BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI SO‘Z TURKUMLARI BILAN
TANISHTIRISH VA OT SO‘Z TURKUMI HAQIDAGI TASAVVUR VA
BILIMLARINI KENGAYTIRISH
Ne’matova Shahnoza Axmadjanovna
JDPI Boshlang`ich ta’lim magistranti
El.pochta:nematovasahnoza1@gmail.com
Tel. raqam:99893-300-96-66
Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini so‘z
turkumlari bilan tanishtirish va ot so‘z turkumi haqidagi tasavvur va bilimlarini
kengaytirish haqida yoritilgan.
Kalit so`zlar:Zamonaviy boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, pedagogning
innovatsion faoliyati, so‘z turkumlari, otlarning muhim belgilari.
Аннотация. В эта статья посвящена ознакомлению учеников начальной
школы с группами слов и расширению их понимания и знаний о группах
слов лошади.
Ключевые слова: Современный учитель начальной школы, новаторская
деятельност учителья, группы слов, важные особенности лошадей.
Annotatsion.This article is about introducing elementary students to word
groups and expanding their knowledge and understanding of horse word groups.
Key words: A modern elementary school teacher, innovative activity of the
teacher, word groups, important features of horses.
Zamonaviy boshlang‘ich sinf o‘qituvchi bu- o‘z ustida muntazam ishlaydigan,
yangiliklardan doimo habardor bo‘ladigan, izlanuvchan, yaratuvchan, chet tillarini
biladigan, har bir o‘quvchini qalbiga va ongiga yo‘l topuvchi insondir. Bugun
yangi O‘zbekiston yangi g‘oyalar, yangicha dunyoqarash, yangicha yondoshuvlar
mamlakatimizda kun sayin yuz berayotgan o‘zgarishlar biz o‘qituvchilarni eski
qolipdan chiqib, yangicha usullardan, uslublardan foydalanishimiz, muntazam o‘z
ustimizda ishlashimizga majbur qiladi.
Demak, so‘z turkumlarini o‘rgatishda yangicha usullardan, zamonaviy
pedagogik texnologiyalardan foydalanib, bolalarni darsga qiziqtirib, dars
jarayonini olib borish maqsadga muvofiq. Innovatsion-(ingliz.)- yangilikni
kiritish(tarqatish). Pedagogning innovatsion faoliyati-o‘z ichiga yangilikni tahlil
qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini
shakllantirishni oladi. O‘qituvchi -yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar,
konsepsiyalar muallifi, tadqiqotchi, foydalanuvchi va targ‘ibotchi sifatida namoyon
bo‘ladi. O‘quv- tarbiya jarayonini optimallashtirish uchun o‘qituvchilar asosiy
pedagogik bilimlarga ega bo‘lishi lozim. [1]
Ilk maktab yoshidanoq so‘z turkumlarini o‘rgatishning asosiy vazifasi
o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishdan iborat. Ularning lug‘atini
yangi ot, sifat, son, fe’llar bilan boyitish orqali o‘quvchilar shu vaqtgacha
foydalanib kelayotgan so‘zlarning ma’nosini aniq tushunishiga erishish,
bog‘lanishli nutqda u yoki bu so‘zdan o‘rinli foydalanish malakasini o‘stirish
hisoblanadi.
Bola maktabga kelgunga qadar barcha nutq tovushlarini talaffuz etishni
o‘rganib olgan, uning nutqi asosiy so‘z turkumlariga oid so‘zlar bilan boyitilgan,
so‘zdan nutq tuzish amaliyotini egallagan bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf ona tili ta’limi
bola maktabga kelguncha hosil qilgan nutq tayyorgarligi ustiga quriladi.
So‘z turkumlari inson tomonidan to‘qilgan ma’nosiz atamalar bo‘lmay, ular
obyektiv borliqning ongda subyektiv tarzda aks ettirilishi va ularni tilda
“muhrlanishi” natijasidir. Masalan, ot obyektiv borliqdagi predmetlarni, fe’l
predmetlar harakatini, ulardagi jarayon va holatni, sifat predmetning belgilarini o‘z
ma’nolarida umumlashtirilgan mavhum holda ifodalaydi. [2]
So‘z turkumlariga ayrimlar (Berezin F.M, Golovin B.N, Dokulil M, Blokh va
boshqalar) so‘zlarning grammatik klassifikatsiyasi deb qaraydilar va ularda
grammatik kategoriyalarni ko‘radilar. Boshqalar (Smirnitskiy A.I, Stepanov Yu.S,
Stepanova M.D, Xelbig G) esa ularni so‘zlarning leksik grammatik
klassifikatsiyasi deb ataydilar. Bizningcha, ikkinchi fikr haqiqatga yaqin, chunki
grammatik ma’no so‘z negizidan tashqarida ifodalanadi, so‘z negizi esa leksik
ma’no anglatadi.
So‘zlarni turkumlarga bo‘lish qadim zamonlarda boshlangan. Masalan, V.A
Zvegintsevning aytishiga ko‘ra, Platon so‘zlarni otlarga va fe’llarga bo‘lgan.
Platon so‘z turkumlarini gap bo‘laklariga bog‘liq holda o‘rgangan. Aristotel
o‘zining Poetika asarida morfologik kategoriyalarni, fonetik birliklarni, sintaktik
kategoriyalarni so‘z turkumlarini qorishtirib yuboradi va quyidagi so‘z
turkumlarini belgilaydi: element, bo‘g‘in, ot, fe’l va bog‘lovchilarga bo‘ladi.
Stoiklar fe’l, bog‘lovchi, a’zo, atoqli va turdosh otlarni, ya’ni beshta so‘z turkumini
belgilaganlar. Bu ma’lumot esa, Abdurazzoqovning “Очерки по сопствительному
изучению разносистемных языков” nomli kitobida yozilgan.[3]
Ilgarilari so‘z turkumlarini aniqlashda ko‘pchilik olimlar faqatgina bitta
belgidan (kriteriydan)-semantikadan kelib chiqishgan. Ingliz olimi Ch. Friz
so‘zlarning pozitsiyasidan ya’ni distributsiyasiyasidan kelib chiqqan.
Hozirgi zamon tilshunosligida esa so‘z turkumlarini aniqlash bir qancha belgi
asosida: semantika, morfologik kategoriyalar, so‘z yasash morfemalari, sintaktik
vazifa (o‘sha so‘z turkumiga kiruvchi so‘zlarning nutqda qanday gap bo‘lagi
vazifasida kelishi).So‘z turkumlarini ko‘pbelgilik asosida aniqlashning ancha
ustunligi va ishonarliligi lingvistik adabiyotlarda (KocherginaV.A, Stepanova M.A,
Xelbig G) yetarli yoritilgan.
So‘z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik, grammatik,
morfologik va sintaktik belgilariga ko‘ra guruhlash so‘z turkumlari haqidagi ilm
hisoblanadi. So‘zlarni leksik-grammatik belgilariga ko‘ra turkumlarga ajratish 3
belgiga asoslanadi:
1)ifodalashi, ya’ni predmet, harakat yoki holat, belgini;
2)morfologik (so‘zning turli shakl tizimi);
3)sintaktik belgilariga.
Demak, so‘z turkumlari guruhlardagi so‘zlarning umumlashtirilgan ma’nosini
tushunib olishlariga qaratilishi lozim.[4]
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini so‘z turkumlari bilan tanishtirishda leksik-
grammatik guruh alohida o‘rganiladi. Bu so‘z turkumlarini o‘rganish
bosqichidayoq o‘quvchilar taqqoslashga qulay sharoitdagi tushunchalarning asosiy
tomonlarini aniqroq ajratib, ot, sifat, son, fe’lning quyidagi xususiyatlarini bilib
oladilar:
-so‘z nima bildirishi (predmet, pretmetning belgisi, harakati yoki holati);
-qanday so‘roqqa javob bo‘lishi;
-gapda asosan qanday bo‘lak vazifasida kelishi.
Bu
bilimlari
asosida
so‘z
turkumlarini
taqqoslaydilar.
O‘quvchilar
o‘rganganlari sari har bir so‘z turkumi haqidagi bilimlari asta kengaya boradi.
Otlarning muhim belgilaridan biri uning ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish va
ko`makchilar bilan birika olishidir. Boshlang‘ich sinflarda so‘z turkumlarini
o‘rganish jarayonida sinonim, antonimlar (terminlar berilmaydi) ustida muntazam
ish olib boriladi, o‘quvchilarga ko‘p ma’noli
so‘zlar, ularning o‘z va ko‘chma
ma’noda ishlatilishi tanishtiriladi. Bunda ta’limni o‘quvchilarning shaxsiy
tajribalari, bevosita ko‘rganlari, radiodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari
bilan bog‘lash samarali hisoblanadi. Darslarda va darsdan tashqari jarayonlarda
o‘quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko‘nikmalarini shakllantirish,
atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish bilan bir vaqtda ularning nutqini o‘stirish
vazifasi ham amalga oshiriladi.
Harakatlar strategiyamizning samaradorligi inson omiliga uning
ma’naviyatiga bog‘liq. Shu sababli milliy g‘oyaviy, tarbiya va ma’naviyat-ma’rifat
masalalari davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi. Barcha sohalar
jumladan, tarbiya sohasi ham innovatsiyalarga muhtoj. O‘qituvchi o‘quv
jarayonlarini
loyihalashtirishda ta’lim mazmunini, ta’lim maqsadi, kutilayotgan
natijani to‘g‘ri belgilashi, ta’lim metodlari, shakllari va vositalarini to‘g‘ri tanlashi,
bolalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashni aniq mezonlarini oldindan
ishlab chiqishi, dars mashg‘ulotiga ajratilgan vaqt ichida ularni to‘g‘ri amalga
oshirishi lozim.
Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini so‘z turkumlari bilan
tanishtirish va ot so‘z turkumi haqidagi tasavvur va bilimlarini kengaytirishni
hozirdanoq mukammal amalga oshirish kerak, bu esa ularni yuqori sinflarda ham
darslarni yaxshi va sifatli o‘zlashtirishlariga asos bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Tal’at
G‘afforova.,
Boshlang‘ich
ta’limda
zamonaviy
pedagogik
texnologiyalar., “Tafakkur” nashriyoti. Toshkent-2011.
2.
B.To‘xliyev, M. Shamsiyeva, T.Ziyodova O‘zbek tili o‘qitish metodikasi.,
Toshkent-2010.
3.
A.Abdurazzoqov.
Очерки
по
сопствительному
изучению
разносистемных языков. T.: 1999
4.
Mahmudov. N va Nurmonov.A O`zbek tilining nazariy grammatikasi. -
Toshkent, 1995- y.
Do'stlaringiz bilan baham: |