Qalandarova baxtigul ozod qizi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini o‘stirish va tafakkurini rivojlantirish usullari



Download 1,29 Mb.
bet28/46
Sana14.07.2022
Hajmi1,29 Mb.
#801479
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46
Bog'liq
Dissertatsiya Baxtigul

II. “Bog‘landi” o‘yin-qo‘shig‘i. O‘yin maydoncha va zalda bo‘lishi kerak. Bolalar qo‘l ushlashib yarim doira bo‘lib turadilar. Darvozabonlar bilan bolalar orasida quyidagicha dialog (ashula) olib boriladi.

  • Qo‘yingiz qayda?

  • Qo‘yliqda.

  • Qo‘yingiz nima yeydi?

  • Qo‘yimiz: shulxa, o‘t, kunjara, pichan, beda yeydi.

(Bu javoblarni hamma barobar barmoqlari bilan sanab aytadilar).

  • Qo‘yingiz nima ichadi?

  • Qo‘yim suv ichadi.

  • Qo‘yingiz nima beradi?

  • Qo‘yimiz go‘sht, jun, yog‘ beradi.

  • Qo‘yingizni kim semirtirgan?

- (Bolalar Gulnoraxon, Ahmadjon yoki Alisher deb darvozabonning yonidagi bolaning nomini aytishi kerak)
- Qo‘yingizni semirtirgan Gulnorxonga karnaymi, surnaymi, nog‘orami, childirmami?
Bolalar: - Gulnorxonga karnay, - deyishlari bilan yarim doiraning chap tomonidan boshlab, bolalar ketma-ket yurib, o‘ng qo‘lni yuqoriroq, chap qo‘lni pastroq qilib karnay ovozini aytib darvozabonlarning yonidagi bolaning qo‘li tagidan egilib o‘tadilar. Kimning qo‘li tagidan o‘tilgan bo‘lsa, shu bolaning qo‘li qo‘ltig‘ida bo‘lib, “bog‘lanib” qoladi. Bolalar qaytib o‘z yerlariga kelgach, hamma bolalar barobar quyidagi parchani kuylaydilar: (Bog‘langan bolaning nomini aytib):
Bog‘landi-bog‘landi,
Gulnoraxon bog‘landi.
Nima uchun bog‘landi,
O‘yin uchun bog‘landi.
(Bog‘langan bola o‘yinga tushib berishi shart. Shundan so‘ng o‘yin yana qaytadan boshlanadi). O‘yinni ikkinchi takrorlashda yana ham qiziqarli o‘tishi uchun qatorning o‘rtasidagi ikki bola qo‘li tagidan o‘tadilar. O‘rtadan qo‘li bog‘langan bolani chetga chiqarib qo‘yib yana boshqa bolalar qo‘li tagidan o‘tadilar. O‘yin oxirida qo‘li bog‘langan bir necha bolalar o‘rtaga tushib o‘ynaydilar.
O‘yin qoidalari ham belgilanadi:

  1. Darvozabonlarning savollariga hamma bolalar xor bilan barobar javob berishlari kerak.

  2. O‘yinda aytilgan cholg‘u asboblarining ovozini aks ettirib, go‘yo shu asbobni chalgan bo‘lib o‘tadilar.

  3. Boshlang‘ich bola to o‘yinga tushmaguncha, qo‘lini qo‘ltig‘idan tushirmaydi.

Tarbiyachi o‘yin davomida bolalarga har bir cholg‘u asbobini qanday chalish, uning ovozlarini to‘g‘ri aks ettirishni o‘rgatib borishi lozim. Bu cholg‘u asboblarini bolalarga turmushda, (loaqal o‘yinchoq shaklida bo‘lsa ham) amalda ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Shunday qilib, o‘yin davomida bolalar faolligining oshuvuga erishdik. Ular chaqqon va ziyrak bo‘lib, ashulalarni qiziqish bilan aytdilar. Yanada muhimi shundaki, bolalar uy hayvonlari, ularni parvarishlash, ulardan qanday mahsul olish mumkinligini ham bilib oldilar.
Bolalarni yana ziyrak, hozirjavob bo‘lishlarini tarbiyalash uchun savol-javoblarni bir oz chalkashtirib ham berish mumkin.
- Qo‘y uchadimi?

  • Yo‘q, qo‘y uchmaydi, yuradi, kabi.


Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish