Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/107
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937276
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   107
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

Urushning borishi va bosqichlari
Kuchlar nisbatining ustunligi Shimol tomonda edi. Quldorlik shtatlari 
aholisining soni 12,2 mln. kishini tashkil qilgan bo'lsa, ularning 1/3 qismi negr 
qullardan iborat edi, Shimol aholisining soni esa 19,2 mln. kishini tashkil etardi. 
Shimol ko'proq qo'shin to'plashimkoniyatiga ega bo'lib, u shuningdek
metallurgiya, qurolsozlik sanoati taraqqiyoti, temir yo'llar va savdo floti bo'yicha 


33 
ham katta ustunlikka ega edi.Quldorlar asosan o'zlarining vaqtinchalik harbiy 
ustunliklariga va Angliya, Fransiya va Ispaniya tomonidan yordam berilishiga 
ishonmoqda edilar. Chunki, AQShning nisbatan zaifroq bo'lgan ikkita davlatga 
ajralib ketishidan Garbiy Yevropa davlatlari manfaatdor bo'lib, Janubiy G'arbiy 
Yevropaning to'qimachilik sanoatiga paxta va boshqa agrar xom-ashyo yetkazib 
beruvchi hudud edi. Shuningdek, Angliya, Fransiya va Ispaniya hukumatlari AQSh 
quldorlarining isyonidan mustamlakalar bosib olish maqsadida Amerika 
davlatlarining ichki ishlariga aralashishda ham foydalanmoqchi bo'ldilar. Bulardan 
tashqari ko'pchilik quldorlar Shimol sanoatining paxta xom-ashyosiga bo'lgan 
ehtiyoji katta, shuning uchun ular urushni tezroq tugatishga majbur bo'ladi, deb 
o'yladilar.1861 yil yozida janubliklar 120 ming kishilik qo'shin tashkil qildi. Bir 
zarb bilan Shimol qo'shinini tor-mor etib, Vashingtonni egallash bilan urushni 
tugatmoqchi bo'lgan quldorlar, 1861 yil 2 iyulda Vashington yaqinidagi 30 
ming kishilik qo'shini bilan Manossas nomli shahar yaqinida Shimolning 35 
ming kishilik qo'shinini maglubiyatga uchratdi. Biroq, janub qo'shini sonining 
cheklanganligi Vashingtonga hujumni davom ettirishga yo'l qo'ymadi. Har 
ikkala tomonning tez g'alaba qozonish haqidagi rejalari amalga oshmadi, urush 
cho'zilib ketdi.Shimol hukumati 500 ming kishilik qo'shin tuzish uchun yangidan 
safarbarlik e'lon qildi. Qo'shin tarkibi janubliklarga xayrixoh bo'lgan zobitlar 
(ofitserlar)dan tozalandi. 1861 yilning oxirlarida Shimol qo'shinining soni 660 
ming kishidan oshib ketdi, ammo, bu qo'shinning harbiy tayyorgarlik darajasi 
past va intizomi juda yomon bo'lib, bu qo'shinning bosh qo'mondoni qilib 
layoqatsiz general Mak-Klellan tayinlangan edi. U harbiy qo'mondondan ko'ra 
xalq ommasining norozilik harakatini ko'tarilib ketishidan ko'proq tashvishga 
tushayotgan yirik kapitalist sifatida ma'lum edi. Mak-Klellanning harbiy 
harakatlari o'zining konservativligi, qat'iyatsizligi va sustligi bilan ajralib 
turardi. Janubliklar ro'paradan hujum qilish taktikasidan foydalanayotgan bir 
vaqtda, Mak-Klellan bunga javoban "bo'g'ib qo'yish rejasi" deb atalgan 
konfederasiya hududiga hamma tomondan hujum qilib, uni qurshovga olish 
haqidagi puch rejasini qarshi qo'ydi. U Richmond yonida Shimol armiyasini 
sharmandali halokatiga sabab bo'lgan. Richmondda maglubiyatga uchragan Mak-
Klellan qo'mondonlikdan tushirildi. Shimol burjuaziyasi urushda tez g'alaba 
qilishga shoshilmadi, balki, aksincha, urush davomida davlatning harbiy 
buyurtmalaridan ko'proq foydalanish payida bo'ldi. Urushning birinchi bosqichi 
1861-1862 yillarni o'z ichiga oldi. Urushning birinchi bosqichida Janubning kuchi 
biroz ustun keldi.Yirik burjuaziyaning ta'siri ostida Linkoln hukumati G'arbdagi 
yerlarni egallash va qulchilikni bekor qilish haqidagi masalalarni demokratik 
tarzda hal qilishga jur'at eta olmasdan kelmoqda edi. Chunki bunga Janub 
quldorlari bilan uzviy aloqada bo'lgan Shimolning moliyachi-bankirlari va 
savdogarlari qarshilik ko'rsatib, bu chora tadbirlar quldorlarni xonavayron qiladi 
va keyin ular olgan qarzlarni to'lay olmaydilar, deb tashvishlanmoqda edi.Xalq 
ommasining talabi ostida va harbiy zaruriyat tufayli Linkoln hukumati 1861 
yilda mulkdorlarga yangi soliq joriy qildi. Bu qonunga muvofiq isyonchi 
quldorlarning muiklari konfiskatsiya qilindi. Gomstedlar haqidagi ushbu qonun 10 
dollar to'lashga qodir bo'lgan har bir AQSh fuqarosiga G'arbdagi yerlardan 160 akr 
hajmida yer uchastkalari olish huquqini berdi. Besh yil davomida agar mazkur yer 
sohibi shu yerda yashasa, ushbu yer uchastkasi to'liq uning mulkiga aylangan. 1862 
yif 22-sentyabrda hukumat 1863 yilning 1-yanvaridan qulchilikni hech qanday 


34 
to'lovsiz bekor qilish haqidagi "Ozodlik to'g'risidagi proklamatsiya"ni chiqardi. 
Linkoln proklamatsiyaga imzo chekar ekan: "Vaqti kelib mening nomim tarixga 
yoziladigan bo'lsa, faqat shu ishim uchun yoziladi, chunki men butun qalbimni 
shu ishga bag’ishlaganman",- degan. Ayni bir vaqtda negrlarni armiya safiga jalb 
etish haqida e'lon ham chiqdi. AQSh hukumatining bu chora -- tadbirlari buyuk 
tarixiy ahamiyatga ega edi. Gomstedlar haqida va qulchilikni bekor qilish 
haqida Linkoln chiqargan qonunlar xaqli ravishda, uni XIX asrning ilg'or 
burjua-demokralik arboblari safiga qo'shdi.Mazkur tadbirlardan so'ng ommaviy 
ravishda 100 minglab aholi armiya safiga kira boshladi. Urush davomida 200 
mingga yaqin negr Shimol qo'shini tarkibida qatnashdi. Tezda Shimol 
armiyasining soni 1,5 mln. kishidan oshib ketdi. Qulchilikni bekor qilish haqidagi 
va Gomsled haqidagi qonunlarni qabul qilinishi Shimol uchun muhim harbiy-
strategik ahamiyatga ega bo'lgan inqilobiy tadbirlar edi.Xalq ommasining 
inqilobiy ko'tarilishi Linkoln hukumatining inqilobiy urush olib borish siyosati va 
chora-tadbirlari urush harakatlarini borishini butunlay Shimol foydasiga o'zgartirib 
yubordi. Shu bilan bir vaqtda Janubning xalqaro ahvoli yomonlashdi, uning 
Angliya va Fransiyadan yordam olish umidi chippakka chiqdi. Angliya 
o'zining neytralligini e'lon qilishga qaramasdan konfederasiyaga nisbatan Linkoln 
hukumati e'lon qilgan blokada siyosatini buzishdan nariga o’tmadi. Fransiya 
hukumati esa AQShdagi fuqarolar urushidan foydalanib, Fransiya hukumronligi 
ostida "Lotin imperiya"sini tuzish maqsadida 1861-1863 yillarda Meksikaga 
interventsiya uyushtirdi, xolos. Biroq konfederatsiya kutganidek Angliya va 
Fransiya Shimolga qarshi urushda unga ittifoqchilik qilmadi. Shimolga qarshi 
Angliya va Fransiyaning urushga kirmaganligiga Rossiya imperiyasining AQSh 
hukumatiga bo'lgan iliq munosabati ham sabab bo'ldi.1863 yil Polsha masalasida 
Fransiya va Angliyaning Rossiyaga qarshi urush xavfi paydo bo'lgach, Rossiya 
g'arbiy Yevropa davlatlariga qarshi turadigan muvozanat kuch sifatida AQSh 
birligini saqlab qolinishidan manfaatdor edi. O'z navbatida, AQSh hukumati ham 
Rossiya uchun juda tahqirli va og'ir bo'lgan 1856 yildagi Parij sulhini qayta ko'rib 
chiqishda Rossiya tomonida bo' lish majburiyatini olgan edi.AQShda fuqarolar 
urushining ikkinchi bosqichi 1863-1865 yillar davomida bo'lib o'tdi. 1863 yilning 
yozidan urush harakatlarining borishida tub burilish yuz berdi. 1-3 iyulda 
Gettisberg ostonasidagi janglardan so'ng, konfederasiya qo'shini mag'lubiyatga 
uchrab chekina boshladi. Shimolning general Grant qo'mondonligidagi qo'shini 4-
iyul kuni konfederasiyaning Missisipidagi bosh istehkomi Viksbergni egalladi. 
1864 yil general Grantning umumiy qo'mondonligidagi Shimol qo'shini 
konfederasiya armiyasini butunlay tor-mor etishga kirishdi. May oyida general 
Sherman qo'mondonligidagi Shimol qo'shini Jorjiya orqali "Dengizga reyd" deb 
atalgan mashhur yurishni boshlab, sentyabrda Atlantani egalladi. 1864 yil 
oxirida general Sherman qo'shini Savannani olib, Grant qo'mondonligidagi 
qo'shinlar bilan qo'shilish uchun harakat qildi. Konfederasiya qo'shini halokatli 
ahvolga tushib qoldi. 1865 yil 3 aprelda general Grant qo'shini Richmondni 
egalladi. General Li qo'mondonligidagi konfederatsiya qo'shinlari Appomattoks 
yaqinida qo'rshovga olinib, 1865 yil 9 aprel kuni taslim bo'ldi. Shundan s o'ng 
konfederatsiya qo'shinining qolgan qismlari ham birin-ketin taslim bo'lib, urush 
harakatlari tugadi. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish