Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc



Download 259,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet67/67
Sana24.04.2022
Hajmi259,17 Kb.
#579857
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
Imom Zarnujiy. Ilm olish sirlari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
66
Shubhasiz, bu ishlar bilan seni hijo-lat bo’lishing va aziyat chekmog’ingni xohlaydilar. Sening haq 
ekaningni bilsalar ham nazarga olmaydilar, parvo ham qilmaydilar. Shuning uchun ham bu toifalardan 
yiroq bo’lishga harakat qil! 
Ey, shogird! Biron joy ulug’larining huzuriga kirsang, ular bilan talashib-tortishma, ularga baland ke-
laman dema! Ziyon-zahmati tegmasligi uchun ular baland kelgan narsalarda, ovozingni ham, 
hujjatlarin-gni ham baland qilma! 
Namozda darhol imomatlikka o’tib ketmagin, imkon bo’lsa umuman imomatlikka o’tma! Hurmat 
bilan, e’zoz-ikrom bilan o’zlari imomatlikka o’tib berishingni so’rasalar, unda joizdir.
Erta tongda va kun qizib turgan vaqglarda hammomga kirma! Nazorat va vazirliklarga chiqma! 
Podshoh va amaldorlar mazlumlarga hukm chiqaradigan joylarida hozir bo’lma! Magar, biron holda 
so’zin-gni qabul qilishlarini bilsang, haqni qaror toptira olsang bormog’ing durustdir. 
Chunki, agar sen hozir bo’lganingda, ular noshoista ish qilsalar, ularni qaytarishga qodir bo’lmaysan. 
Odamlar sukut saqlaganing uchun bu ishni haq deb biladilar. 
Odamlar orasida, ayniqsa, ilmiy majlisda g’aza-bingga erk berishdan saqlan! Odamlarga har xil qissa 
va latifalar hikoya qilishdan uzoq bo’l! Chunki, har qanday hikoya qiluvchi yolg’on gapni 
aralashtirishga majbur bo’ladi. YOLG’ONCHILIK esa hamma jihatdan zarardir. 
Ahli ilmlardan biron kishi ilmiy majlis o’tkazishni iroda qilsa va bu majlis fikhiy majlis bo’lsa, unga 
o’zing hozir bo’lgin! Faqat aniq bilgan hujjatlar bilan dalillik munozara etgin! Bilmaganingni bil-
madim, deyishdan xijil bo’lmagin! Shunda mag’rurlan-maysan, kibr-havoga ketmaysan! Agar g’urur 
va mutakab-birlik qilsang, odamlar seni ilmli, lekin usti yalti-roq, ichi qaltiroq deydilar. 
Agar xujjat va ilmlar fatvo berishga yaroqlik bo’lsa, uni ham gapirib o’tgin! Agar fatvo va e’tiborli to-
monlarga mos kelmasa, zinhor yod etma! Ilm uchun, bilib olsinlar, deb ham aytma! 
Biron kishi ilm olishni xohlab kelsa, unga dars berishga o’zing kirishma. Huzuringda boshqa kishi dars 
berishiga ham yo’l ko’yma! Agar shunday bo’lsa, shogirdlardan birini u bilan dars qilishga tayinlab 
ko’y. Dars beruvchiga ham shogirdlardan birini nazoratga ko’ygin, toki unyng majlisida nima gaplar 
bo’layotganini xabar berib tursin. Ilmi qay darajada ekanini ham aniqlasin, 
Hurmatingdan foydalanib o’tkazilayotgan majlis va ma’ruzalarga qatnashma, bu joylarga kelishdan 
saqlan! 
Agar seni bu joylarga chaqirsalar, shogirdlardan birini ularga bosh qilib yubor! 
Т
inchlikni va ortiqcha 
tashvishlardan xalos bo’lishni iroda qilsang, nikoh-taloq masalalarini mavzu xatibiga topshir. Albatta, 
janoza va hayit namozlarini ham o’zi mas’ul kishiga topshir! 
Duo va iltijolaringda meni ham unutma! Ushbu vasiyat va nasihatlarimni qabul qilgin! Faqat sening va 
barcha musulmonlarni manfaatlari uchun bu vasiyatni topshiryapman. 

Download 259,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish