Qalandarova baxtigul ozod qizi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini o‘stirish va tafakkurini rivojlantirish usullari


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning nutqini o’stirish va tafakkurini rivojlantirish bo’yicha tajriba – sinov natijalari



Download 1,29 Mb.
bet35/46
Sana14.07.2022
Hajmi1,29 Mb.
#801479
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46
Bog'liq
Dissertatsiya Baxtigul

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning nutqini o’stirish va tafakkurini rivojlantirish bo’yicha tajriba – sinov natijalari
Magistrlik dissertatsiyamizni yozish jarayonida 2019 1 noyabrdan -2021 yil 15 martgacha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini o’stirish va tafakkurini rivojlantirish usullari bo’yicha tajriba – sinov ishlari amalga oshirildi. Qo’shko’pir tumanidagi 14 – son MTT ning 2 ta: – “Nutq” va “Tafakkur” guruhlarini ob’yekt sifatida tanladik. Mas’ul pedagoglar ham berkitildi.Rejalar ishlab chiqildi. Biz ishni mas’ul tarbiyachilarga mashg’ulot mavzularini berish va mavzular, usullar haqida tushunchalar berishdan boshladik. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ayni paytdagi ahvol tahlil qilib olindi. Ayrim mashg’ulotlar kuzatildi va tahlil etildi, ko’rsatmalar berildi va yig’ilishlar o’tkazildi.Yig’ilishda tarbiyachilardan so’rovnoma o’tkazildi. So`rovnomada jami 6 nafar tarbiyachi - pedagog ishtirok etdi. Bular:Xo’jayeva Zilola,Ahmedova Qurvonoy,Xayitova Filura,Ashirova Aziza,Ro’zimova Sadoqat, Sharipova Gulrux,Yo’ldosheva Quvonchoy va Matyoqubova Muqaddas.
Ularga quyidagi 10 xildagi savol bilan murojaat qilgan edik:

  1. Siz bolalarning borliqni anglash orqali tafakkurini o‘stirishning qanday yo’llarini ko’proq qo’llaysiz?

  2. Bolalar nutqiga oid yasama so‘zlar semantikasining tafakkuriga ta’sirini qanday izohlaysiz?

  3. Bolalar nutqiga oid individual neologizmlarning nutq va tafakkurni o‘stirishdagi o‘rnini qabday usullar orqali aniqlaysiz?

  4. Leksik o‘yin jarayonida bolaning nutqiy-tafakkuriy faoliyatini qanday usullar bilan tashkil qilasiz?

  5. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar lug‘at zahirasining takomillashuvida dialogik nutqning ahamiyati qay darajada deb o’ylaysiz?

  6. O‘yin va musiqa mashg‘ulotlarida bolalar nutqini o‘stirish va tafakkurini rivojlantirishning qanday yo‘llarini bilasiz?

  7. O‘zbek milliy qo‘shiqlarini o‘rganishning bola nutqnini o‘stiruvdagi va tafakkurini rivojlantirishdagi roli qay darajada deb o’ylaysiz?

  8. Rasmlar bilan ishlash jarayonida bog‘cha tarbiyalanuvchilari og‘zaki nutqini o‘stirish va tafakkurini rivojlantirishning qanday usullaridan foydalanasiz?

  9. Tabiatga sayr jarayonida bog‘cha tarbiyalanuvchilari og‘zaki nutqini o‘stirish va tafakkurini rivojlantirishning qanday yo’llarini bilasiz?

  10. Pedagogik faoliyatingiz davomida qanday davriy matbuot materiallaridan foydalanasiz?

Mazkur savollarga berilgan javoblar albatta, turlicha bo`ldi. Eng muhim natijalar esa quyidagicha umumlashtirildi. Dastlab, 1-savolimizda tarbiyachidan bolalarning borliqni anglash orqali tafakkurini o‘stirishning qanday yo’llarini ko’proq qo’llashi so`ralgan edi. Bunda tarbiyachilarimizning ko`pchiligi so’z o’yinlarini (40%), so`ngra she’rlar yodlatish (25%) va xalq og`zaki ijodi namunalarini o’rgatish (20%), rasmga qarb hikoya tuzdirish orqali (15%) e’tirof etgani aniqlandi. Bundan xulosa qilish mumkinki,hali tarbiyachilar bolalarning borliqni anglash orqali tafakkurini o‘stirishning usullarini mukammal o’rganib,mashg’ulotlar jarayonida foydalanish malakasiga ega emaslar. Bu avvalo, mavzuning nazariy bilimlar, ijtimoiy hayot bilan chambarchas bog`liqligi natijasi deb qarash mumkin.

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish