14
kashfiyotlar bilan asos solingan edi.Bo'sh yerlarni egallash, dehqonlarni
yersizlantirish, mustamlakalarni talash hisobiga kapital to'plab olgan savdo-sanoat
burjuaziyasi ko'poq foyda olish uchun mashinalashgan yirik ishlab chiqarish
zarurligini tushundi. Ana shundan so'ng ular har qanday texnika sohasidagi
kashfiyotlarga jiddiy e'tibor berdilar vafan-texnika yangiliklarini qo'llash bilan
birga uni yaratgan kishilarni rag'batlantira boshladilar.Ip-gazlama sanoatida
birinchi
ko'zga
ko'rinarli
takomillashtirish
to'quvchilik
ishida
amalga
oshirildi.Mexanik injener Key 1733 yilda maxsus arg'amchi
yordamida
harakatlanuvchi uchuvchu moki ixtiro qildi.Uchuvchi moki to'qish jatumanini
tezlashtirdi.Ip yigiruvchilar ip etkazib bera olmay qoldilar.Endi ipga talab
ko'paydi.Ip tanqisligi kapitalistlarni ip yigirish ishida ham texnikaviy takomillikni
qidirishga majbur etdi.1761yilda "Mahoratni va sanoatni rag'batlantirish jamiyati"
maxsus murojaatnoma chiqarib, unda mexanik ip yigiradigan charx ixtiro qilgan
odamga mukofot e'lon qildi. 1765 yilda to'quvchi Jeyms Xargrvs qo'l balan
harakatga keltiriladigan mexanik ip yigiruvchi charx ixtiro qildi va unga qizining
nomini berib "Jenni" deb atadi. Yigiruvchilik texnikasida bu ixtiro katta sakrash
edi.Bu endi haqiqiy mashina bo’lib, u ishni kishi barmoqlarini yordamisiz
yigiraverar edi.Yangi ixtiro ilgari o'zining oyoq charxida bitta duk bilan ip yigirib
kelayotgan ko'pdan-ko'p hunarmandlarning o'rnini bosdi."Jenni"da bir yo'la 16-18
duk bilan ishlash mumkin edi. Ammo uning yigirgan ipi ingichka va zaif bo'lib,
charx hali kishi qo'li bilan harakatga keltirilar edi. Ammo yigiruv sohasida
takomillashtirish ishlari davom etdi.1769 yilda
texnik Richard Arkrayt suv
dvigateli bilan harakatga keltiriladigan yangi dastgoh loyihasini taqdim etdi.1799
yilda Samyuel Krompton ip yigiruv mashinasini takomillashtirdi.U "Myul-
mashina" degan mashinani ixtiro qildi. U "Jenni" singari ingichka, biroq
Arkraytning suv mashinasi singari pishiq ip berar edi.Arkraytga qadar ham 1760
yilda rus korchaloni Rodion Glinkov dunyoda birinchi mexanik yigiruv fabrikasini
qurgan edi.Bu fabrika o'rnatilgan suv parragi yordamida o'zi yigiruv mashinani
harakatga kellirar, mashina esa 9 kishining ishini qilar edi.O'sha zamonlarda
Rossiyada hukm surgan feodal-krepostnoylik tuzumi sharoitida Glinkovning
tashabbusi qo'llab quvvatlanmadi.Uning nomi uzoq vaqtgacha unutilib ketdi,
vaholanki, u ip yigiruv korxonasini mexanizatsiyalashni haqiqatan boshlab bergan
dastlabki shaxs edi.Yangi ip yigiruv mashinalarining qo'llanilishi natijasida endi
to'qimachilik ishi orqada qolib ketdi.Endi
Keynning uchar mokisini
takomillashtirish kerak edi.Bu muammoga Endmund Kartrayt 1785 yilda ixtiro
qilgan mexanik to'quv stanogi barham berdi.Muayyan vaqt ichida 40 ta to'quvchi
qo'l kuchi bilan qancha mato to'qib chiqarsa, Kartrayt stanogi ham shuncha mato
to'qib chiqarar edi.Ammo Kartrayt stanogi XIX asrdaqo'shimcha ravishda
takomillashtirilgandan so'ng qo'lda to'qishni keng ko'lamda siqib chiqara
boshladi.Dasllabki yirik mashinalarning dvigateli sifatida asosan suv kuchidan
foydalanildi. Fabrikalarning kopchiligi katta yo'llardan vabozorlardan uzoq bolsa
ham, odatda, daryolarga yaqin joylarga qurildi. Rivojlanib kelayotgan mashina
sanoati uchun yangi, universal dvigatel zarur edi.Bu xildagi dvigatel bug'
mashinasi tarzida angliyalik Jems Uatt tomonidan ixtiro qilindi. U bug' mashinasi
uchun patentni birinchi marta 1769 yilda, ikki tomonlama bug' beradigan
mashinasi uchun 2-patentni 1784 yilda oldi. Bug'
dvigateli bilan ishlaydigan
birinchi ip yigiruv fabrikasi ham 1784 yilda qurilgan edi.XVIII asr ingliz
sanoatida metallurgiyaning yirik sanoatga aylanishiga yordam bergan boshqa bir
15
qancha ixtirolar qilindi. 1735 yilda Abraham Derbi cho'yan eritish uchun
toshko'mirdan foydalanish usulini ochdi.1750 yilda Benjamin Xentsman mineral
yonilg'i bilan po'lat eritish usulini ixtiro qildi.Sanoatga mashinalarning joriy
qilinishi mehnat unumdorligini oshirdi. 1720 yilda Angliyada 18 ming tonna, 1802
yilda esa 250 ming tonna cho'yan ishlab chiqarilgan. Yirik fabrika sanoatining
rivojlanishi Angliyaning iqtisodiy geografiyasini keskin o'zgartirib yubordi. Agar
ilgari mamlakalning aholisi zich va savdo-sotiq eng rivojlangan qismi janubi-
sharq bo'lgan bo'lsa, sanoat to'ntaruvi jatumanida ishlab chiqaruvchi kuchlarning
ko'p qismi u yerdan shimoli-g'arb tomonga ko'chib o'tdi. Manchester, Birmingem,
Liverpul, Glazgo kabi shaharlar asosiy sanoat markazlariga aylandi.Fabrikalarda
mehnat og'ir bo'lib, ish vaqti sutkasiga 14-18 soalni tashkil qilar edi.
Yangi
mashinalarning ixtiro qilinishi koplab ishi kuchlarini keraksiz qilib qo'ydi, o'rtacha
ish haqining kamaytirilishiga, ayollar va bolalarning arzon mehnatidan
foydalanishni esa kengaytirilishiga olib keldi. Ularning hammasi ishchilar
o'rtasida norozilikni keltirib chiqardi.Bu norozilik masinalarni buzish, mehnat
qurollarini sindirish ko'rinishida ro'y berdi.1769 yilda parlament mashinalarni
buzganlar uchun o'lim jazosi berish to'g'risida maxsus qonun qabul qildi.
Mashinalarni buzuvchilar - ludchilar - deb ( birinchi stanokni buzgan afsonaviy
Hed Lud nomi bilan) ataldi. Dastlabki paytlarda ishchilarning mashinalarga qarshi
keskin kurashi tabiiy hol edi. Sanoat to'ntarishi davrida mashinalarni sindirish va
majaqlab tashlash, ishchi g'alayonlarining o'ziga xos shakllaridan biri bo'lib, bu
davrda ishchilar o'z kulfatlarining haqiqiy sababi kapitalistik
munosabatlarning
o'zida ekanligini hali tushinib etmagan edi. Ludchilar harakati keyinchalik, XV111
asrning 2-yarmidan ishchilarning ish tashlash harakati shaklini oldi.Sanoat
inqilobi 1825 yilda J.Stefenson tomonidan paravozning ixtiro qilinishi bilan
nihoyasiga etdi. Mamlakatda temiryo'l qurilishi avj olib, 1850 yilda butun
mamlakat temiryo'l to'ri bilan o'rab tashlandi va ularning umumiy uzunligi 50
ming km.ga etdi. Temiryo'l qurulishi metallurgiya, mashinasozlik, tog'-kon
qurilishi ishlariga turtki berdi. 20 yil ichida cho'yan eritish 3 barobarga etib, 2
million tonnadan oshib ketdi.Temiryo'llar qurilishi paravoz va vagonsozlikka ham
keng yo'l ochdi. Sanoat to'ntarishi katta ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar keltirib
chiqardi.Yirik fabrika ishlab chiqarishning g'laba qilishi
natijasida Angliyada
sanoat ishchilari paydo bo'ldi.Sanoat to'ntarishi oddiy, qo’l bilan harakatlanadigan
qurollarni mashinalarga, ustaxonalarni fabrikalarga, hunarmandlarni ishchilarga,
sobiq yirik savdogarlarni fabrikantlarga aylantirdi.Sanoat to'ntarishi shunday qilib,
kapitalistik jamiyat taraqqiyotida muhim marra edi. Bu ishlab chiqaruvchi
kuchlarning rivojlanishi borasidagi juda katta sakrash va ayni paytda kapitalizm
ishlab chiqarilishi munosabatlarining shakllanishida yangi bosqich edi.
Do'stlaringiz bilan baham: