Mustamlakalarning Angliyadan ajralib chiqishi va "Mustaqillik
deklarasiyasi".
1775-1776 yillarda ayrim muslamlakalar o'zlarini ozod va mustaqil davlat
24
deb e'lon qildilar. Kontinental kongressdagi mustamlakalar deputatlarining
ko'pchiligi inqilobga moyil bo'lgan yangi deputatlar bilan almashtirildi. 1776 yilgi
ikkinchi kontinental kongressda shtatlar mustaqil davlat sifatida e'tirof etildi.1776
yil yanvarida Tomas Peynning "Sog'lom fikr" nomli pamfleti 100 ming nusxada
nashr etildi. Unda muallif mustamlakalarni Angtiyadan ajralib chiqishini asosli
ekanligini isbotlashga urindi.Mustaqillik deklarasiyasini ishlab chiqish uchun
komissiya tuzildi. Komissiya tarkibiga Tomas Jefferson, Jon Adams, Bendjamin
Franklin, Robert Livingston kirdilar. Asosan Jefferson tomonidan tuzilgan "13 ta
Amerika Qo'shma Shtatlarining yagona deklaratsiyasi"da shunday jumlalar
mavjud edi:" Barcha odamlar o'zaro teng qilib yaratilgan va ularning barchasi teng
huquqlarga ega bo'lishi kerak. Bunday huquqlar jumlasiga yashash, ozodlik va
baxtga inlilish kiradi. Davlatni boshqarish, uni o'zgartirish yoki yo'q qilish bu
xalqning huquqidir". Tarixda birinchi marta rasmiy hujjatda xalq suvereniteti
g'oyasi shakllandi va 1776 yil 4 iyulda qabul qilingan deklaratsiya mustaqil
Amerika Qo'shma Shtatlarini tashkil topganligini e'lon qildi.Deklaratsiyada
AQSH ning Angliyadan ajralib chiqishining sabablari ham ko'rsatildi.
"Mustaqillik deklaratsiyasi" ikkinchi kontinental kongressi tomonidan e'lon
qilingach, butun tun gulxanlar yoqilib, qo'ng'iroqlar jarangladi. Xalq deklarasiyani
juda jo'shqnlik bilan kutib oldi."Mustaqillik deklaratsiyasi" XVIII asr oxirlaridagi
fransuz burjua inqilobining "Inson va fuqarolar huquqlari deklaratsiyasi" uchun
namuna vazifasini o'tadi. XVIII asr deklaratsiyasida inson huquqlarining
abadiyligi e'lon qilindi. Abadiy huquqlar deganda burjua huquqlari nazarda tutildi.
O'z davri uchun bu ilg'or va o'ta muhim hujjat edi. Deklaratsiya mustamlakachi
ekspluatorlarga, feodal munosabalarning qoldiqlariga qarshi kurash e'lon
qildi.Jefferson tayyorlagan deklaratsiyaning dastlabki matnida qulchilikni tanqid
qiluvchi punkt mavjud edi, ammo janubdagi quldorlik
mustamlakalarining deputatlari deklaratsiyadagi ushbu punkt qoladigan bo'lsa,
Angliyaga qarshi urushmaymiz, deb do'qurdilar. Shunday qilib, AQSh da
qulchilikning bekor qilinishi orqaga suriladi.Ushbu harakatlarning borishi va
yakunlari shu bo'ldiki AQSH Angliyaga qashi Fransiya (1778), Ispaniya (1779) va
Gollandiya bilan (1782) harbiy ittifoq tuzdi. Rossiyaning tashabbusi bilan (1780y.
Deklaratsiyasi) Yevropadagi qator mamlakatlar (Shvetsiya, Germaniya v.b.)
Angliyaga qarshi kurashni bertaraflik yo'lini tutdilar. 1782 yilga kelib kontinental
kuchiar to' la galabaga erishdi. Inglizlar Amerikada mag' lub etildi.1783 yilda
Versalda Angliya va AQSH o'rtasida sulh bitimi imzolandi. Angliya AQSH
mustaqilligini e'tirof etdi.1775-1783 yillardagi mustaqillik ushun urush ana
shunday yakun topdi. Shunday qilib, Angliyaning Amerikadagi 13 ta
mustamlakasi mustaqil yagona respublikaga birlashdi. AQSH tashkil topdi. Ko'p
yillar mobaynida har bir shtat boshqa shtatga nisbatan o'zini mustaqil deb hisoblab
keldi. Keyinchalik fuqarolar o'rtasida yagona milliy mushtaraklik vujudga keldi va
ular o'zlarining kelib chiqishlari, irqlari, millatlaridan qat'iy nazar- "amerikaliklar"
nomi ostida birlashdilar. Bu federatsiya asosida birlashgan yangi davlat bo'lib,
o'sha paytda jahonda kichik Shveytsariya Respublikasi mavjud edi,
xolos.AQSHda fuqarolar toifalari yo' q edi, na dvoryan, na monarx kabi unvonlar
bo'lmagan. Shuning uchun o'rta tabaqaga mansub fuqaroning o'sishi va
rivojlanishi uchun bu yerda hech qanday g'ov yo'q edi.1787 yilda Filadelfiyada
ta'sis konventi (majlis) AQSH Konstitutsiyasini qabul qildi. Konstitutsiyaga
Prezident boshqaruviga asoslangan hokimiyat qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va
sud organlaridan iborat qilib tuzildi va uning asosini xalq tashkil qiladi, deb yozib
qo'yildi. Dunyoning eng demokratik Konstitusiyalaridan biri bolgan bu me'yoriy
hujjat, 30ga yaqin o'zgartirishlar qilinganiga qaramay hozirgacha AQSHning
asosiy qonuni vazifasini o'tab kelmoqda.Jorj Vashington AQSHning Prezidenti
25
qilib saylandi. Uning safdoshlari Tomas PeynBenjamin Franklin, Tomas
Jefferson, Samuel Adams, Jeyms Medisonlar AQSH davlatini tashkil etish, uni
idora qilish an'analariga asos soldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |