Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/107
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937276
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti




NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 
 
TARIX FAKULTETI 
 
 
“Umumiy tarix” kafedrasi 
 
 
 
YANGI TARIX
 
 
FANIDAN MA’RUZALAR MATNI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
5110600 – Tarix o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Navoiy -2014 



Ma’ruzalar matni NDPI Tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasining 
27 avgust 2014 yildagi №1 sonli majlisda ko’rib chiqilgan.
 
 
 
 
 
 
 
Tuzuvchi:
o’qituvchi SH.Toshturov
 
Taqrizchilar:
dots. R.Tolibov 
katta o’qit.S.Hamroyeva
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



Kirish. Yangi tarix fanining predmeti va vazifalari. 
Reja: 
1.Kirish. Jahon tarixida Yangi tarix davrining o'rni. Yangi tarix fanining, predmeti 
vavazifalari. 
2.Yangi tarix fanini davrlashtirish. 
3.Yangi tarixning jahon qit'alaridagi umumiy 
xususiyatlari.
Tayanch tushunchalar:
Jahon tarixida yangi davr. Yangi tarix fani predmeti va uning vazifalari, 
davrlashtirish va uning bosqichlari. Prezident I.Karimov jahon hamjamiyati 
iqtisodiyotining tajribasi va O’rta Osiyo tarixining xususiyati haqida. Yangi 
tarixning jahon qit'alaridagi umumiy belgilari: Yevropa, Osiyo, Amerika, Afrika, 
Avstraliya. 
Jahon tarixida yangi tarix davrining o'rni.Yangi tarix fanining predmeti va 
vazifalari.
XVIIasrga kelib insoniyat tarixidagi o'rta asrlar davri feodal yermulk 
munosabatlarining cheksiz hukmronligiga putur etdi. XVII-XVIII asrlarda qo'l 
mehnatiga asoslangan manufakturalar o'rnini mashinalashgan kapitalistik 
korxonalar egalladi.Sanoat to'ntarishi yuz berdi. Bu inqilobiy o'zgarish jamiyat 
hayotining barcha sohalariga-iqtisod, siyosat, ijtimoiy va madaniyat jabhalariga
kishilarning ongi va ruhiyatiga, mehnati va turmushiga ta'sir qildi. Angliyada 
vujudga kelgan va jahonning eng yirik mamlakatlarini qamrab olgan bu 
o'zgarishlar, kishilik jamiyati tarixida yangi davrni boshlab berdi. 
Bu davrda sodir bo'lgan voqea-hodisalar hozirgi zamon tarixchiligida "Yangi 
tarix" -deb nomlangan fan tomonidan o'rganiladi. Shunday qilib, "Yangi tarix" 
fanining predmeti insoniyat tarixining XVII asr o'rtalarida Angliyada bo'lib o'tgan 
burjua inqilobidan to XX asr boshlarigacha, ya'ni 1-jahon urushiga qadar 
voqealarini o'z ichiga oladi."Yangi tarix" insoniyat taraqqiyotining muhim 
bosqichlaridan biri bo'lib, uni o'rganmasdan turib, bugungi murakkab va 
ziddiyatlarga to'la dunyoning rivojlanish sabablarini va taraqqiyot yo'nalishini 
anglash qiyin. Jahon taraqqiyotida jamiyat ijtimoiy tuzumining va ishlab 
chiqaruvchi kuchlarning o'sishi turli sur'atlarda yuz bergan. Ayrim mamlakatlar 
tarixida yuksalish va taraqqiyot, boshqalarida esa turg'unlik, tanazzul, hatto orqaga 
ketish hollari bo'lgan. Ba'zi qit'alardagi xalqlar taraqqiyoti bir necha asrlar orqaga 
surib yuborilgan."Yangi tarix" fanining vazifasi talabalarga rivojlangan 
davlatlardagi yutuqlar sabablarini ko'rsalish, orqada qolib ketgan mamlakatlardagi 
turg’unlik va qoloqlik qanday yuz berganini tushuntirishdir. Chunki tarix 
yo'nalishi bo’yicha mutaxassislikni tanlagan kishi XVII asr o'rtalaridan 
Angliyadagi mustabid tuzumga qarshi inqilob nafaqat sanoatda, balki kishilarning 
ijtimoiy, siyosiy faoliyatida, hatto ongi va ruhiyatiga juda katta ta'sir qilganligini, 
xuddi ana shu buyuk voqea jahonning yirik davlatlari rivojiga u yoki bu yo'sinda 
turtki bo'lganligini anglashi, uning natijasida dunyoning qator mamlakatlari bir 
tomondan, rivojlanish bosqichiga qadam qo'ygan bo'lsalar, ikkinchi tomondan
ular aynan, XVII asr o’rtalaridan e'tiboran mustamlakalar bosib olish siyosatini 
o'tkaza boshlaganlarini anglashlari va bu siyosat XIX asr oxiri va XX asr 
boshlariga kelib insoniyat uchun katta xavf tug'dirgan, dunyoni bo'lib olish kabi 
maqsadlarga xizmat qilganligini. Oxir oqibat, 1-jahon urushi kelib chiqqani bilan 
bog'liq bilimlarni yaxshi o'zlashtirgan holda kelajakda bu bilimlardan yosh avlodni 



tarbiyalash va zarur bo'lganda tarix ixtisosligi yuzasidan foydalana olishlari juda 
muhim."Yangi tarix" kursining yana bir vaziiasi-bozor iqtisodiyoti yo'lini bosib 
o'tgan mamlakatlar tajribasini yosh tarixchi mutaxassislarga o’kazish orqali, bu 
bilimlar shu yo'lni tanlagan va undan tobora ilgari odimlayotgan mamlakatimiz 
yoshlari uchun naqadar zarurligini anglatish orqali, puxta bilim hosil qilishdir. 
Xo'jalik taraqqiyotining tarixiy tajribasidan foydalanish, yo’l qo'yilgan xatolarni 
bugungi kunda takrorlamaslik, mamlakatimizda buyuk jamiyat qurishni maqsadiga 
yangilashtiradi va jahon hamjamiyatida munosib joy egallashimizni tezlashtiradi. 
Shu sababdan Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning quyidagi fikrlari juda 
o’rinlidir: "Biz turli mamlakatlar iqtisodiyotining o'ziga xos taraqqiyotini diqqat 
e'tibor bilan o'rganamiz, jahon amaliyoti va jahon tafakkurida to'plangan eng 
yaxshi tajribalarni o'zimizda qo'llashni or bilmaymiz, aksincha, bunday intilishni 
har jihatdan rag'batlantiramiz". 
Shuning uchun ham ushbu kursda o'tilayotgan mavzularni puxta 
o'zlashtirish, ularni kelajakda yosh avlodga etkazish va har bir siyosat bilan 
aloqador inson o'z faoliyatida foydalana olishi uchun zamin tayyorlashda juda 
katta ahamiyat kasb etadi. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish