Mustaqil ish
Retseptlarni taksirovka qilish
BEJARDI_______________________________
TEKSHIRDI____________________________________
Retseptlarni taksirovka va ekspertiza qilish.
I.Mavzuning maqsadi: Talabalarda retseptura bo‗limi ishini tashkil qilish, retsept qabul qilish va dori vositalarini berish, retseptni taksirovka qilish, qayd etish va
dori vositasini berish tartibi haqida ko’nikmalar hosil qilish
II.Mavzuning ahamiyati: Retsept va uning blankalari, asosiy va qo‗shimcha
rekvizitlar, retseptni taksirovka va ekspertiza qilish, retseptura bo’limida qayd
etiladigan xujjatlar bo’yicha bilimlarning darajasiga va ularni amaliyotda
qo’llashga uzviy bog’liq
III.Sinov testlari:
1.Qaysi dorixonalar retsepturasida dorixona sharoitida tayyorlanadigan dori
vositalari katta hajmni tashkil etadi?
A.Shifoxona dorixonalari retsepturasida
B.Xususiy dorixonalarida
C.Jamoa dorixonalarida
D.Aksiyadorlik dorixonalarida
2. Bemorga tez zaruriyat bilan dori olish kerak bo‘lsa retseptning yuqori
burchagiga qanday belgi qo‘yiladi?
A.‖Sito‘‘ tez , surunkali bemorga
B.‖Statim‘‘ darhol, surunkali bemorga
C.‖Sito‘‘ tezo‘statim‘‘ darhol
D. Surunkali bemorga
3. Pushti rangdagi maxsus retseptura blankalariga qanday dori vositalari uchun
retsept yoziladi?
A.Giyohvand dori vositalari
B.Zaxarli ta‘sir etuvchi dorilar
C.Ambulatoriya sharoitida davolanishga muhtoj bo‘lgan bemorlar uchun retsept
D.A va D javoblar to‘g‘ri
4.Bepul va imtiyozli dori vositalari berish uchun retsept necha nusxada yoziladi?
A.Faqat bitta
B. 2-nusxada
C.2 va undan ortiq
D.Barcha javoblar to‘g‘ri
5. Zaxarli yoki kuchli ta‘sir etuvchi dorilar uchun retsept yozilganda shifokorning
vazifasi…
A.Dori dozasini yozma ravishda yozishi va undov belgisi qo‘yilishi shart
B.Dori dozasi yozma ravishda yozilishi shart
C.Dori dozasi yozma ravishda yozilishi, undov belgisi qo‘yilishi shart emas
D.Dori dozasi yozma ravishda yozish shart, lekin undov belgisi qo‘yilishi shart
emas
6. Qanday holatlarda retsept yozib berish taqiqlanadi?
A.O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyotda
ishlatishga ruhsat etilmagan dori vositalariga
B.Kasallik belgilari mavjud bo‘lmaganda
C.Faqat davolash profilaktika muassasasi ishlatiladigan dori vositalariga
D.Barcha javoblar to‘g‘ri
7. Surunkali kasallarga ‗‘mahsus tayinlash‘‘ uchun retsept bo‘yicha etil spirtining
me‘yori necha gramm?
A.100-gramm
B.50-gramm
C.40-gramm
D.60-gramm
8. Giyohvand vositasining, psixotop va zaxarli moddalarining nomlari retseptning
qaysi qismida yoziladi?
A. Oxirida
B. O‘rtasida
C. 2 so‘z boshida
D. Boshida
9. Bepul tarzda berilgan dorilar uchun yozilgan retsept necha yil saqlanadi?
A.3 yil;
B.4 yil;
C.5 yil;
D. 2 yil.
10. Kimlarga imtiyozli retseptlar orqali dori vositalari beriladi?
A.Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilariga va nogironlarga;
B.1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga;
C.3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga;
D. Vazirlar Maxkamasining 1997 yil 2 dekabrdagi 532 sonli qarorida keltirilgan
shaxslarga.
11. Retseptni ekspertiza qilish bu:
A.Tarkibini tahlil qilish
B.Qiymatini aniqlish
C.Qabul qilish, tekshirish, qiymatini aniqlash, jurnalga qayd qilish
D.Nazorat
12. Retseptura bo‘limining eng ma‘suliyatli ishi qaysi ish xisoblanadi?
A.Signatura haqida ma‘lumot berish
B.Retseptlarni to‘g‘ri qabul qilib olish
C.Retsept xatoliklarini to‘g‘irlash
D.Retsept turlarini ajratish
13. Retseptning birinchi shakli?
A.Bolalar va kattalar uchun to‘liq narxdagi dori vositasini olish uchun yoziladigan
shakl
B.Imtiyozli dori vositalari va gangituvchi xususiyatga ega bo‘lgan dori vositalari
uchun yoziladigan shakl
C.Pushti rangli faqat narkotik vositalari uchun yoziladigan shakl
D.Xammasi to‘gri
14. Retsept qabul qiluvchi farmatsevt texnolog vazifalarini ko‘rsating.
A.Retseptlarni talabnomalarini qabul qilish be‘mor yoshiga ahamiyat berish
B.Kelgan bemorlarni tashqi ko‘rinishiga ahamiyat berish
C.Retseptlarni qayd qilish jurnalini bemorlarga ko‘rsatish
D.Retseptlarni bemorga qaytarib berish
15. Retsept uchinchi shaklining rangi ?
A.Pushti
B.Yashil
C.Sariq
D.Qizil
16. Birinchi shakldagi retsept blankasiga qaysi dori vositalari yoziladi?
A.Zaxarli dori vositalari
B.Uxlatuvchi dorilar
C.Antidepressant dorilar
D.Hamma javoblar to‘g‘ri
17. Ikkinchi shakldagi retsept blankasiga qaysi kasalliklar bilan og‘rigan
bemorlarga imtiyozli beriladigan dori vositalar yoziladi?
A.Sil
B.Mohov
C.OITS
D.Barcha javoblar to‘g‘ri
18. Imtiyozli retseptlarning tasir qilish muddati:
A. 1 oy
B. 2 oy
C. 6 oy
D. 5 oy
IV.Mustaqil tayyorlanish auchun savollar
1. Dori preparatlarini yozish va tayinlash tartibi
2. Retsept va uni yozish qoidalari
3. Retseptura bo‗limining asosiy vazifalari
4. Farmatsevt texnologning vazifalari
5. Retseptning tarkibiy qismlari
6. Retseptning funksiyalari
7. Retsept va uning blankalari
8. Retsept yozishda tibbiyot xodimlari tomonidan yo‗l qo‗yiladigan xatoliklar
9. Retseptlarni ekspertiza qilish, ro‗yhatga olish va berish tartibi
10. Retseptni farmatsevtik ekspertiza qilish sxemasi
11. Dori vositalarini tayyorlash va qadoqlash uchun tarif (ish xaqi)
ko‗rsatkichlari
12. Taksirovka qilish qoidalari
13. Retseptlarni rasmiylashtirish usullari
14. Dori preparatlarini berilishiga qo‗yiladigan umumiy talablar
15. Dori preparatlarini berish tartibi, dorixonada olib qolinadigan retsept
blankalarini saqlash muddatlari
V.Mustaqil bajarish uchun vazifalar
Vazifa1.“Insert usuli”da guruh bilan ishlash qoidalari.
Insert- samarali o‗qish va fikrlash uchun belgilashning interfaol tizimi hisoblanib,
mustaqil o‗qib o‗rganishda yordam beradi.
Bunda amaliy mashg‗ulot mavzulari, kitob va boshqa materiallar talabaga vazifa
qilib beriladi. Uni o‗qib chiqib ―V‖+, -, ? belgilari orqali o‗z fikrini ifodalaydi.
Matnni belgilash tizimi
(V)- men bilgan narsani tasdiqlaydi.
(+)- yangi ma‘lumot
(-)- men bilgan narsaga zid.
(?)- meni o‗ylantirdi. Bu borada menga qo‗shimcha ma‘lumot zarur.
Insert jadvali
Tushunchalar
V
+
-
?
Retsept
Retsept qabul
qilish
Dori
vositalarini
berish
Vazifa 2.Bumerang usuli
Guruh bilan ishlash qoidalari
Guruxning xar bir a‘zosi:
- o‗z sheriklaring fikrlarini hurmat qilishlari lozim.
- berilgan topshiriqlar to‗g‗risida faol hamkorlikda va ma‘suliyat bilan ishlashlari
lozim.
- o‗zlariga yordam kerak bo‗lganda so‗rashlari mumkin.
- yordam so‗ralganda ko‗mak berishlari lozim.
- guruhni baholash jarayonida ishtirok etishlari lozim..
1-guruh vazifasi:
1. Retsept va uning turlari
2. Dorixonalarda imtiyozli tarzda beriladigan dori vositalari haqida tushuncha
bering
2- guruh vazifasi
1.Retseptni taksirovka va ekspertiza qilish.
2.Dorixonada olib qolinadigan retseptlarni saqlash muddatlari
Vazifa 3.
“Dorixonalarda retseptlarni qabul qilish va dori vositalarini berish”
mavzusi yuzasidan keyslar
Guruhlar uchun topshiriqlar
“Keys-stadi” metodi
Keys-stadi interaktiv ta‘lim metodi sifatida talabalar tomonidan eng afzal
ko‗riladigan metodlar qatoriga kirmoqda. Ushbu texnologiya asosan farmatsevtika
fanlaridan dars beruvchi o’qituvchi va talabalarning umumiy intellekual va
kommunikativ salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.
Buning sababi sifatida ushbu metod talabalarga tashabbus bildirish, nazariy
holatni o’zlashtirishda hamda amaliy ko’nikmalarni shakllantirishda mustaqillikka
ega bo’lish imkoniyatini berishida ko’rish mumkin. O’z navbatida vaziyatlarning
analizi (tahlili) talabalarning kasbiy shakllanish jarayoniga kuchli ta‘sir o’tkaza
olishi, ularning kasbiy jixatdan ―ulg’ayishiga‖ xizmat qilishi, ta‘lim olishga
nisbatan qiziqish va ijobiy motivatsiyaning shakllantirishi alohida ahamiyatga ega.
Keyslar metodi o’qituvchining tafakkur turi sifatida, alohida paradigma
ko’rinishida gavdalanib, ijodiy salohiyatni rivojlantirish, noan‘anaviy tarzda
fikrlash imkoniyatini beradi.
“Keys metodi” ni amalga oshirish bosqichlari
Ish bosqichlari Faoliyat shakli va mazmuni
1bosqich: Keys va uning axborot ta‘minoti bilan tanishtirish yakka tartibdagi audio vizual ish; keys bilan tanishish(matnli, audio yoki media shaklda); axborotni umumlashtirish; axborot tahlili; muammolarni aniqlash
2-bosqich:Keysni aniqlash-tirish va o’quv topshirig’ni belgilash individual va guruhda ishlash; muammolarni dolzarblik ierarxiyasini aniqlash; asosiy muammoli vaziyatni belgilash
3.bosqich: Keysdagi asosiy muammoni tahlil etish orqali o’quv topshirig’ining echimini izlash, hal etish yo’llarini ishlab chiqish individual va guruhda ishlash; muqobil echim yo’llarini ishlab chiqish; har bir echimning imkoniyatlari va to’siqlarni tahlil qilish; muqobil echimlarni tanlash
4.bosqich: Keys echimini echimini shakllantirish va asoslash, taqdimot. yakka va ruhda ishlash; muqobil variantlarni amalda qo’llash imkoniyatlarini asoslash; ijodiy-loyiha taqdimotini tayyorlash; yakuniy xulosa va vaziyat echimining amaliy aspektlarini yoritish
Keys. Shifokor retsepti asosida beriladigan dori vositalari va shifokor
retseptisiz beriladigan dori vositalari yo’riqnomalari bilan tanishing. Siz qanday
farqlarni aniqladingiz? Rasmiylashtirish va qadoqlashda ularning o’ziga xos
tomonlarini aniqlang
Keys stadi metodi haqida tushuncha.
Keys-stadi (inglizcha sase – vaziyat, holat, study -o‗rganish). Keys-stadida bayon
qilingan va ta‘lim oluvchilarni muammoni ifodalash hamda uning maqsadga
muvofiq tarzdagi echimi variantlarini izlashga yo’naltiradigan aniq real yoki sun‘iy
ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli-vaziyatli tahlil etilishiga asoslanadigan
o‘qitish usulidir.
Keys-stadi - o’qitish, axborotlar, kommunikatsiya va boshqaruvning qo’yilgan
ta‘lim maqsadini amalga oshirish va keys-stadida bayon qilingan amaliy
muammoli vaziyatni hal qilish jarayonida prognoz qilinadigan o’quv natijalariga
kafolatli etishishni vositali tarzda ta‘minlaydigan bir tartibga keltirilgan optimal
usullari va vositalari majmuidan iborat bo’lgan o‘qitish texnologiyasidir.
Vazifa 4. Mini keys
Quyidagi vaziyatli masala bilan tanishing va javob berishga harakat qiling.
Toshkent shahridagi Dori- darmon‖AK ga qarashli 5-dorixona mudiri ish
kunining oxirida giyohvand dori vositalariga yozilgan retseptura blankalarini
hisobini olib borish kerakligini aytdi. Shahardagi 1-poliklinika shifokori
tomonidan ―Kodterpin‖ning 60 ta tabletkasiga yozilgan retsept blankasida hamma
asosiy rekvizitlar bor, ‖ Retsept uchun ― degan muhr bosilgan,‖Maxsus
tayinlangan‖ yozuvi, shifokorning shaxsiy muhri va imzosi mavjud.
Viloyat poliklinikasidan ―Ketamin‖ning 20ta ampulasiga yozilgan
retseptura blankasida (to’liq narxda) xam barcha asosiy rekvizitlar bor, bulardan
tashqari retseptning nomeri, bemorning manzili ko’rsatilgan, qo’shimcha tarzda ‖
Retsept uchun ― degan muxr bosilgan.
Dorixona mudiri yosh farmatsevtga kamchiligini tushuntirdi : ―Ketamin‖
eritmasidan 10 ta ampula bemorga berildi, chunki bu preparatning meyoriy
miqdori retseptda oshirib yozilgan, retseptda ―Maxsus tayinlangan‖ yozuvi mavjud
emas.
Dorixona mudiri farmatsevtga hayfsan berdi va bemorning manzili aniqlanib, dori
preparatlarini va unga to‗langan pullarni qaytarishini tayinladi. Dorixona mudiri
tibbiyot muassasasining rahbariga telefon orqali murojaat qildi. Muassasa
rahbariga shu retseptni yozgan shifokorga hayfsan e‘lon qilinishi lozimligini aytdi.
Savollar:
1.Tarkibida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar saqlagan dori
vositalariga retsept yozish va bemorlarga berish qanday tartibda bo’lishi lozim?
2. ‖Ketamin‖ dori moddasini berishda farmatsevt qanday xatoliklarga yo’l qo’ydi?
3. Qanday preparatlarga dori vositalarini bemorlarga berish meyorlari belgilangan?
4. ―Kodterpin‖ preparatining tarkibini ko’rsating va shu preparatning ishlatilishini
aytib bering.
5. ‖Ketamin‖ eritmasi qaysi farmakologik guruhga mansub?
Do'stlaringiz bilan baham: |