Electronta’limresurslari
7.
www.ZiyoNet.uz
8.
www.edu.uz
9.
www.Yandex.ru
10.
www.Wikipediya.ru
11.
www.Google.ru
1-MAVZU: XVII asr ingliz burjua inqilobi va uning oqibatlari. Angliyada
chartistlar harakati
Reja:
1.
Inqilob arafasida Angliyaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli.
2.
Inqilobning boshlanishi va fuqarolar urushi.
3.
Respublikaning e'lon qilinishi va Kromvel protektorati.
4.
Angliyada Styuartlar hukmronligining tiklanishi va burjua tuzumining
o'rnatilishi.
5.
Sanoat to'ntarilishi va uning oqibatlari.
Tayanch tushunchalar:
Parlament
va
qirol
o'rtasidagi
ziddiyat.
Huquq
to'g'risidagi
talabnoma.Yulduzli palata.Oliy komissiya.Kema solig'i.Qisqa parlament.Uzoq
parlament.Buyuk remonstratsiya.Yangi namunadagi armiya.Xalq bitimi.Pyotnidagi
7
harbiy konferensiya.Protektorat. Torilar va vigilar. Huquqlar to'g'risida bill.Shonli
inqilob.Agrar inqilob.Sanoat to'ntarilishi.Burjua inqilobidan so'ng Angliyaning
agrar
ahvoli.Ingliz
dehqonlarining
ijtimoiy
tabaqa
sifatida
tugatilishi.Frigolderlar.Kopigolderlar.Yomenlar.Jamoatchilik asosida yerga egalik
qilish.Yerni bo'lib olish haqidagi parlament aktlari.Agrar to'ntarishning
oqibatlari.Sanoat
to'ntarishining
shart-sharoitlari.Ishlab
chiqarishning
takomillashuvidagi texnika ixtirolari.Ludchilik.Sanoat to'ntarishining ahamiyati.
Inqilob arafasida Angliyaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli
XVII asr ingliz burjua inqilobi bilan jahon tarixining yangi tarix davri
boshlanadi. Niderlandiyada Ispaniyaning hukmronligiga qarshi XVI asrda burjua
inqilobi bo'lib o'tgan bo'lsada, bu inqilob ancha cheklangan edi.Shunung uchun
ham Niderlandiya inqilobi yangi tarix davrining boshlanishiga asos bo'la olmadi.
XVII asr ingliz burjua inqilobi Yevropaning kapitalizm tez va muvaffaqiyatli
rivojlanayolgan mamlakatlaridan biri - Angliyada bo'lib o'tdi. Uning natijasida
oradan 100 yil o'tgach, Angliya dunyoning eng qudratli davlatiga aylandi.Ingliz
kapitalistik xo'jaligi butun dunyoda kapitalistik munosabatlarning taraqqiyoti
uchun katta ta'sir ko'rsatdi.Aynan shuning uchun ham ingliz burjua inqilobi yangi
tarixning boshlanishi sifatida qabul qilingan.XVII asr ingliz burjia inqilobi
kapitalistik taraqqiyot uchun keng yo'l ochdi, ammo Angliyada kapitalislik
munosabatlar dastlab XVI asrdayoq shakllana boshlagan edi. Burjua inqilobigacha
kapitalizm rivojlanishi feodal tuzum qoldiqlari orasida juda sekinlik bilan
bordi.Shaharlarda feodal hunarmandchiligining qoloq shakllari hukmronlik qildi.
Yangi paydo bo'layo'tgan burjuaziya tabaqasi savdo va erkin raqobatda o'rta asrlar
monopoliyasining hukmronligini bekor qilishni talab qilib chiqa boshladi. Nihoyat,
Angliyaning siyosiy tuzumi - absolyutizm endi burjuallashgan dvoryanlarni va
burjuaziyani qoniqtirmay qo'ydi.XVI asr oxirlarida Angliyada kapitalistik
taraqqiyot bir qancha muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritdi. "G'ov tutish" oqibatida
dehqonlar yerdan mahrum qilindi, manufakturalar va savdo jadallik bilan o'sdi.
Ingliz burjuaziyasi va yangi dvoryanlar yanada boyib, mustahkamlandi. Endi ular
kuchli qirol hokimiyatining yordamiga muhtoj emasdilar. Shu bilan birga ingliz
qirollari bundan keyin ham cheklanmagan hokimiyatga ega bo'lish va boshqarishni
orzu qildilar. Buning uchun ular parlamentning ruxsatisiz soliq yig'ish va katta
armiyaga ega bo'lish lozimligini tushunardilar. Chunki bu vaqtda fransuz va ispan
qirollari shunday vakolatga ega edilar. Ammo Angliya tarixi boshqacha rivojlandi.
Ingliz parlamentida burjuaziya va yangi dvoryanlarmng vakillari ko'pchilikni
tashkil qilar edi. Ularning har ikkalasi savdo va sanoatning taraqqiyotidan bir xilda
manfaatdor edilar. Qirol o'z-o'zicha soliq yig'ish huquqiga ega bo'lmaganligi uchun
boshqa yo'llar bilan mablag’ topishga harakat qildi.Hukumat boshqa davlat bilan
savdo qilish huqiqini, savdo kompaniyalariga monopoliya sifalida, katta pullar
evaziga sota boshladi. Burjuaziya va dvoryanlar bundan norozi edilar, chunki
monopoliyalar boshqa savdogarlarni raqobatda siqib qo'ygan edi.Parlamentning
noroziligi dastlab qirolicha Elizaveta davrida boshlangan edi.Ammo dono qirolicha
parlament bilan kurashdan cheklandi. Toj va parlament o'rtasidagi ziddiyat Yakov
I Styuart hukmronligi davrida yangidan boshlandi. U Angliyada absolyulizm
boshqaruvini o'rnatilishiga harakat qilgan edi. Biroq Angliyaning xo'jalik va
ijtimoiy taraqqiyoti bunga yo'l qo'ymasligini u tushunmadi. Absolyutizm uchun
kurashni ingliz ruhoniylarining bir qismigina qo'llab-quvvatladi.Yakov I o'zining
absolyutistik orzularini amalga oshirish uchun parlament bilan nizo chiqarib, uni
8
siyosiy sahnadan tushirishga urindi. Parlamentning noroziligini ayniqsa qirolning
moliyaviy tadbirlari va tashqi siyosati kuchaytirdi. Inglz xalqi va parlament
Ispaniyani Angliyaning dengiz va mustamlakalardagi asosiy raqibi deb bilgan
bo'lsalar, qirol hukumati muxolifatga qarshi kurash uchun Ispaniya bilan yaxshi
munosabatda bo'ldi.Shunday qilib, qirol va partament o'rtasidagi kurash Angliyani
inqilobga olib keldi. Qirol Karl 1 (1625-1649) davrida bu kurash nihoyatda jiddiy
tus oldi. Angliyaning Ispaniya va Fransiya bilan olib borgan urushlari uchun ingliz
hukumatiga ko'p miqdorda pul kerak edi. Qirolning tashqi siyosatdagi
muvaffaqiyatsizliklaridan norozi bo'lgan parlament uning hukmronligini uchinchi
yilida "Huquqlar to'g'risidagi iltimosnoma" ni imzolatishga majbur qildi. Unga
ko'ra, har qanday soliqlar faqat parlamentning ruxsati bilan yig'ilishi va har qanday
hibsga olishlar qonuniy asosda bo'lishi kerak edi. Iltimosnoma imzolangandan
keyin ham qirol parlamentning ruxsatisiz soliqlar yig'ishni davom ettirdi. Bunga
qarshilik ko'rsatgan parlamentni tarqatib yubordi va 1629 yildan to 1640 yilgacha
mamlakatni parlamentsiz boshqardi.Qirolning eng yaqin maslahatchisi bo'lgan graf
Strafford, absolyutizm tarafdori bo'lib, qirolning siyosiy dushmanlariga qarshi
shafqatsiz kurash olib bordi. Qirolning yana shunday tarafdorlaridan biri
Kenterberre Sobori arxiyepiskopi Lod, hukmron ingliz cherkoviga qarshi
bo'lganlarni ta'qib qilish uchun "Oliy komissiya" deb nomlangan cherkov sudini
boshqardi. Lod shafqatsiz ravishda dahriylar, puritanlar va lyuteranlarga qarshi
kurashdi.Qirol xazinasini to'ldirish uchun hukumat 1635 yilda "Kema solig’i”ni
yig'ishga kirishdi.Bu soliq o'tmishda normanlarning talonchiliklariga qarshi
kurashish uchun aholidan yig'ilgan soliq bo'lib, uning qaytadan joriy qilinishi
umumiy norozilikka sabab bo'ldi.Inqilobning boshlanishi va fuqarolar urushi1637
yilda Shotlandiyada xalq qozg'oloni ko'tarildi. Qo'zg'olonni Karl I ning ingliz
absolyutizmi tartiblarini joriy qilish, Shotlandiyaga ingliz cherkovini kiritish va
Shotlandiya parlamenti huquqlarini cheklashga bo'lgan urinishi keltirib chiqardi.
Shotlandiya katta harbiy kuchga ega edi.Shotlandiyaliklar Angliyaning shimoliy
qismini egallab oldilar. Karl I ning ularga qarshi kurashish uchun na armiyasi va na
mablag'i bor edi. Shuning uchun uparlamentni chaqirishga majbur bo'ldi. 1640
yilning aprelida 11 yillik tanaffusdan so'ng yana parlment chaqirildi. Ammo bu
parlament shotland isyonchilariga qarshi kurashish uchun qirolga pul bermadi va
yana huquqlar to'g'risidagi iltimosnomada keltirilgan talablarni bajarilishini rad
etdi. Karl I bir necha hafta o'tgandan so'ng parlamentni tarqatib yubordi, shuning
uchun u " qisqa parlament" deb nom oldi.Shotlandiyada qo'zg'olon kengayib
boraverdi.1640 yil noyabrda yangi parlament chaqirildi.Bu oldingisidan ham
qaysarroq chiqdi. Shotlandiyaliklarning g'alabalaridan va qirolning qiyin ahvolidan
foydalangan parlament uning oldiga o'z talablarini qat'iy qo'ydi., Qirol parlamentni
tarqatib yuborishdan qo'rqib, uning talablarini qabul qilishga majbur bo'ldi. Bu
parlament 12 yildan ziyodroq faoliyat ko'rsatdi, shuning uchun u "uzoq pariament"
deb nom oldi. Pariamentning talabi bilan lord-kansler Strafford va arxiyepiskop
Lod o'limga mahkum qilindi. Parlament siyosiy ishlar bo'yicha oliy qirol sudi
bo'lgan "Yulduzli palata" ni va cherkov sudi bo'lgan "Oliy komissiya" ni tugatdi,
"Kema
solig'i"
bekor
qilindi.1641
yil
noyabrda
parlament
"Buyuk
remonstratsiyani"' qabul qildi.Unga ko'ra qirolning qonunga zid bo'lgan harakatlari
birma-bar sanab o'tilib, davlatning barcha muhim lavozimlariga parlamentning
ishonchli vakillari qo'yildi.Remonslratsiyani qabul qilishda asosan qirolning yakka
hokimligidan aziyat chekayotgan yirik burjuaziya ko'pchilik ovoz berdi.Qirol
9
muxolifatni qarshiligini tugatish maqsadida quyi palataning daholarini hibsga olish
uchun qurolli otryad yubordi.Ammo ular yashirinishga ulgurdilar.1642 yil
yanvarida qirol mamlakatning feodal tuzum kuchliroq bo'lgan shimoliy
hududlariga chekinishga majbur bo'ldi.Parlament ham kurashga tayyorlanib,
armiya tashkil qila boshladi.22 avgustda qirol parlamentga urush e'lon
qildi.Shimoliy va g'arbiy grafliklar qirol taraflda bo'ldilar. Ular iqtisodiy va siyosiy
qoloq tumanlar bo'lib, iqtisodiy jihatdan rivojlangan janub,sharq, shimol va
markazning sanoatlashgan tumanlari va flot parlament tomonida turdi. Qirolga
qarshilik ko'rsatish markazi London shahri bo'lib qoldi.Ingliz cherkovi qirol
tomonida, puritanlar esa parlament tomonida turdilar.Asosan dvoryanlardan tashkil
topgan qirol tarafdorlari "kavalerlar" deb, parlament tarafdorlari esa
"yumaloqboshlilar" deb ataldi.Kurash boshida qirol tarafdorlari ustunlikka ega
edilar, parlament armiyasi nihoyatda yomon tashkil qilingan edi.Bundan tashqari
parlament tarafdorlari o'rtasida yakdillik yo'q edi. Parlamentda asosiy rol
presviterianlarga tegishli bo'lib, ular boy savdogarlar, monopolistlar, bankirlar va
yangi dvoryanlardan chiqqan yirik yer egalaridan iborat edi. Ular inqilobning
dastlabki yillarida qo'lga kirililgan yutuq va muvaffaqiyatlarini saqlab qolishni
istar edilar. Shuningdek parlament tomonida independentlar ham turdilar. Ularning
kuchini asosan o'rta hol burjuaziya, o'rta va mayda dvoryanlar tashkil qildi. Bu
toifa parlamentda hokimiyatni qo'lga kiritish uchun siyosiy islohotlar o'tkazishga
harakat qilayotgan edi. Independentlarga o'rtaholva o'ziga to'q dehqonlar -
yomenlar, mayda savdogarlar va hunarmandlar ham qo' shildi.Parlamentning
qirolga nisbatan qat'iy bo'lmagan siyosati va parlament qo'shinining
muvaffaqiyatsizliklari ingliz jamiyatining radikal doiralarida norozilik uyg'otdi.
Norozi bo'lganlar independentlar partiyasi atrofida birlashdilar.Independentlarning
daholaridan biri ingliz inqilobining yirik arbobi-Oliver Kromvel edi.Dvoryan
oilasida tug'ilgan Kromvel 1640 yilda parlamentga saylandi.1644 yil Kromvel
harbiy islohotlar o'tkazib, temir intizomli "Yangi namunadagi armiya" tuzdi.
Natijada qo'shinga rahbarlik markazlashtirildi, ofitser va askarlarga doimiy
ravishda maosh tayinlandi, ular qurol-yarog' bilan ta'minlandi. 1645 yil iyunida
Neysbi yaqinida Kromvel armiyasi qirol qo'shinlarini tor-mor qildi.Natijada qirol
parlament bilan kelishish to'g'risida muzokaralar boshlashga majbur bo'ldi.Ammo
boshqa davlatlardan inqilobni bartaraf etish uchun yordam olish to'g'risidagi
iltimosi xalq orasida umumiy norozilikni tug'dirdi.1646 yil mart oyida esa qirol
qal'asi parlament qo'shini tomonidan egallangach, qirol Shotlandiyaga qochib
o’tdi. 1647 yil yanvarda shotlandlar 400 ming funt sterling evaziga qirolni inliz
parlamentiga tutib berdilar.Urush ketayotgan bir davrda parlament qo'shininig
muvaffaqiyatlariga tayangan parlament yirik burjuaziya manfaatiga mos keluvchi
tadbirlarni amalga oshirishga shoshildi. U qirol, yepiskoplik va feodal yerlarini
konfiskatsiya qilib sota boshladi. 1646 yilda ritsarlarning mulklarini va g'ov
tutishga qarshi bo'lgan barcha qonunlarni bekor qildi. Fransuz inqilobi hech
qanday to'lovsiz feodal mulklarni tugatgan va uni burjua muiki deb e'lon qilgan
bo'lsa, ingliz inqilobi bunday qilmadi. Chunki unda burjuaziya yangi dvoryanlar
bilan birgalikda monarxiyaga, dvoryanlarga va hukmron cherkovga qarshi
kurashdi, 1789-1794 yillardagi Fransuz burjia inqilobida esa burjuaziya xalq bilan
monarxiyaga, dvoryanlar va hukmron cherkovga qarshi kurashgan.Presviterianlar
va ular boshqarayotgan parlament uchun inqilob tugadi. Qirol absolyutizmi
sindirildi, hokimiyat parlamenl qo'liga o'tdi, feodal institutlari tugatildi, ammo xalq
10
ommasi hech narsaga ega bo'lmadi. Parlament xalqning siyosiy huquqlarini va
diniy erkinligini kengaytirishga yo'l qo'ymadi, aksincha uning soliq siyosati xalq
ommasining ahvolini og'irlashtirdi. Xalq ommasi endi independentlardan
uzoqlashib, levellerlar (tenglashtiruvchilar) partiyasiga ergasha boshladilar. Bu
Do'stlaringiz bilan baham: |