O‘zbek talabalari mahmadonaligini aytmaganda juda intiluvchan



Download 15,5 Kb.
Sana23.07.2022
Hajmi15,5 Kb.
#843785
Bog'liq
Nozomi Kusaka


"O‘zbek talabalari mahmadonaligini aytmaganda juda intiluvchan..." Kunchiqar mamlakatdan tashrif buyurgan yapon o‘qituvchining fikrlari
Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritayotgan Yaponiyaning Soka universiteti o'qituvchisi Nozomi Kusaka qariyb 9 oydan buyon SamDU talabalariga dars beradi. Biz o‘qituvchining Samarqand davlat universiteti bilan bog'liq fikrlari bilan qiziqdik.
- Men Samarqandni juda yaxshi ko‘raman, - deydi Nozomi Kusaka. - Samarqandning tarixiy obidalari, go‘zal maskanlari inson ruhiga sokinlik va taskin bag‘ishlaydi. Bundan ikki yil oldin ham Samarqandda bo'lganman. O‘sha paytdan beri bu shaharni o‘zgacha muhabbat bilan qadrlayman. Bu muhabbat meni Samarqand davlat universiteti sari yetakladi. Shuning uchun bu yerni tanlaganman. Yaponlar Samarqandga judayam qiziqishadi. Ko‘pchilik O‘zbekistonni Samarqand orqali taniydi.
Yapon talabalari og‘ir va bosiq bo'lishadi. Ular darsni so'zsiz tinglab, aytilgan topshiriqni bajarishadi xolos. O‘zbek talabalari biroz "mahmadona" ekan. Ular darsda ko‘p gapirishadi. Talabalar bilan aynan shu masalada ko‘p kelishmovchiliklarga uchradim. Ammo hozir bu hol muammo tug‘idirmaydi. O‘quvchilarim bilan bu masalada kelishib olganmiz. Shunday bo‘lsa ham o‘zbek talabalarda intilish juda kuchli. Ular kelajakda bilim bilan ko‘p narsalarni o‘rganishga astoydil ishonch hosil qilgan holda ilm olish, fan sirlarini egallashga harakat qiladi. Keyingi o‘quv yilida ham Samarqand davlat universitetidagi faoliyatimni davom ettirmoqchiman. Shuningdek, SamDU talabalarini Yaponiyaga o‘qishga yuborish bo‘yicha talabalar almashinuvi va qo‘shma ta'lim dasturlari ishlab chiqish ustida ham ish olib boryapmiz.

Samarqand davlat universiteti


Axborot xizmati xodimi
Iroda Bekmurodova yozib oldi.
Download 15,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish