30
xususiyatlari:l)Yevropa davlatlarining ittifoqlari va urushlarida qatnashmaslik;
2)ular o'rtasidagi ziddiyatlardan o'zining manfaatlari yo'lida foydalanish va
3)Amerika savdo kemalarini daxlsizligini ta'minlashdan iborat edi. Shunday qilib,
XIX asrning birinchi yarmida AQSH Amerika qita'sida G'arbiy Yevropa
mamlakatlarining
ta'sirini
susaytirish
evaziga
o'zining
mavqesini
mustahkamlashga intildi, Angliya bilan
birgalikda Lotin Amerikasi
mamlakatlarini siyosiy jihaldan tarqoq, mayda va zaif davlatlarga aylantirishda faol
ishtirok etdi. AQSHning ekspansiya siyosati 1803 yilda arzimas 1,5 mln dollarga
Fransiyadan Luizianani olish bilan boshlandi. Fransiya mazkur hududni 1800 yilda
Ispaniyadan torlib olgan edi. Yevropadagi urush tufayli uni himoya qila olmasligi
va moliyaviy zaruriyal sababli Napoleon uni sotishga majbur bo'ldi. Luizianani
olinishi AQSH hududini 888,8 ming kv mildan 1715,9 milga ya'ni, qariyb 2 baravar
kengaytirdi.Kontinental blokada tufayli Angliya Fransiya bilan savdo aloqalarini
olib borayotgan davlallarning savdo kemalari qatorida AQSHning ham savdo
kemalini tutib ola boshladi, Bunga javoban AQSH 1812 yilda Angliyaga urush e'lon
qildi. Urush harakatlaru asosan, Kanada hududidagi ingliz qo'shiniga
qarshi olib
borildi. AQSH Yevropadagi urushlardan foydalanib Kanadani egallamoqchi edi.
Ammo uning maqsadlari amalga oshmadi. 1814 yil dekabrida Belgiyaning Gent
shahrida anglo-amerika sulh shartnomasi imzolandi. Urush AQSH hududini
kengaytirmadi, biroq uning mustaqilligini mustahkamlashda katta ahamiyatga
ega bo'idi. Angliya yana bir bor AQSH mustaqilligini tan oldi.1810-1818 yillar
mobaynida AQSH Ispaniyaga tegishli bo'lgan Floridani qismlarga bo'lib bosib oldi.
1819 yilda rasmiy ravishda Ispaniya Floridani AQSHga berishga majbur
bo'idi.Ispaniya
mustamlakachilik
imperiyasining
inqirozi
Lotin
Amerikasi
mamlakatlariga mustaqillik olib keldi. 20-yillarning boshlarida "Muqaddas ittifoq"
qo'shinlarini (Ispaniya mustamlakachiligini tiklash maqsadida) Lotin Amerikasiga
kiritish haqidagi xabarlarning tarqalishi AQSH hukumatini tashvishga soldi. 1823 yil
2 dekabrda AQSH prezidenti Monro kongressga murojaatnorna yubordi. Bu
murojaatnomaga ko'ra, AQSH Yevropamamlakatlarining
Amerikadagi mavjud
mustamlakalarini tan olinishini biroq ularning Amerika qiyofasida yangi
mustamlakalarga asos solishiga yo'l qo'ymasligini, Yevropamamlakatlarining
Amerika mamlakatlarining ichki ishlariga aralashmasligini ma'lum qildi. Bu harbiy
doktrina "Monro doktrinasi" deb nom oldi.Lotin Amerikasi mamlakatlarining
mustaqillik uchun kurashini qo'llab-quvvatlagan AQSH plantatorlari Texasda
ko'chmas yer mulklariga ega bo'lib, 1836 yilda uni mustaqil respublika deb e'lon
qildilar. Bu 1846-1848 yillardagi AQSH-Meksika urushiga olib keldi. Urush
natijasida Meksika nafaqat
Texasdan balki Kaliforniya, Arizona va Yangi
Meksikadan iborat ulkan hudud (qariyb Meksika hududining yarmi) dan mahrum
bo'idi. AQSH kompensatsiya tariqasida Meksikaga 15 mln. dollar to'lab go'yoki
uni sotib olganday qilib ko'rsatdi. Bosqinchilik urushlari natijasida XIX asr o'rtalarida
AQSH hududi 3027.8 ming kv.milga etdi.AQSHning hududiy ekspansiya tufayli o'z
maydonini kengaytirishi uchun hindu qabilalarining qoloqligi va tarqoqligi, qo'shni
Ispaniya mustamlakalari va Meksikaning zaifligi juda qo’l keldi. Yevropa
davlatlari o'rtasidagi to'qnashuv va urushlar tufayli ular AQSHning bosqinchilik
urushlariga jiddiy e'tibor bermadilar. AQSH esa bundan o'z manfaati yo'lida
ustalik bilan foydalandi. AQSHning XIX asr boshlarida Yevropada bo'lgan
urushlarda qatnashmaganligi uni nafaqat katta harbiy xarajatlar va yo'qotishlardan
saqlab qoldi, balki urushayotgan davlatlar bilan savdo olib borishi natijasida urushdan
31
yaxshigina foyda olishini ta'minladi.AQSHda abolitsionchilar va frisoylerlar
kuchayishiga qaramasdanshimol burjuaziyasi va G'arbdagi fermerlarning Janub
quldorlari bilan kompromisslik (kelishuv) munosabati XIX asrning 50-yillarigacha
AQSh ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayolining asosiy xususiyatlarini tashkil etdi. Bu
kelishuvchilikning mohiyati bir davlat tarkibida
kapitalistik va quldorlik
munosabatlarning mavjudligidan iborat bo'lib, AQShning ko'pgina moliyachilari,
savdogarlari va sanoatchilari Janubdagi quldorlik xo'jaliklari bilan bog'liq edi.
Aksariyat fermerlar va quldorlar AQShga kiritilayotgan arzon ingliz mahsulotlariga
bojxona soliqlari va to'lovlari miqdorini kamaytirish maqsadida prezident
saylovlarida birlashar edilar. Fermerlar va quldor plantatorlar AQShning hududiy
ekspansiyasidan o'zaro teng manfaatdor bo'lib, bu ularni kolonizatsiya - yangi
yerlar bilan ta'minlar edi. Uzoq vaqt davomida AQSh hududini kengayib borishi
fermerlar bilan quldorlar munosabatini keskinlashuviga yo'l qo'ymadi. Ammo,
Janub bilan Shimol o'rtasidagi chegara shtatlarda, yangi tashkil topayotgan
shtatlarda qulchilikni joriy qilish borasida azaldan kurash davom etib kelar edi.50-
yillarga kelib ahvol o'zgardi. Kapitalizm ravnaqi va G'arbdagi yerlarga fermerlar
kolonizatsiyasining kuchayishi qulchilik bilan ziddiyatlarni keskinlashtirdi.
Kuchlar muvozanati qulchilik taqiqlangan Shimol shtatlari foydasiga tez o'zgardi.
Ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyoti qoloq Janubga qaraganda shimolda tez o'sdi.
1850-1860-yillarda AQSh aholisi 23 mln dan 31
mln kishiga yetdi, aholining
aksariyat qismi Shimol va G'arbdagi shtatlarda yashardi, 1860- yilda Janubda 12,2
mln aholi yashagan, uning 4 mln.ini qullar tashkil qilgan.Sanoat ishlab chiqarish,
asosan, Shimolda to'plangan bo'lib, AQSh 50- yillarda sanoat mahsulotlari ishlab
chiqarish bo'yicha dunyoda Angliya, Fransiya va Germaniyadan so'ng to'rtinchi
o'rinni egalladi AQSh savdo flotining yuk ko'tarish hajmi Angliyanikiga tenglashib,
5,3 mln tonnani tashkil etdi. Biroq AQSh qishloq xo'jaligiga asoslangan agrar
mamlakat bo'lib, mashinalar va sanoat maxsulotlarining
katta qismi Angliyadan
keltirilar edi.AQShda ishlab chiqarish kuchlarining o'sishi quldoriik ishlab
chiqarish munosabatlari bilan zid kela boshladi. Quldorlik kapitalizmning
yanada rivojlanishi yo'lida asosiy to'siq bo'lib qoldi.Janub planlatorlarining
xo'jaliklari paxta yetishtirish va uni Angliyaga chiqarishga ixtisoslashib bordi. Hind
paxtasining raqobati tufayli ishlab chiqarish unumdorligini oshirish zaruriyati yangi
yerlar hisobidan ekin maydonlarini kengaytirishni taqozo qilar edi.Plantatorlar
AQShga olib kelayotgan arzon ingliz sanoati maxsulotlari uchun bojxona soliqlari
miqdorini oshirishga yo'l qo'ymayotgan edilar. Janubni Angliya fabrikalari uchun
xom-ashyo bazasiga aylantirilishi mustaqil milliy sanoat, ichki bozorni kengaytirish
va qullarni yollanma ishchilarga aylantirish uchun
harakat qilayotgan AQSh
burjuaziyasida norozilik tug’dirmoqda edi. Burjuaziya bilan plantatorlar o'rtasida
temir yo'llar qurilishi borasida ham tortishuvlar mavjud edi. Burjuaziya o'z
manfaatidan kelib chiqib shimoliy-g'arbiy yo'nalishda, quldorlar janubiy
yo'nalishda temir yo'llar qurilishini jadal olib borilishini talab qildilar. 50-
yillardan
quldorlar
bilan
fermerlar
o'rtasida
qarama-qarshilik
kuchaydi.Qashshoqlashgan fermerlar va ishchilar g'arbdagi yerlarni mayda
uchastkalarga bo'lib berilishini va qulchilikni bekor qilinishini talab qilayotgan
edilar. Shuninigdek,janubda negr qullarining qulchilikka qarshi kurashi ham
kuchaydi.Qulchilik masalasida keskinlikning paydo bo'lishiga quldorlarning
mamlakatda siyosiy hukmronligini saqlab qolish
uchun yangi shtatlarda
qulchilikni joriy qilishga urinishi sabab bo'lmoqda edi.Shimol bilan Janub