49
ostiga olindi. Yerlarni mablag'i bor kishilargina sotib olishlari mumkin edi. Endi
yer kapitalistik mulkka aylana boshlandi. Endi u rasmiy sotiladigan va sotib
olinadigan bo'ldi, bu so'zsiz ilg'or holat edi.Qabul qilingan dekretlar amalda
hayotga tadbiq etilmagan bo'lsada, yakobinchilar tomonidan feodal isyonlarni
bostirish uchun armiyaga safarbarlikni yengillashtirdi. Oziq-ovqat masalasi
ilgarigidek hal qilinmasdan qolaverdi.Yakobinchilar blokida kuchlarning bo'linishi
davom
etdi.
"Quturganlar"
va
"so'l
yakobinchilar"
inqilobni
yanada
chuqurlashuvini ta'minlashga harakat qildilar. Jamiyatni qutqarish komitetini
boshqarayotgan Danton va uning tarafdorlari terrorni cheklashni talab qildilar.
Boshqa tomondan Robespyer va uning tarafkashlari bar qanday yo'l bilan bo'lsa
ham hokimiyatni saqlab qolishga harakat qildilar. Asta-sekinlik bilan inqilobiy
terror Robespyerning shaxsiy hokimiyatini himoya qiluvchi qurolga aylandi.
Yakobinchilar bloki orasidagi kurash yangi konstitutsuya qabul qilingandan so'ng
jiddiy tus oldi.1793 yilgi konstitutsiya zamonasining ilg'or konstitutsiyalaridan biri
edi. 29 iyulda Konvent qabul qilgan yangi konstitusiyaga muvofiq Fransiya bir
palatali respublika, deb e'lon qilindi. Unga ko'ra 21 yoshga yetgan barcha
erkaklarga saylov huquqi, xalqga qo'zg'olon ko'tarish, ma'lumot olish, mehnat
qilish, nogironlarga ijlimoiy yordam olish huquqlari berildi. Ammo urush
tugaguncha
amalda
konstitutsiya
joriy
qilinmadi.1793
yil
13
iyulda
yakobinchilarni faol vakili, Konvent a'zosi, "Xalq do'sti" ro'znomasining muharriri
Jan Pol Maratga suiqasd qilindi. Qotillikga yollangan dvoryan ayol Sharlittade
Korde tomonidan sanchilgan xanjar Maratning o'limiga sabab bo'ldi. Natijada
yakobinchilarning terrori yanada kuchaydi. Rassom Lui David tomonidan
"'Maratning o'limi" nomli qotillikni aks etgan tasviriy asar ishlanib, frontga
ketuvchi harbiy otryadlar ushbu asar oldida qasamyod qabul qiladigan
bo'ldilar.1794 yil oxirida urushning borishida burilish yuz berdi. Ommaviy
safarbarlik dushman uslidan g'labaga olib keldi. Doimiy harbiy tayyorgarlikdan
o'tgan qismlar inqilobiy kayfiyatdagi xalq lashkari bilan qo'shildi, bu - amalgama
deb ataldi. Birinchi marta Yevropada umumiy harbiy majburiyat joriy qilindi. 1794
yilning qishidayoq feodal isvonlari bostirilib, Vandes isyonchilarining asosiy
kuchlari tor-mor etildi, Fransiya hududi koalilsiya qo'shinlaridan ozod qilindi.1794
yil fevral-martida Konvent "Gumon qilinuvchilar"ning mulklarini qashshoqlar
o'rtasida taqsimlash to'g'risida Vantoz dekretlari deb nom olgan dekretlar qabul
qildi, ammo bu dekretlar amalda joriy qilinmadi.Yakobinchilarning terrorchilik
siyosati davom ettirildi. Natijada xalqning Robespyerga qarshi g'azabi kuchaydi.
Va'da qilingan jannatona hayotga bo'lgan umid so'na boshladi. Frontdagi
muvaffaqiyatlarga qaramasdan vaziyat murakkab tus ola boshladi. 1794 yil
bahoridan boshlab, yakobinchilar bloki parchalana boshladi. Konvent a'zolarining
ko'pchiligi savdo-sotiqning erkin bo'lishini talab qila boshladilar. Feodal
munosabatlar tugatildi.Aql, adolat, vatanga muhabbat kabi prinsiplarga asoslangan
yangi din - - "Oliy mavjudot" shaxsiga sig'nish asosida xalqni birlashtirish uchun
bo'lgan urinish natijasiz bo'ldi, xalq uni qo'llab quvvatlamadi. 10 iyulda terrorni
kuchaytirish to'g'risidagi dekretning qabul qilinishi nafaqat mulkdorlarni, balki
shahar kambag'allari va dehqonlarni ham tashvishga soldi. Konventda
Robespyerga qarshi suiqasd rejalashtirila boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: