Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/107
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937276
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   107
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

topishi
Reja:
1.
Shimoliy Amerikaning mustamlakaga aylantirilishi. 
2.
Mustaqillik urushining sabablari va urushning boshlanishi. 
3.
Mustamlakalarning 
Angliyadan 
ajralib 
chiqishi 
va 
"Mustaqillik 
Deklarasiyasi". 
4.
Urush harakatlarining borishi va uning yakunlari. 
Tayanch tushunchalar:
Amerikadagi 
ingliz 
mustamlakalarining 
xo'jalik 
xususiyatlari. 
Mustamlakalarning boshqaruv tizimi. Metropoliya va mustamlakalar o'rtasidagj 
raqobat. Gerb solig'i. Taunsend akti. "Boston choyxo'rligi". Kvebek to'g'risidagi 
akt. Kontinental kongresslar. Vigilar va torilar. Tomas Peynning "Sog'lom fikr" 
pamfleti. Mustaqillik deklaratsiyasi. "Konfederasiya moddalari". "Qurolli 
betaraflik". Boshqa davlatlarning urushga kirishi. 1787 yilgi Konstitutsiya. 
Mustaqillik urushining oqibatlari. 
Shimoliy Amerikaning mustamiakaga aylantirilishi
Tarixchilarning taxminicha, Amerikaning dastlabki aholisi hozirgi hindular 
va eskimoslarning bundan 20-25 ming yilcha oldin Osiyodan kelgan avlod-
ajdodlari bo'lgan. Kolumb Amerikani ochgandan keyin ko'p o'tmay, qit'a 
muntazam tarzda mustamlakaga aylantirila boshlandi va mustamlakalarni egallash 
uchun Yevropa davlatlari o'rtasida kurash qizib ketdi.XVII asrning boshida 
Ispaniya Shimoliy Amerikada Florida, Texas, Kaliforniya, Meksikani, bulardan 


21 
ham oldinroq (Portugaliya egallab olgan Braziliyadan tashqari) bulunMarkaziy va 
Janubiy Amerikani bosib oldi. Fransuzlar Kanadada (1604 yildan boshlab), 
Missisipi daryosi havzasida Luizianada (1699 yildan boshlab) o'rnashib oldilar. 
Gollandlar (1609 yildan boshlab) Gudzon daryosi havzasida Yangi Gollandiya 
mustamlakasiga asos soldilar. Shimoliy Amerikaga XVI asr oxirlarida kelgan 
inglizlar uzoq tura olmadilar. Doimiy mustamlakaga aylantirish 1607 yildan ya
:
ni 
Virginiya deb atalgan mustamlaka (qirolicha Elizaveta sharafiga shunday deb 
nomlangan) barpo qilingandan keyin boshlandi. "May guli" kemasida kelgan 
mustamlakachi puritanlar 1620 yilda "Nyu-Plimutga, 1622 yilda Nyu-Gempsher, 
1628 yilda Massachusets, 1634-1637 yillarda Konnektikut, 1636-1643 yillarda 
Rod-Aylend va Nyu-Gevenga asos soldiiar. Ular 1664 yilda Massachusetsga 
qo'shib olindi. Bu mustamlakalar Yangi Angliya deb ataldi. Mustamlakachilar 
ichki boshqaruv ishlarida mustaqillikni saqlagan holda Yangi Angliyaning 
birlashgan mustamlakalari degan nom ostida ittifoq tuzdilar. Markaziy tumanda 
Nyu-Jersi, Pensilvaniya, janubda Merilend, Shimoliy Karolona va Janubiy 
Karolina, Jorjiya degan mustamlakalar tashkil topdi.1760 yilda Sharqda Atlantika 
okeanining qirg'og'i bo'ylaridan to G’arbda Appalachi tog'larigacha bolgan 
hududdagi 13 ta ingliz mustamlakalarida (hindulardan tashqari) 1,6 millionga 
yaqin aholi yashar edi. Oq tanli aholi asosan inglizlar, irlandlar, shotlandlar, 
nemislar, gollandlar va boshqalardan iborat edi. Aholining soni tez o'sib, 1775 
yilda 2,6 million kishiga yetdi.Amerikada ingliz mustamlakalarini xo'jaligiga ko'ra 
3 ta guruhga ajratish mumkin edi. Yangi Angliya, deb atalgan Shimoliy 
mustamlakalarda asosan fermer va ijara qishloq xo'jaligi, qisman hunarmandchilik 
va manufaktura sanoati taraqqiy etdi. Shimoliy mustamlakalarning markazi Boston 
shahri edi.O'rta mustamlakalar tumanlari g'alla xo'jaligiga moslashtirilgan bo’lib, 
unda yirik kapitalistik fermerlar mavjud edi. Pensilvaniya, Nyu-Jersi va Nyu-York 
tumanlarida g'allachilik fermalari bilan birga sanoat korxonalari va savdo rivoj 
topdi.Janubiy mustamlakalar, asosan, tamaki plantasiyalari ko'pchilik bo'lgan 
quldorchilik xo'jaliklaridan iborat edi.XVIII asrning 70- yillarida paxta ishlab 
chiqarish katta ahamiyatga ega emas edi. Paxta yetishtirish va uni mashina bilan 
ishlov berishga e'tibor 90-yillarda boshlandi. 1793 yilda paxta tozalash mashinasi 
Hay Uayten tomonidan ixtiro qilingandan so'ng quldorlik plantasiyalarida keng 
ravishda paxta ekila boshlandi.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish