘, osmon, uylar kabi ko‘plik va birlikda qo‘llangan otlarni va turli rang bildiruvchi so‘zlarni (yashil, ko‘k, sariq, qizil) kabi to‘g‘ri qo‘llashga o‘rgandilar.
Demak, tarbiyachilar yuqoridagi kabi rasmli mashg‘ulotlarni ko‘proq o‘tkazishsa, bolalar og‘zaki nutqining ravon bo‘lishiga , lug‘at boyligining oshishiga va fikrlash qobilyatining o‘sishiga katta yordam bergan bo‘ladi. Rasmlar asosida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar ko‘rgazmali mashg‘ulotlarning bir ko‘rinishi bo‘lganligi uchun ham bunday usuldan foydalanish ancha yaxshi natija beradi.
Rasmli faoliyatlar, ayniqsa, ma’lum ertaklarga bog‘liq chizilgan rasmlar asosida olib borilgan juda katta natijaga erishish mumkin. Buning uchun tarbiyachi turli mavzulardagi ertaklarga rasmlar chizdirib, shular asosida ertaklar mazmunini aytib beradi. Bolalar bilan ertak mazmuni bo‘yicha savol-javob o‘tkazgach bolalardan ertakning mazmunini aytib berishni talab qilinadi. Ertak mazmuni qisqa bo‘lsa, bir-ikki boladan, mazmuni kengroq bo‘lsa, uch-to‘rt boladan qism-qism bo‘yicha javob berishlarini talab qilinadi. Shunday biz rasmlarga qarab suhbat o‘tkazish jarayonida bolalarga narsa-predmet nomlarini, harakat ifodalovchi so‘zlarni, rang-tus yoki boshqa xil belgi bildiruvchi so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llay bilish va to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgatdik. Bu ishda ko‘proq boshqa voha bolalarining o‘zbekcha nomlarini bilib olishi va aniq talaffuz etishi, shuningdek, turli shevaga xos so‘zlarni o‘zbek adabiy tili normalariga mos qo‘llay olishlariga erishish kerak bo‘ladi.
Bog‘cha tarbiyalanuvchilarining og‘zaki nutqini kuzatib va shu masalada tajribalar olib borish natijasida quyidagi tavsiya va takliflarni bildirish mumkin:
O‘zbek xalqi hayotidan, o‘zbek bolalari hayotidan olingan rasmlardan ko‘proq foydalanish va shu asosida suhbat o‘tkazish;
Bolalar hayotida ko‘p uchraydigan narsalar bo‘yicha rasmlar ustida ishlash. Masalan, ”Yil fasllari”, “Mevalar”, “Sabzavotlar”, “Gullar”, ”Transportlar”, “Oshxona” haqida suhbat;
Rasm bilan ishlash jarayonida bolalarning talaffuziga, so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llashlariga rioya qildirishdir;
Ko‘proq o‘zga millat bolalari bilan muloqotda bo‘lish va ularning nutqiga ahamiyat berish; Rasm chizish va plastilindan narsalar yasash mashg‘ulotlarini nutq o‘stirish uchun foydalanish. Yuqoridagi ishlarni amalga oshirishda AKT dan foydalanilsa, mashg‘ulot samaradorligining yanada oshishiga erishiladi.
3.4.Tabiatga sayr jarayonida bog‘cha tarbiyalanuvchilari og‘zaki nutqini o‘stirish va tafakkurini rivojlantirish
Yoshlarda tabiat go‘zalligini tushunib yetish hissini tarbiyalash vazifasi juda xilma-xil vositalar bilan hal qilinishi mumkin. Bulardan muhimlari, bolalarning tabiat bilan bevosita munosabatda bo‘lishiga asoslangan vositalar (sayr qilish, turistik yurishlar, gerbariy hamda kollektsiyalar yig‘ish va hokazo)lardan iboratdir.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish haqida yozilgan manbalarda bog‘cha bolalarining tabiatga sayr ettirish jarayonining shakl va usullari, ko‘rgazmalilik usullari, nazariy va amaliy usullar, mashg‘ulotlar, ekskursiya (sayohat), tabiat burchagi va ularni qanday tashkil qilish, guruhlarda yil fasllarida qanday ish olib borish usullari ko‘rsatiladi .
Biz Urganch shahridagi 27-, 28-bog‘chalar va Qo‘shko‘pir tumanidagi G‘ozovot qishlog‘i 14-son MTTdagi bolalarni tabiatga sayr jarayonida og‘zaki nutqini o‘stirish maqsadida kuzatish va ayrim tadqiqot ishlar olib bordik. G‘ozovot qishlog‘i 14-bog‘cha tarbiyachilariga bolalarning tabiatga sayr vaqtida quyidagilarga rioya qilish kerakligi haqida metodik tavsiyalar berildi:
1. Mashg‘ulotni o‘tkazishdan maqsadni belgilab olish.
2. Kerakli jihozlarni tayyorlash.
3. Sayrga chiqish oldidan qisqacha suhbat o‘tkazish.
4. Sayr davomida bolalarning so‘z qo‘llashiga va talaffuziga e'tibor berish.
O‘tkazilgan mashg‘ulotlardan namunalar beramiz:
1-“To‘siqli devor haqida tushuncha:
Bu mavzu haqida bolalar tushunchasini aniqlash maqsadida so‘roqlar berildi. Bolalar mashg‘ulot olib boruvchining ko‘magi bilangina berilgan savollarga javob bera oldilar. Sababi, bizningcha, guruhdagi bolalarning ko‘pi o‘zbek bo‘lgani bilan “izgorod” temasi singib ketganligidan “to‘siq devor” deb o‘rgatsak ham, ko‘proq izgorod deb javob qaytarishdi. O‘zbekcha nomi ko‘p takrorlangach ular «to‘siq devor» atamasini qo‘llay boshladilar. Shu munosabat bilan biz kelgusida shu sohada qo‘llanma, dastur yaratuvchilariga o‘zbekcha atamalarni ko‘proq qo‘llashlarini taklif qilgan bo‘lardik.
Biz bolalarga izgorod atamasini to‘siq devor deb aytishni talab qilganda ham 33 ta boladan 10 tasi izgorod deb javob berdi. Bolalarga o‘simliklarning barglarini, undagi barglar qanday rangda ekanligini, barglar nimalarda (ingichka shoxchalarda) o‘sishini ingichka shoxlar nimalarga birikkanligini so‘radik. Berilgan savollarga yetarlicha to‘liq javob ololmadik. Bolalar «barg» so‘zini «bark» yoki «bag» kabi turli xilda aytib, fonetik xatoga yo‘l qo‘ygan holda javob berdilar. 33 nafar boladan 10 nafari barg deb aytishga odatlandi 8 tasi jim turdi. Bolalarning ayrimlari “R” tovushini talaffuz qilolmadi.

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish