Angren shahar MTB tasarrufidagi 14-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 2-o‘rta guruh uchun OCHIQ MASHG‘ULOT O‘YINLI-TA’LIMINING ISHLANMASI
Oy mavzusi: “Baxtli bolalik” 1-hafta mavzusi: “Baxtli bolalik”
Tarbiyachi: Ashurova Nilufar
O y mavzusi: “Baxtli bolalik” 1-hafta mavzusi: “Baxtli bolalik” O’yin mashg’ulotlarining maqsadlari: Ta’limiy: Bolalik haqida tushuncha berish, atrof olam bilan tanishtirish;
Tarbiyaviy: Bolalik haqida ma’lumot berish, tozalikka o’rgatish
Rivojlantiruvchi: Bolalarning nutqini rivojlantirish;
Mashg’ulot jihozi: Mavzuga oid rasmlar, ko’rgazmalar, ta’limiy o’yinlar;
Mashg’ulotning borishi: Tarbiyachi: Bolajonlar kelinglar ertalabgi she’rimizni aytib o’tamiz
Bolalar: Tongda quyosh uyg’ondi,
Bolalarni uyg’otdi.
Ko’zlarimiz uyg’ondi,
Quloqlarimiz uyg’ondi.
Chimchiladik burunni,
Burunimiz ham uyg’ondi.
Salom berdik quyoshga,
Salom berdik hammaga.
Assalomu aleykum.
Tarbiyachi: Bolajonlar barchani kayfiyati yaxshimi?
Bolalar: Ha
Tarbiyachi: Bolalar kelinglar hozir biz sizlar bilan davra suhbati o’tkazib olamiz. Qani menga aytingchi 1 yilimizda nechta fasl bor?
Bolalar: 4 ta
Tarbiyachi: Qani aytib beringchi?
Bolalar: Bahor, Yoz, Kuz, Qish
Tarbiyachi: Barakkala bolalar.
T arbiyachi: Hozir qaysi fasl?
Bolalar: Yoz;
Tarbiyachi: Yoz faslining nechta oyi bor?
Bolalar: 3 ta
Tarbiyachi: Aytib beringchi;
Bolalar: Iyun, Iyul, Avgust;
Tarbiyachi: Barakkalla bolajonlar.
Qimmatoy kirib kelishi Qimmatoy: Voy bu yerda nima bo’lyapti?
Tarbiyachi: Xush kelibsan Qimmatoy. Bu yerlarda nima qilib yuribsan?
Qimmatoy: Men xafaman hamma Zumradni aqlli, bilimdon deydi men ham aqlli va bilimdon ekanimni isbotlashga keldim;
Tarbiyachi: Kel unda bizning davramizga qo’shil;
Qimmatoy: Xo’p;
Tarbiyachi: Bolajonlar kelinglar hozir biz Qimmatoy bilan birgalikda “To’g’risini top” o’yinini o’ynaymiz . Bu o’yinimizning Sharti shundan iboratki sizlarga savol beraman to’g’ri bo’lsa o’tirib olasiz, noto’g’ri bo’lsa turasiz hammaga tushunarlimi bolajonlar?
Bolalar: Ha
Tarbiyachi: Qani boshladik.
Men o’z ismimga egaman;
Men betobligimda shifokor meni davolaydi;
Men ham maktabga ham bog’chaga ham borolmayman;
Men doim davlatim va prezidentim himoyasidaman;
Men quloqsizlik qilganimda meni qamab qo’yishi mumkin.
Tarbiyachi: Bolajonlar o’yinimiz yoqdimi?
Bolalar: Ha
Tarbiyachi: Bolajonlar bizning oy mavzuyimiz qanday edi?
B olalar: Baxtli bolalik
Tarbiyachi : Hafta mavzuyimizchi?
Bolalar: Baxtli holalik;
Tarbiyachi : Barakkala bolalar. Bolalik inson umrining eng beg’ubor, orzu umidlarga to’la, jo’shqin va haroratli davrdir. Bolaning kulgusi, ko’zlaridagi quvonchi butun olamni yoritadi. Bolajonlar hozirgi beg’ubor bolalik davrlik oltinga teng demakdir.
Bolajon bugun biz siz bilan 3 ta markazda faoliyat yuritar ekanmiz
San’at markazi, Til va nutq markazi, fan va tabiyat markazi. Bolajonlar markazlarimiz haqida she’rlar yodlagan edik hozir shu she’rlarimiz eslab olaylik.
Bolalar: She’rni aytib berishidi
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar. Endi o’zimiz xoxlagan markazlarga o’tirib olamiz ;
Tarbiyachi: San’at markazida bolajonlar bugun biz sizlar bilan rangli qog’ozlar yordamida aplikatsiya uslubida Baxtli bolaligizni ifodalovchi tasvir hosil qilamiz. Bundan maqsadimiz bizning qo’l motorikamiz rivojlanadi va sizlar bilan ranglarni ajratish o’rganimiz, mana bolajonlar sizlar uchun namuna qilib qo’yganman shu namuna asosida aplikatsiya usulida o’z rangli pufakchalarimizni qirqib, yasab va o’z rasmimizni yelimlab olishni boshladik
Fan va tabiat markazi: Bolajonlar hozir biz siz bilan havo va suv bilan amaliy tajriba o’tkazamiz va hamma qo’li bilan burnimiz va og’zimiz ni bekitamiz. Qani bolajonlar menga aytingchi nima sodir bo’ldi? Havo yetmadi ya’ni nafas ololmadik. Ana ko’rdingizmi bolajonlar havosiz hech bir inson, mavjudodlar yasholmaydi. Havo ko’zga ko’rinmaydi uni ta’mi ham yo’q. Suv ham xuddi shunday. Suvsiz hayot yo’q. Suv hayot manbai. Suvni tejashimiz kerak. Uni isrof qilmasligimiz kerak.Bolajonlar men sizlarga endi tajribamizni tushuntiraman. Barchamiz yonimizda turgan sharlarni turli xil kattaliklarda puflab shishirib olamiz va sharlarni tezlik bilan suvga yo’naltirib suvda to’lqin, ya’ni tebranish hosil qilamiz.Bu yerda havo va suv bir biriga birlashib ya’ni to’qnashishi oqibatida suvda tebranish hosil bo’ladi. Amaliy tajribamizni boshladik.
Tetiklashtiruvchi mashq “Vugi-vugi” musiqasiga harakatli mashq bajariladi.
Til va nutq markazi: Til va nutq markazida bugun biz sizlar bilan “Bu qaysi faslda” ta’limiy o’yinini o’ynaymiz. Bundan maqsadimiz sizning mantiqiy fikrlashngiz va so’z boyligingiz oshadi. Barchamiz yonimizda turgan rasmlarga qaraymiz. Bu rasmlarda 4 ta rasm aks ettirilgan. Bolajonlar yonimizda turgan kichik kartochkalar qaysi faslga mosligini topib joylashtirib chiqing. Qani boshladik…