50
fikrini qabul qilmadi. Robespyerni hokimiyatni suiste'mol qilishda aybladilar.
Deputatlardan biri Robespyerni hibsga olishni taklif qildi. Bu taklifni Konventning
ko'pchilik a'zolari qo'llab quvvatladilar. Robespyer va uning tarafdorlarini
qamoqdan ozod qilib, Robespyerni Konventga qarshilik ko'rsatishini kutdilar.
Ammo Robespyer ular kutganday qarshilik ko'rsatmadi.Shunda Konvent otryadlari
ratushaga
bostirib
kirib,
Robespyer
va
uning
tarafdorlarini
tor-mor
qildi.Yakobinchilar diktaturasi majaqlab tashlandi.Yakobinchilardan tozalangan
Konvent o'z faoliyaini davom ettirdi. Yakobinchilar diktaturasi Fransiya aholisi
hayotini yengillashtirmadi, kutilgan natijalarni bermadi.
Fransiyada kapitalistik
taraqqiyot
yo'liga
esa
undan
keyingi
Termidorlar
Konventi
davrida
o'tildi.Termidorlarning davlat to'ntarishi inqilobda so'nish davrining boshlanishi
edi.Termidorlar Konventi Fransiyani Napoleon Bonapart imperiyasiga olib keldi.9
Termidorning ikkinchi yilidan so'ng (1794-yil 27-iyul) hokimiyat inqilob natijasida
boyib ketgan sanoatchilar,moliyachifar va yangi yer egalari ko'pchilikni tashkil
etgan Konvent qo'Iiga o'tdi. Termidorlar Konventi 1794-yil 27-iyuldan 1795-yil
26-oktabrgacha davom etdi.Yakobinchilar klubi va ularning mamlakaldagi filiallari
yopildijamoatchilik tashkilotlari tarqatib yuborildi,oziq-ovqat mahsulotlariga
qo'yilgan
maksimum narx bekor qilindi,savdo erkinligi chayqovchilik erkinligiga
aylandi.Terrorga qarshi kurashish bahonasi bilan norozi kayfiyatda yurgan
qashshoqlarga qarshi qat'iy chora tadbirlar ko'rildi.1795-yil bahorida ochlik va
muhtojlikdan qattiq aziyat chekkan Parij aholisi qo'zg'olon ko'tardi.12 jerminal
kuni (1-aprel) kuni norozi olomon Parij ko'chalariga chiqib,non va 1793-yilgi
konsitutsiyani talab qildilar.Konventga qarshi birinchi qo'zg'lon jerminal deb
ataldi.Ikkinchi qo'zg'olon birinchi prerial (20-may) kuni ko'tarildi.Qo'zg'olonchilar
tarkibida milliy gvardiyaning
qismlari ham qatnashdi, ammo qo'zg'olon tezda
bostirildi.1795-yil iyulida Termidorlar konventi yangi konsitutsiya qabul qildi.Bu
konsitutsiya respublika tuzumini saqlab qoldi,biroq inqilob qo'lga kiritgan
yutuqlardan biri-umumiy saylov huquqiini bekor qildi, xususiy mulkchilik
huquqini e'lon qildi, inqilob davrida qo'lga kirililgan mulklarni qonuniylashtirdi.
Konvent o'rniga Oqsoqollar kengashi va Besh yuzlar kengashi saylandi.
Bu ikki
palata qonun chiqaruvchi hokimiyatga ega edi.Qonun chiqaruvchilar to'liq ijroiya
hokimiyatiga ega bo'igan 3 kishidan iborat Direktoriyani sayladi.Konsitutsiya
qabul qilinganidan so'ng tezda Konvent tarqatilib,hokimiyat Direktoriya qo'liga
o'tdi.Direktoriyaning asosiy siyosati inqilob davrida boyib qolgan sanoatchi va
moliyachilarning manfaatini himoya qilishga qaratilgan edi.Direktoriya 1795-yil 4-
bryumerdan so'ng 1799-yil 18-bryumergacha faoliyat ko'rsatdi. Bu davrda qishloq
va shahar kambag'llarining ahvoli og'rligicha qolaverdi. Shu davrda Fransuada
(Grakx) Noel Babyof (1760-1797 y.y) va uning “Tenglar jamiyati" mashhur
bo'ldi.Babyof
inqilobning
dastlabki
yillarida
yerga
nisbatan
xususiy
mulkchilikning joriy elilishiga qarshi kurashibijtimoiy tenglashtirish g'oyasini
targ'ib qilib,o'zini Rimlik reformator Grax deb e'lon qildi.Babyof o'ldirilib,uning
jamiyati tarqalib yuborildi.Direktoriya davrida Fransiya
olib borayotgan urushlar
xarakteri birdan o'zgardi.U Franlsiyani himoya qilish urushidan, 1797-yiidan
boshlab, boshqa davlatlar hududini bosib olish urushiga aylandi.Napoleon
Bonapart qo'mondonligidagi fransuz qo'shinlari Shimoliy Italiya hududini egallab,
Avstriyaga o'tdi va 1797-yilda Kamforpomioda Avstriyani sulh shartnomasini
imzolashga majbur qildi. Italiyaning Lombardiya viloyatini Sizalpin, Genuyani esa
Liguriya respublikalariga aylantirib ularni Fransiyaga tobe qilib qo'ydi. Pemont
51
Fransiyaga qo'shib olindi. Venosiya, Istriya, Dalmatsiya Avstriyaga,Reynning o'ng
qirg'og'i, Belgiya va Lonik orollari Fransiya ixtiyoriga o'tdi.Fransiyaning asosiy
raqibi bo'lib hamon Angliya qolaverdi. Uning mustamlakachilik qudratiga zarba
berish uchun Direkloriya Hindistonga ekspedisiya
yuborish maqsadida Misrni
bosib olishga kirishdi. Misr ekspedisiyasiga Napoleon Bonapart qo'mondonlik
qildi. 1798 yil 20 iyunda Misr qo'shinlari ustidan fransuz armiyasi g'alaba qildi. 1
avgustda Nelson qo'mondonligidagi ingliz floti Abukir ostonasida fransuz
eskadreyasini tor-mor qildi. Bu fransuzlarga qarshi 1-koalisiyaning tuzilishini
tezlashtirdi. Koalisiya tarkibiga Angliya, Rossiya, Turkiya, Neapolitan qirollogi va
Avstriya kirdi. 1799 yil bahorida Yevropada urush yangidan boshlandi.
Germaniyada fransuz armiyasi tor-mor qilindi. Italiyadan fransuz armiyasini
feldmarshal
Suvorov
qo'mondonligidagi
rus
qo'shinlari
siqib
chiqaraboshladi.Harbiy muvaffaqiyatsizliklar va tashqi kuchlarning harbiy yurishi,
shuningdek,
Direktoriya
siyosatidagi
ziddiyatlar
Fransiyaning
mulkdor
qatlamlarini tashvishga soldi. Mamlakatda qonuniy tartibning yo'qligi ma'lum
bo'lib, xalq ommasining aksariyati hokimiyatni mustahkam qo'lga o'tishi
lozimligini tushunib etdi. Napoleon Bonapart atrofidagi yuqori lavozimli
harbiylarning bir qismi harbiy diktatura o'rnatishga harakat qildilar. Ular Misrda
qo'mondonlik qilayotgan Napoleon Bonapart bilan
Direkloriyaning hukumat
doiralariga yaqin bo'igan ukasi Lyusen Bonapart orqali aloqada bo'idilar. Napoleon
Misrdagi fransuz qo'shinini general Kleberga topshirib, 500 ta grenaderlari bilan
Fransiyaga qaytdi.18-bryumer (1799 yil 9 noyabr) kuni qonun chiqaruvchi korpus
majlisi shahar yaqinidagi Sen-Klu saroyiga ko'chirildi, majlisga Napoleon ham etib
keldi. Parij safari davomida Napoleon yangi hukumatdagi lavozimlarni egallash
to'g'risida ikkita nomzod: konstitusiyachilarning rahbari -- Emmanuel Jozef Siyes
va moliyachi Roje-Dyuko bilan keiishib oldi. Direktoriyaning 5 ta vakili ham
istefo berish to'g'risida Napoleonga va'da berdilar. Shu kuni Lyusen Bonapart Besh
yuzlar kengashiga raislik qilayotgan edi. Napoleon kengash a'zosi bo'lmasa ham
majlisda paydo bo'ldi va Napoleonning majlisda ishtirok
etayotganligidan norozi
bo'lganlarni uning grenadyorlari haydab chiqardi. Besh yuzlar kengashi a'zolari
majlisda qolgan oqsoqollar kengashining bir nechta a'zolari bilan birgalikda
hokimiyatni uch konsulga berish to'g'risidagi dekretni qabul qilishga majbur
ho'ldilar. Napoleon birinchi konsul lavozimini egallab amalda barcha hokimiyat
uning qo'ligato'plandi.
Do'stlaringiz bilan baham: