27
hududlariga boslirib kirish bilan birga davom etgan. AQSH qo'shinlari
hindularni ta'qib qilib,Ispaniyaga tegishli bo'lgan Sharqiy Floridaga bostirib
kirganlar. Bungacha ham, AQSHning ko'pgina quldor plantatorlari Floridada
yashaganlar. Ularning qo'llab-quvvatlashi natijasida AQSH 1819 yilda Ispaniya
hukumatini Sharqiy Floridadan voz kechishga majbur qildi. Buning uchun
AQSH Ispaniyaga 5 mln. dollar to'ladi. Bu bilan AQSH o'zini mazkur hududni
bosib olgan emas, balki sotib olgan qilib ko'rsatdi. Sharqiy Floridada yashagan
hindularning seminola qabilasining bir qismi qirib tashlandi.XIX asrning 20-30-
yillarida hindular Missisipi daryosi ortiga siqib chiqarilgan. Ularning ko'p qismi
qirib tashlangan. Jorjiyadan g'arb tomonda hindularning chirok qabilasining
tinch aholisi istiqomat qilgan. Ular o'zlarining maktablari, alfaviti, tipografiya va
hatto gazetalariga ega bo'lgan. Chirok qabilalari yashayotgah hududda oltin
zahiralari kashf etilgach, ularning mazkur hududdagi yerlarga egalik huquqini
kafolatlovchi sharlnomalar bekor qilinib, u yerlar jamiyat mulki deb e'lon
qilindi. AQSH qo'shini chiroklarni G'arbdagi rezervasiyalarga haydadi. Bunda
4 000 dan ziyod hindular halok bo'idi.1835-1842 yillarda Floridadagi seminola
qabilalari bilan AQSH qo'shini o'rtasida ikkinch urushi bo'lib o'tdi. Natijada
hindularning qarshiligi bulunhy tugatildi. Yuqorida ta'kidlanganidek, AQSHning
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ikki xil xususiyat: kapitalistik va quldorlik ishlab
chiqarish munosabatlari mavjud bo'lgan.Mamlakat Shimoli va G'arbida
kapitalizm tez suratlar bilan o'sgan. XVII asr oxirlaridan shimoli-sharqiy
shtatlarda mexanik ip yigirish, paxta tozalash (chigitlash) dastgohlari paydo
bo'lgan. 1814 yil Messachusetsda mexanik dastgohlardan keng foydalanilgan.
1815 yilda AQSHning yengil sanoatida 130 mingdan ziyodroq mexanik
urchuqlar bo'lgan bo'lsa, 1860 yilda ularning soni 5236000 ga etgan. Mexanik
urchug’lar bo'yicha AQSII dunyoda Angliyadan keyin ikkinchi o'rinda turgan.
Shunday qilib, XIX asrning 40 yillarida AQSHning to'quvchilik sanoati tez
o'sdi.1837
yildan
AQSH
metallurgiyasida
toshko'mir
yonilg'isidan
foydalanishga o'tila boshlagan. Buning natijasida temir ishlab chiqarish
ko'rsatkichlari tez oshib bordi. Og'ir sanoatning eng rivojlangan tumanlaridan
biri bu Pensilvaniya edi. XIX asrning 40 -yillaridan AQSHda qishloq xo'jalik
mashinalarning o'rish, ekish kabi mexanizmlarga ixtisoslashtirilgan turlaridan
foydalana boshlashgan. Shunday qishloq xo'jalik mashinalarining aksariyati
Angliyadan keltirilgan. Texnika sohasida AQSH hali Angliyadan ortda edi. Bug'
dvigatellaridan foydalanish AQSH sanoatida XIX asrning 50-yillaridan keng
foydalana boshlangan.30-40 - yillarda AQSHning transport sohasida to'ntarish yuz
berdi. 1807 yildayoq sinalgan Fultonning bug' kemasidan 20-yillarga kelib
daryolardagi qatnovda keng foydalanildi. 1838 yildan esa Atlantika okeani
orqali bug' kemalarining doimiy qatnovi yo'lga qo'yilgan. AQSHning dengiz
savdosi floti yuk ko'tarish ko'rsatkichlari bo'yicha Angliyanikiga tenglashgan
bo'lsada, u asosan yelkanli kemalardan iboral edi.1825 yilda Buyuk Ko' llarni
Gudzon daryosi orqali Atlantika okeani bilan birlashtirgan Eri deb
nomlanuvchi kanal qurildi. 20-yillarning oxirlaridan temir yo'llar qurilishi
boshlandi. 1850 yilda AQSH temiryo'llarining uzunligi 9 ming milga etdi.
Temiryo'llar va kanallar mamlakalning Shimoli-G'arbiy hududlarini Janubiy
shtatlar bilan birlashtirib G'arbni o'zlashtirishda katta ahamiyat kasb etdi.
Shimolda sanoat to'ntaruvi fabrika ishchilarining sonini oshishi balan birga bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: