Ilm olish sirlari.
Imom Zarnujiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
1
IMOM BUXORIY NOMIDAGI TOSHKENT ISLOM INSTITUTI
IMOM ZARNUJIY
ILM OLISH SIRLARI
Tarjimon:
Zokirjon Sharifov
Movaraunnahr
Toshkent-2004
MUQADDIMA
Bismillahir rohmanir rohiym
Inson zotini ilm bilan barchadin ortiq qilgan Alloh taologa hamdu sanolar bo’lsin!
Bashariyatning komilrog’i, payg’ambarimiz Muhammad alayhis salom va ahli ayollariga,
ashobi
kiromlariga hamda ularga ergashgan insonlarga Allohning salomlari, rahmatu barakotlari yor bo’lsin!
Ammo ba’d:
Janob payg’ambarimiz va ashobi kiromlar ilmu hikmat va odob axloqi hamidalarning sarchashmasi,
tuganmas buloqlaridirlar.
Zamonamizning ko’plab yoshlarida ilm o’rganish
borasida jiddi-jaxdlari, yaxshigina harakatlari
bo’lsada, ilm hosil qila olmayotganlarini shohidi bo’lib, ko’p mulohazaga bordik. Ushbu ulug’
maqsadlarni hosil bo’lishida ularga odob-axloq ko’rsatmalari zarurligini bildik. Mo’’tabar ustozlarimiz
odobu axloq buloqlari hisoblanadilar. Ushbu kitobni o’quvchilarga ilm sa-rhadlaridan
bahramand
bo’lishni tilab, mehribon ustozlarimiz va kaminani duoyu xayr bilan yod etib, qiyomat kuni
Maxshargohda najot topuvchilar qatorida bo’lishimizni zikr etishlarini umid etamiz. Kamina ko’p
istixoralar
qilgan holda, yolg’iz Allohning, qolaversa, aziz ustozlar irshodu barokatlaridan,
fayzu
futuhotlaridan imkon qadar nasiba olib, ushbu kitob tasnifiga baqadri hol kirishdik. Kitobni «
Т
a’limul
mutaallimu tariqat taallumi», ya’ni «Shogirdning ilm egallash yo’l-yo’riqlarini o’rganishi» deb
nomladim.
Kitobni bir necha fasllarga bo’ldim:
1.Ilm va fiqhning mohiyati va fazilati to’g’risida;
2.Ilm olish vaqtida niyatning xosligi to’g’risida;
3.Ilm, ustoz va sherik tanlash va bu ishda mustahkam bo’lish to’g’risida; Ilm va ilm ahlini ulug’lash
haqida;
4.Ilm olishdagi jiddu jahd, bardavomlik va himmatu g’ayrat to’g’risida;
5.Saboqni
boshlash, uni miqdori va tartibi to’g’risida;
6.Tavakkul qilish to’g’risida;
7.
Т
ahsil olish vaqti to’g’risida;
8.Nasihat va mehru shafqat to’g’risida;
9-fasl. Nasihat va mehru shafqat to’g’risida;
Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
2
10.Foyda talab qilish to’g’risida;
11.Ilm hosil qilish holatidagi parhezkorlik va taqvo to’g’risida;
12.Ilm talab qilishda zehnni mustahkamlaydigan va yoddan ko’tarilishini ketkazadigan illatlar
to’g’risida;
13.Rizq va umrni ziyoda qiladigan va kamaytiradiganlar haqida fasl.
Alloh taoloning O’zi barcha yaxshiliklarga muvaffaq etguvchidir. Yolg’iz o’ziga
tavakkul qilish
ne’matlar um-moniga yo’ldir! Nuqsonu kamchiliklar avf etilib, husni qabul ila dargohiga yuzlanmoq
benazir baxtdir!