Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi


Napoleon imperiyasining ichki siyosati



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/107
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937276
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   107
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

Napoleon imperiyasining ichki siyosati
Konsullik va imperiya davrida Fransiyada kapitalistik munosabatlar uning 
qishloq xo'jaligiga, sanoati va savdosiga chuqur kirib bordi. Mamlakatda sanoat 
to'ntarishi boshlandi. 1790 yil Fransiyada 89 ta ip yigiruv mashinalari bo'lgan 
bo'lsa, 1805 yilda ularning soni 3300 taga etdi. Fransiyada bug' mashinalari 
nisbatan kam bo'lib, asosan tarqoq manufaktura ko'rinishidagi ishlab chiqarishi 
ko'pchilikni tashkil qilar edi. Ammo markazlashgan manufaktura va fabrikalar 
soni ham tobora oshib borayotgan edi. Metallurgiya, ipakchilik, movutchilik 
sanoati, zeb-ziynat buyumlari, shisha va chinni-idishlar tayyorlash kabi sohalar 
ancha muvaffaqiyatli rivojlandi. Biroq iqtisodiy sohada Fransiya Angliyadan 
ancha ortda edi. Fransuz maxsulotlari nafaqat ingliz mahsulotlari bilan, balki chex, 
shveytsar va italyan mahsulotlari bilan ham raqobat qila olmas edi. Fransiya 
Yevropa bozorlarida bosqinchilik siyosali bilan qo'shni davlatlarga Fransiya 
uchun foydali bo'lgan bojxona tariflarini joriy qilish va Angliya bilan savdo 
qilisbni taqiqlash evaziga o'zining mavqeini mustahkamlashga erishdi. Bosib 
olingan hududlardan olingan kontributsiya, konfiskatsiya, yangi soliqlar joriy 
qilinishi va majburiy ravishda berilgan zayomlar fransuz hukumatiga davlat 
buyurtmalari ( qurollanish, yo'llar qurilishi va h.k.) uchun katta pul mablag'ini 
bermoqda edi.Ingliz mahsulotlarining arzonligi va sifatli ekanligi barcha 
taqiqlarga qaramasdan kontrabanda yo'li bilan yoki betaraf mamlakatlarning 
mahsulotlari sifatida Fransiya va boshqa Yevropa mamlakatlariga kiritilishini 
ta'minlagan. 1806 yil Fransiyaga Angliyaning 80-100 mln. franklik paxta, qog'oz 
buyumlari kiritilgan.Bu davrda qishioq xo'jaligi ham bir qator muvaffaqiyatlarga 
erishdi. Jumladan, ekin maydonlari kengaydi. Shu bilan birga, mayda dehqonlarni 
qishloq burjuaziyasi tomonidan ekspluatasiya qilishi kuchaydi. Egri soliqlar 
oshirildi, konsullik davrida vino, imperiya davrida tuz va tamaki soliqlari tiklandi. 
Yer egalari Angliya va boshqa xorijiy davlatlarning ancha arzon sanoat 
mahsulotlarini sotib olishdan manfaatdor edilar, shuning uchun ular Napoleonning 
davomli ravishda bosqinchilik urushlarini olib borishdan norozi edilar.Yirik 
burjuaziya va yer egalarining manfaati masalasi imperiya davrida ishlab chiqilgan 


55 
huquq normalari va kodekslarda ham o'z aksini topgan. Bularning orasida eng 
muhimi "Fuqarolik kodeksi" yoki keyinchalik "Napoleon kodeksi'" deb nom olgan 
kodeks edi. Unda asosan burjuaziyaning xususiy mulkchiligini mustahkamlashga 
asosiy e'tibor qaratilgan. Unga ko'ra xususiy tadbirkorlik erkinligi, mulklarni 
vasiyat etib qoldirish erkinligi prinsiplari mustahkamlangan. Xotinning mulki 
to'liq erining mulki hisoblangan, xotinlar va bolalar mulkka egalik huquqidan 
mahrum qilingan. Nikohsiz tug'ilgan bolalar hech qanday huquqqa ega 
bo'lmaganlar. Fuqarolik kodeksi 1807 yilda, "Tijorat" va "Jinoyat" kodckslari 
1808 yilda kuchga kirgan. "Jinoyat kodeksi" xususiy mulkka qilingan kichkina 
tajovuzni ham juda shafqatsiz ravishda jazolagan.1803 yil Fransiyada "ishchi 
daflarlari" joriy qilingan. Unda korxona egalari ishchilarini huquqi va ishdan 
bo'shatilishi sabablari haqida ma'lumotlar yozilgan. Tijorat yoki savdo kodeksi 
ishchilarni ishga yollash tartibini qonuniylashtirgan, ishchilarni huquqsizligini 
mustahkamlagan. "Le Shapele" qonuni ga ko'ra ishchilarning namoyishlari, ish 
tashlashlari va ittifoqlarga birlashishi ta'qiqlangan.1806 yil 1 yanvardan boshlab 
imperator Napoleon inqilob kalendarini bekor qilib, Grigorian kalendarini 
tikladi.Fransiyaga tobe ettirilgan respublikalar qirolliklarga aylantirilgan. 1805 
yildayoq Napoleon o'zini Italiya qiroli, deb e'lon qildi. Imperator boshchiligidagi 
tajovuzkor fransuz burjuaziyasi va harbiy doiralari Fransiyani yangi Rim 
imperiyasiga aylantirishga harakat qildilar. Yevropa va mustamlakalarni bosib 
olishlaridan asosiy maqsadi ham shu edi. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish