Qalandarova baxtigul ozod qizi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini o‘stirish va tafakkurini rivojlantirish usullari



Download 1,29 Mb.
bet25/46
Sana14.07.2022
Hajmi1,29 Mb.
#801479
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46
Bog'liq
Dissertatsiya Baxtigul

Tarbiyachi: - Bolalar, bugun biz qo‘limizdagi qo‘g‘irchoqlarning ismlari bilan tanishamiz. Ayrimlariga o‘zimiz ism qo‘yamiz.
Tarbiyachi: - Qani bolalar, ayting-chi, qo‘limdagi nima?
Bolalar: - Qo‘g‘irchoq.
Tarbiyachi: - ( Qo‘lini ko‘rsatib) – Bu nima?
Bolalar: - Qo‘li.
Tarbiyachi: ( Oyog‘ini ko‘rsatib) – Bu nima?
Bolalar: - Oyog‘i.
Tarbiyachi: - ( Boshini ko‘rsatib) – Bu nima?
Bolalar: - Boshi.
Tarbiyachi: - Juda yaxshi. Biz qo‘limizdagi qo‘g‘irchoqning oyog‘i, qo‘li va boshini ko‘rdik. Bizning qo‘l, oyoq va boshimizga o‘xshaydimi?
Bolalar: - Ha, o‘xshaydi.
Tarbiyachi mashg‘ulotning asosiy maqsadiga ya’ni turdosh otlar va atoqli otlarni farqlashga o‘tadi. Yuqoridagi savol-javobdan qo‘l, oyoq, bosh kabi so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rganadilar. Ayniqsa, bu hol rus-o‘zbek, o‘zbek-tojik, o‘zbek-qozoq, o‘zbek-qrim tatar kabi ikki tilli yoki ko‘p tilli guruhlarda katta ahamiyatga ega. Bolalar qo‘l, oyoq, bosh kabi tana a’zolari nomlarini to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rganadilar. Shundan so‘ng tana a’zolari nomini bildiruvchi yuqoridagi kabi so‘zlarni aniqlovchilar bilan qo‘llashga o‘rgatiladi.
Bu mashg‘ulot quyidagicha olib boriladi:
Tarbiyachi: - Bolalar, qo‘g‘irchoqning nechta qo‘li bor?
Bolalar: - Ikkita.
Tarbiyachi: - Oyog‘i nechta?
Bolalar: - Ikkita.
Tarbiyachi: - Boshi nechta?
Bolalar: - Bitta.
Tarbiyachi - pedagog bolalar nutqiga xos bo‘lgan qisqa javobni to‘liq javob berishga alohida e’tibor beradi va namuna sifatida birinchi so‘roqqa o‘zi javob qaytaradi.
Tarbiyachi: - “Bolalar, qo‘g‘irchoqning qo‘li ikkita ekan-a? Endi menga o‘xshab to‘liq javob beringlar-chi?”
Bolalar: - Qo‘g‘irchoqning oyog‘i ikkita. Qo‘g‘irchoqning boshi bitta.
Bu javoblardan so‘ng tarbiyachi to‘g‘ri javobni umumlashtirish va to‘g‘ri javob bergan bolalarni rag‘batlantirishi kerak. Shu rag‘batlantirish orqali bolalarda to‘g‘ri talaffuz ko‘nikmalarini tezda hosil qilish va og‘zaki nutqini rivojlantirishdagi maqsadiga erishishi mumkin. Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, o‘yinchoqlar bilan ishlar bog‘cha bolalari og‘zaki nutqini o‘stirishga yordam beradigan omillardan biridir.
O‘yinchoqlar bilan ishlashda ba’zan ham pedagogik, ham psixologik tomondan tarbiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan holatlarni ham kuzatish mumkin. Ayniqsa bu kabi ko‘rinishda “mayda”, “ahamiyat berishga arzirli bo‘magan” narsalar maktabgacha yoshidagi bolalarning og‘zaki nutqini rivojlantirishga salbiy ta’sir etib qolmay, ularning tarbiyasi, ruhiy holatlariga ancha salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bularga quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. Maktabgacha yoshidagi bolalar salomatligiga yomon ta’sir qiladigan turli ximik bo‘yoqlar bilan bo‘yab chiqarilgan o‘yinchoqlar. Bunday o‘yinchoqlar bolalar salomatligiga o‘ta yomon ta’sir ko‘rsatishi mutaxassislar tomonidan qayta – qayta ta’kidlanayotgan bo‘lishiga qaramay, shu kungacha magazinlarda sotiladi va bolalar bog‘chalarida juda ko‘p ishlatiladi.

  2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘g‘il bolalar uchun turli pistoletlar, pulemyotlar, avtomatlar, qilich va boshqa shunga o‘xshash jang qurollaridan foydalanish noto‘g‘ri hisoblanadi. Negaki, bu urush qurollari o‘yinchoqlari bolalarni Vatan mudofaasiga tayyorlaydi va shu bilan vatanparvar bo‘lib yetishadi, deb bo‘lmaydi. Fikrimizcha bolalarni erta yoshdanoq bu xildagi qurollar bilan tanishtirish va undan foydalanishga odatlantirish bolaning kelgusida insonparvar, odamlarga mehribon, mehr-oqibatli bo‘lib yetishuvida katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, bog‘cha yoshidagi bolalar og‘zaki nutqini rivojlantirishga yordam bermaydi. Shundan kelib chiqib, taklif qilmoqchimizki, bolalarni insonga xos ijibiy hislatlarni egallashga qaratilgan buyum-asboblar, ularning estetik tarbiyasini rivojlantirishga qaratilgan narsa-predmetlar, bolalar og‘zaki nutqini rivojlantirishga moslangan o‘yinchoqlar chiqarishga alohida e’tibor berish kerak.

  3. O‘yinchoqlarning milliy ruh bilan sug‘orilishiga erishmoq kerak. Yuqoridagi keltirilgan bog‘cha bolalari bilan qo‘g‘irchoq haqida olib borilgan mashg‘ulotda katta bir qiyinchilikka duch keldik. Qo‘g‘irchoqning tana a’zolari va kiyimi haqida suhbat o‘tkazib bolalarni aniqlovchili birikma ishlatishga, turdosh otlarni bilishga, kichik yig‘iq sodda gaplarni qo‘llashga o‘rgatilgandan so‘ng atoqli otlarni o‘rganishga o‘tdik. Kichik suhbat olib borib ko‘pchilik bolalardan ismlarini kichik bir gap qolipida aytishga o‘rgatdik. (“Mening otim Dilshod”, “Mening ismim Dilbar”, “Ukamning oti Zokirjon” kabi). Shundan so‘ng mashg‘ulotdagi ko‘rgazma qurol – qo‘g‘irchoqlarga ism qo‘yishga o‘tildi. Buning uchun mashg‘ulotda quyidagi so‘roqlar berildi:


Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish