Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi


AQSH ning Amerika qit'asi va Tinch okeanda hukmronlik qilish uchun



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/107
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937276
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   107
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

AQSH ning Amerika qit'asi va Tinch okeanda hukmronlik qilish uchun 
kurashi.
O’z mamlakatining juda katta resursalarini va Rossiyadan sotib olgan 
Alyaskani (1867 yil Aleksandr II 7,2 mln. dollarga sotgan) o’zlashtirish bilan band 
bo’lgan AQSH sarmayadorlari mustamlakalar va o’z ta'sir doiralarini qo’lga 
kiritishga boshqa Yevropa mamlakatlaridan kechroq kirishdilar. Ularning e'tibori 
Karib havzasi va Tinch okean mamlakatlargaqaratildi. Bu yo’ldagi birinchi qadam 
Tinch okeaningOsiyoga olib boradigan strategik jihatdan muhim bo’lgan dengiz 
yo’llari kesishgan joydagi Gavayi orllarini 1898 yilda bosib olinishi bo’ldi. AQSH 
ning Tinch okeanda hukmronlik kurashi XIX asrning 60 yillarida, aniqrog’i 
fuqarolar urushidan so’ng boshlandi. 1866, 1867, 1871 yillarda Koreyaga bir necha 
marta hujum qildi. Nihoyat 1882 yilda u bilan tengsiz shartnoma tuzdi, bu 
shartnomaga muvofiq Koreya 3 ta portini AQSH savdosi uchun ochib qo’ydi, 
diplomatik vakillarini qabul qildi va Koreya AQSH fuqarolari uchun daxlsizligini 
tan oldi. Shunday qilib bu yerga Amerika maslahatchilari, missionerlar, 
o’qituvchilari va albatta kapitali kirib kela boshladi. AQSH Samoa orollarini 1889 
yilda (Sharqiy Samoani) bosib oldi. Gavaya orollari uchun uzoq kurash olib bordi. 
U bilan 1875 yil savdo shartnomasi tuzildi. Ammo inglizlar va fransuzlar ham bu 
strategik qulay joyga ega bo’lishga intildilar. AQSH faol harakat qilib, Gavaya bu 
shartnomada o’z yeriga uchinchi bir davlarni kiritmaslik majburiyatini oldi. Bu 
orolda qand ishlab chiqarilardi. Amerikalik qand zavodlari egalik qilib oldi. AQSH 
bu muhim joyni batamom qo’lga kiritishga qaror qildi. 1893 yil Gavayaga "Dengiz 
peyodalari" tushurildi, monarxiya ag’darib tashlandi, "amerikacha inqilob" g’alaba 


39 
qildi, respublika e'lon qilindi va hukumat tuzildi. AQSH shu tarzda va Gavayani 
zabt etdi. 1898 yili Gavaya arxepelagi anneksiya qilindi. Qishloq xo’jaligida asosiy 
tarmoq 1 mln. ga ekin maydoni bor. Shakarqamish (1 mln. tonna qand), ananas, 
banan, kofe, gulchilik, sholi, chorvachilik rivojlangan.XIX asr oxiriga borib AQSH 
kapitalistlari Meksika va Markaziy Amerika mamlakatlaridan ancha manfaatdor 
bo’lib qolgan edilar. AQSH Lotin Amerikasidagi siyosati asosida "Hamma 
Amerika manfaatlari bitta" degan g’oya yotar edi.1889 yilda AQSH davlat 
Departamenti tashabbusi bilan Vashingtonda Panamerika konferensiyasi bo’ldi. 
Lotin Amerikasi mamlakatlari delegatlari AQSH dan qo’rqqanlgi va unga 
ishonchsizlik ko’zi bilan qaraganligi, AQSH ning Amerika davlatlari bojxona 
bitimini tuzishga qaratilgan harakatini yo’qqa chiqardi, o’zaro qulaylik tug’dirish 
masalasida 
ham 
umumiy 
bitimga 
kelinmadi. 
Birinchi 
Panamerika 
konferensiyasining birdan —bir aniq natijasi xalqaro Amerika Respublikalari 
se'zdi degan asotsiasiya tuzishdan iborat bo’ldi. AQSH ning g’arbiy yarim shardagi 
mamlakatlar ustidan tanho hukmronlik qilishga qaratilgan bosqinchilik siyosati shu 
tariqa paydo bo’lgan. 80 yillarda Venesuelda bilan Britaniya Gveniyasi o’rtasidagi 
ziddiyat juda kuchayib ketganda, AQSH "Monro doktrina"siga tayanib, bu janjalni 
bartaraf qilishda o’z vositachilik qilmoqchi bo’lganligini taklif qiladi. Janubiy 
Amerika xususidagi Angliya - Germaniya ziddiyati, Uzoq Sharq Angliya -Rossiya 
munosabatlarining keskinlashuvi Angliyani AQSH ga yaqinlashtirdi. 1899 yil 
Venesuella masalasi hal qilindi.XIX asr oxirida AQSH nihoyatda qudratli davlatga 
aylandi. Hokimiyat tepasida mahkam o’rnashib olgan guruhlar mamlakatda 
hukmronlik qilish bilan qanoatlanmay qoldilar. AQSH jahonni hududiy jihatdan 
bo’lib olishdan ancha kechikkanligi sababli Ispaniya monarxiyasidagi 
mustamlakalarni tortib olishni mo’ljalladi. Ispaniyaga qarashli Kuba oroliAmerika 
kapitalistlarining havasini keltiradi, chunki AQSH ning iqtisodiyotiga ancha 
kapital sarflagan edi. AQSH Ispaniyaga qarshi urushga tayyorlana boshladi. AQSH 
fuqarolarining manfaatini himoya qilish bahonasida Kuba sohillariga 1898 yil 15-
fevral kechasi Amerika "Meyn" kreseri harbiy kemasi yuborildi. Bu harbiy kema 
Gavana reydida turgan joyda noma'lum sababga ko’ra portlab ketdi. Natijada 260 
kishi halok bo’ldi. 100 ga yaqin yarador bo’ldi. AQSHhukumati bo’lgan hodisa 
aybini Ispanlarga qo’ydi va 1898 yil aprel oyida Ispaniyaga urush e'lon qildi. Bu 
dunyoni qaytadan bo’lib olish boshlagan birinchi urush edi. Urush atiga 3 oy 
davom etdi va mag’lub bo’lgan Ispaniya monarxiyasining ichidan chiriganligini 
ko’rsatdi. 1898 yil 10-dekabrda Parijda imzolangan sulh shartnomasiga ko’ra 
Filippin orollarini AQSH Puerto-Riko, Guvam orollarini oldi. Kuba AQSHga 
qaram bo’lib qoldi. Pilippin uchun 20 million dollar pul berdi.1901 yilda AQSH 
Angliyani bu hududda egallaganini tan olganligi haqida shartnoma tuzishga majbur 
bo’ldi. Kanal qurilishidan shug’ullanayotgan fransuzlar bankrotga uchradi va 
AQSH Fransuz aksionerlik jamiyatining kanalini qurish bo’yicha barcha 
aksiyalarni sotib oldi. Shu yo’l bilan AQSH kanal qazish, foydalanish va 
boshqarish huquqiga ega bo’ldi. Biroq bu hudud Kolumbiyaga tegishli bo’lib, 
Kolumbiya senati AQSH ni bu yerdan chiqib ketishini talab qildi va shartnomani 
ratifikatsiya qilmadi. Shundan AQSH Panamada isyon uyushtirdi va isyonchilarga 
yordam berish uchun Panama sohiliga harbiy kreyser yubordi. Kolumbiya 


40 
qo’shinlarining yo’li kesildi. Panama "mustaqil" deb e’lon qilindi, AQSH esa uni 
darhol tan oldi. Panama hukumati AQSh bilan shartnoma tuzib, kanal va boshqa 
inshoatlar qurish huquqini unga topshirdi. Buning evaziga 10 million dollar pul 
oldi va yiliga 250 ming dollar renta olib tiradigan bo’ldi. Kanal qurilishi 10 yil 
(1904-1914 y.y) davom etdi. 1914-yil 15 - avgustda birinchi ishchi kema suzib 
o’tdi. 1920-yil 12-iyunda kanal rasman ochildi. Kanal uzunligi 81.6 km. Kema 
kanalni 4-8 soatda suzib o’tadi. 1 sutkada 36 tacha kema o’tadi.AQSH XX asr 
boshlarida jahonda ekspansiya siyosatini kuchaytirib yubordi. 1899 yil sentabrida 
AQSh davlat kotibi Xeyni Angliya, Germaniya, Rossiya, Yaponiya, Fransiyaga 
yuborildi. U "Ochiq eshiklar va teng imkoniyatlar" siyosatini targ’ib qila 
boshladi."Dollar diplomatiyasi" AQSH ning Lotin Amerikasini asoratga solishga 
qaratilgan siyosati."Yordam berish" "Katta to’qmoq" "G’arbiy yarim sharning 
politsiyasi" AQSH Lotin Amerikasi mamlakatlarida tanho hukmronligini o’rgatish 
uchun kurash olib bordi. Bunda u Monro doktrinasiga tayanib ish ko’rdi. AQSH 
Prezidenti Teador Ruzvelt (1901 -1909) "Katta to’qmoq" siyosatini ishlab chiqdi 
va uni o’tkazdi. Bu yo’lga muvofiq kongresda "Amerika mamlakatlaridan birida 
tartibsizliklar ro’y bersa xalqaro politsiya rolini bajarish AQSHning burchidir" 
degan so’zlarga amal qildi. Shu bilan AQSH moliya va sanoat kapitalining Lotin 
Amerikasi mamlakatlariga bostirib kirishiga yo’l ochib berdi.1907 yilda San-
Damengoni tengsiz shartnoma tuzishga majbur qildi. Unga muvofiq bojxona va 
moliya nazorati AQSH ga o’tdi. Huddi shu tartib 1911 yil Meksikada joriy etildi. 
Shu yil oxirida AQSH ning Meksikaga sarflangan kapitali 1,5 milliard dollarga 
yetdi. Gvatemala, Kosta -Reka, Nikaragua asoratli zayonlar bedi. Ularning ichki 
ishlariga aralasha boshladi. AQSH iqtisodiy -moliyaviy diplomatik va harbiy 
tazyiq o’tkazish usullarini sekin -asta ishlata borib, Markaziy Amerika 
mamlakatlarini yarim mustamlakaga aylantirdi, ular AQSH ga xom-ashyo yetkazib 
beradigan agrar mamlakatga aylandilar."Ochiq eshiklar" siyosati kabilar XIX asr 
oxiri XX asr boshlaridagi AQSH diplomatsiyasi siyosatini asosini tashkil etdi.XX 
asr boshlariga kelib xalqaro maydonda kuchlar joylashishida yangicha o’zgarishlar 
bo’ldi. Ilgari iqtisodiy jihatdan ilg’or bo’lgan Angliya, Fransiya bir muncha yosh 
davlatlar Germaniya, AQSH, Yaponiyatomonidan asta -sekin qisib qo’yila 
boshladi. Rossiya bilan Yaponiya o’rtasida Manjuriya masalasida tortishuv kelib 
chiqdi. Yaponiya bu masalada Angliya bilan bitim tuzmoqchi bo’ladi. Angliya 
bilan Yaponiya har qanday sharoitda bir -biriga yordam berishga kelishib oldilar. 
Rossiya -Yaponiya o’rtasida 1903 yil 30-iyunda Tokioda muzokarolar boshlandi. 
Ruslarning murosa tomon intilishini hisobga olmay, Yaponiya 1904 yil 24-
yanvarda muzokaralar to’xtatib, urush e'lon qilmasdan urush boshladi. Urush Xitoy 
va Koreya hududida avj olib ketdi. Birinchi zarbani Port -Arturga berdilar. 
Yaponiya -AQSH, Angliya -Yaponiya yordamida urushga yaxshi tayyorgarlik 
ko’rdi. 1904 yil 20-dekabrda Port -Artur yaponlarga taslim bo’ldi. Qal'ada 17 ming 
kishi o’ldirildi.1905 yil Rus floti Sutsima yonida mag’lubiyatga uchradi. Chorizm 
siyosiy jihatdan zaiflashganligi va harbiy muvofaqiyatsizliklarga uchraganligi 
tufayli Rossiya -Fransiya ittifoqi Fransiya uchun ahamiyatini bir muncha yo’qotdi. 
Ana shunday bir vaziyatda Fransiya bilan Angliya ""til topishdi"lar. 1904 yil 8-
aprelda ular o’rtasida bitim tuzildi. 1907 yil ularga Rossiya qo’shildi. Shunday 


41 
qilib "Uchlar bitimi" - Antanta degan bitim imzolandi. 1905 yil 23-avgustda 
AQSHning Port-Smut shahrida Yaponiya bilan Rossiya o’rtasida sulh tuzildi.XX 
asr boshlariga kelib, monopolistik rejalar tashkil topishi ko’paydi, bu birlashmalar 
xalq xo’jaligining eng muhim tarmoqlarini o’z ichiga oladi va mamlakat AQSH 
prezidenti T.Ruzvelt vositachiligida AQSH ning Port-Smut shahrida sulh 
muzokaralari bo’ldi. Rossiyadan Saxalin orolining bir qismini Yaponiyaga 
berishga va Yaponiyaga 1,2 mlrd. ien tovon to’lash talab qilindi. Lekin rus 
qo’mondonligi bunga ko’nmadi. Faqat Saxalinni bir qismini Yaponiyaga berishga 
rozi bo’ldi. Bitimga ko’ra Koreya Yaponiyaga o’tdi. Port Artur Yaponiya ijaraga 
berildi.1910 yil Yaponiya Koreyani to’la istilo qilib oladi. Yaponiya Birinchi jahon 
urushiga tayyorlana boshladi. 
AQSh aholisi-271,6 mln. Yer yuzi aholisining 5 %ni tashkil etadi. Hududi - 
9363ming km. kv. kattaligi jixatidan dunyoda to'rtinchi o'rinda turadi. Prezidenti-
Jorj Bush. Davlat kotibi - Kandoliza Rays. 50 ta shtatdan iborat. 
Islom Karimov: "Keyingi yillarda qishloq xo'jalik mashinalari ishlab chiqarishda 
AQSh bilan hamkorlik kuchaymoqda. Biz paxtachilikda ekish, ishlash va terish 
texnikasini chetdan oiib kelish yo'lini tuta olmaymiz. Chunki dunyoda bunday 
mashinalarni faqat AQSh va O'zbekiston ishlab chiqaradi, xolos". 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish