Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi


Yangi tarix fanini davrlashtirish



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/107
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937276
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

Yangi tarix fanini davrlashtirish.
"Yangi tarix" jahon tarixini davrlashtirishga, asosan, tarix fanida "O'rta 
asrlar tarixi bilan" "Eng yangi tarix" oralig'idagi davr (1640-1914 yillar)ning 
nomlanishidir. "Yangi tarix" fanini davrlashtirishda buyuk ingllz inqilobi 
voqealari-XVII asr o'rtalaridan to 1-jahon urushi - XX asr boshlariga qadar sodir 
bo'lgan tarixiy voqealar qamrab olingan.O'z navbatida bu davr 2 ta katta bosqichga 
bo'linadi: birinchisi, 1640-1870 yillar bo'lib, u ingliz burjua inqilobi va Fransiya-
Prussiya urushi oralig'idagi voqealardan; ikkinchisi, 1870-1914 yillar, ya'ni 
Franisiya-Prusiya urushidan 1-jahon urushiga qadar voqealardan iborat. 
Ba'zi tarixchilar yangi tarix kursini uch davr (1640-1789, 1789-1871, 1871-1917 
yillar)ga bo'lish mumkin, deb hisoblaydilar. Ammo ko'pincha 1640-1870 yillar bir 
davr sifatida, ya'ni yangi tarixning 1-davri deb qabul qilingan.Shundan kelib 
chiqib, yangi tarix fanini o'rganishda ushbu davrlashtirishga amal qilinadi. 
Yangi tarixning jahon qit'alaridagi uniumiy xususiyatlari.Yevropa.
XVI-XVII asrlarda Yevropa mamlakatlarida buyuk geografik kashfiyotlar 
qilinishi, hamda ishlab chiqaruvchi kuchlarning taraqqiyoti, erkin bozor 
munosabatlarining o'sishiga olib keldi. Ishlab chiqarish qurollariga va yerga 
bo'lgan xususiy mulkchilik, sanoat va qishloq xo'jaligida yollanma mehnat asosida 
rivojlandi.Biroq, bozor munosabatlarining rivojiga feodal tartib qoidalari to'sqinlik 
qildi. Monarx va qirollarning, davlat amaldorlarining noqonuniy xatti-harakatlari, 
zo'ravonliklari, ruhoniy va zodagonlarning siyosiy hukmronligi yangi vujudga 
kelgan sinflar, xususiy mulk egalarining savdo-sotiqda, ish faoliyatini, 
hunarmandlar va dehqonlarning erkin mehnat qilishlarini qonun himoya qilmas 
edi, bu hol jamiyat hayotini vayron qila boshladi.XVI asrda yangi kelib chiqqan 
Niderlandiya burjua inqilobi erkin bozor munosabatlari rivojlanishi sari yo'l ochdi. 
XVII asrdagi Angliya burjua inqilobi qirol hokimiyatini ag'dardi va parlament 
rivojlanishiga sharoit yaratdi. XVII-XIX asrlar Yevropaning ilg'or mamlakallarida 
parlamentning g'alaba qozonishi va qaror topishi davri bo'ldi. Bu davlatlarning 
rivojlanishi, mustamlakachilikning paydo bo'lishi, dunyoni bo'lib olish uchun 
kurash ham Yevropada kelib chiqdi. 



AMERIKA
Olimlarning fikriga qaraganda, Hindu va eskimoslarning avlod ajdodlari 
Amerikaga Osiyodan Bering bo'g'ozi orqali 20-30ming yil ilgari ko'chib o'tganlar 
va Janubiy hamda Shimoliy Amerika yerlarida joylashgan.Kolumb Amerikani 
kashf qilgandan keyin XVI asrdan boshlab Yevropaliklar Amerikaga ko'chib kelib 
mahalliy aholining yerlarini bosib oldilar va ularning davlatlarini yo'q qildilar. 
Masalan, Peru va Inklar davlati, Meksikada mayyalar va anteklar davlallari yo'q 
qilindi, bir necha asrlar davomida Janubiy va Shimoliy Amerika hindulari 
mustaqillik uchun kurash olib bordilar. Ammo bu kurashda Yevropaliklarning qo'li 
baland keldi va endi ular o'zlarini amerikaliklar, deb atab sobiq vatandoshlari, ya'ni 
Yevropaliklarga qarshi mustaqillik uchun kurashdilar. XVIII asrning 2-yarmiga 
kelib, qit'ada yangi mustalqil davlatlar paydo bo'ldi.Ular (l-navbatda AQSH) misli 
ko'rilmagan taralqqiyotga erishdilar. 
AFRIKA
Afrika xallqlari qadimdan Misr sivilizatsiyasini yaratgan edilar.XVI asrda 
Afrika xalqlarining taraqqiyot darajasi bir xil emasdi.Amerikadagi yangi yerlarni 
o'zlashtirish uchun ishchi kuchi yetmasdi.450 yildan ortiq davr mobaynida (XV-
XIX asrlar) Afrika qullarni ovlash uchun ovloq joy bo'ldi.Afrikadan 15-20 
mln.negr qullar Amerikaga olib borib sotiidi. Bu Amerikada paxtachilik va 
to'qimachiiik sanoatining rivojlanishiga olib keldi. Afrikadan ishlab chiqarish 
kuchlarining olib ketilishi tufayli Janubiy, Markaziy va Shimoliy Afrika 
xallqlarining rivojlanishi sezilarli darajada sekinlashdi. 
OSIYO
Osiyo o'ziga xos yo'l bilan rivojlanishda davom etdi.Xitoy, Hindiston, O'rta 
Osiyo xonliklari, Yaponiyada yangi davrda o'ziga xos munosabatlar shakllangan. 
Yevropa davlatlarining Osiyo xalqlari yerlarini bosib olib, mustamlakaga 
aylantirishi, tub joy aholini uzoq davr mustaqillik uchun kurash olib borishga 
majbur qildi. Bu esa o'z navbatida jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta'sir etdi.Vatanimiz 
hududida hukm surgan feodal tarqoqlik, yurtimizni mustamlakachilar tomonidan 
bosib olinishiga sabab bo'ldi. Bu haqda Prezidentimiz Islom Karimov "Tarixiy 
xotirasiz kelajak yo'q" nomli asarida shunday yozadi: "Har qaysi inson men shu 
millat farzandi ekanman, mening ajdodlarim kimlar bo'lgan, millatimning ibtidosi 
qayda, uning oyoqqa turishi, tiklanish, shakllanish jatumani qanday kechgan?, -
degan savollarni o'ziga berishi tabiiy. Nega jahonga Ahmad Farg'oniy, Muhammad 
Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Imom Buxoriy, Amir Temur, Ulug'bek, 
Bobur, A.Navoiy kabi buyuk siymolarni bergan bu millat XVII-XIX asrlarga kelib 
to shu choqqacha erishgan yuksalish darajalaridan tushib ketdi? Nega so'nggi uch 
asr mobaynida boshimiz qoloqlikdan chiqmay qoldi? Ajdodlarimizning qattiq 
qarshiligiga qaramay, chor Rossiyasining o'lkamizni nisbatan oson zabt etishida 
ana shu qoloqlikning ham o'rni bo'lmaganmikan?". 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish