35
barchasi erkin qo'yib yuborildi. Natijada 14 aprel kuni "Ford" teatrida Teylorning
"Bizning amerikalik tog'amiz" komediyasini tomosha qilayotgan prezidenl A.
Linkoln quldorlarga yollangan aktyor Buts, Jon Uilks, Sarrou jami 4 kishi tomonidan
o'ldirildi. Bu suiqasd quldorlarning pinhona ravishda bildirigan hukumatga nisbatan
qarshiligi edi. 1865-1877yillar davomida Janubiy shtatlarni siyosiy va ijtimoiy
jihatdan qayta tiklash (rekonstruktsiya) davrida ayniqsa bu hol yaqqol namoyon
bo'ldi.1865 yil dekabrida kongress AQSh konstitutsiyasiga negrlar qulligini bekor
qiluvchi o'n uchinchi, 1866 yilda esa negrlarga saylov huquqini beruvchi o'n
to'rtinchi tuzatishni kiritdi. Konfederasiyaning rahbarlari davlat lavozimlarini
egallashdan mahrum qilindi. Quldor plantatorlar negrlarni qullikdan ozod qilishni
e'tirof etsalarda, ularga yer va siyosiy huquqlar berishga qarshilik ko'rsatdilar.
Negrlarni huquqsiz holda saqlab qolish uchun ularai kaltaklab, terror qiluvchi qurolli
bandalar tuzdilar. 1866 yildan boshlab Janubda "Ku-kluks-klam" deb ataluvchi
maxfiy irqiy-terroristik tashkilotlar tuzila boshlandi. Bu tashkilot a'zolari
plantatsiyalarda mehnat qilishdan bosh tortgan negrlarni o'ldirib, ularni siyosiy
huquqlardan foydalanishga yo'l qo'ymagan. 1865-1866 yillarda Janubda joriy
qilingan "Qora kodekslar" negrlarni yerga egalik qilishni yoki ijaraga yer
olishlarini ta'qiqlagan.Negrlarni olomon qilib o'ldirish bilan shug'ullanuvchi "Linch
sudlari" keng faoliyat yuritdi.Janub plantatorlarini ilgarigi hukumronlik holatini
to’liq saqlab qolishga urinishi nafaqat negrlarni, balki, butun mamlakat ishchilari,
fermerlari va hunarmandlarining keng ommasida norozilik uygotdi. Shimol
burjuaziyasi yangidan inqilobiy ko'tarilish xavfini sezib Janubni qayta tiklash
dasturini "yuqoridan" amalga oshirishga kirishdi.Janubni qayta tiklash burjua
demokratik inqilobining davomi bo'lib, u federal qo'shin yordamida amalga
oshirildi. Janubni qayta tiklash davomida ijroiya hokimiyat o'sha shtatlarni egallab
turgan federal qo'shin nazorati ostida bo'ldi.AQSh fuqarolar urushi davomida va
undan keyin ham tajovuzkor tashqi siyosat yuritdi. 1862-1864 yillarda Shimol
burjuaziyasi kapitalistik mamlakatlar bilan birgalakda Xitoyda taypinlar qo'zg'olonini
bostirishda ishtirok etdi. 60-yillarda AQSh Yaponiyaning ichki ishlariga aralashib,
tengsiz shartnomalar imzolashga majbur qildi. Fuqarolar urushida g'alaba qilgan
Shimol burjuaziyasi Xitoy, Yaponiya va Alyaskaga nisbatan ckspansiya siyosatini
davom elUrdi.1867 yilda Tinch okeanining shimoliy qirg'oqlarida chor Rossiyasining
zaiflashib qolganligidan foydalangan AQSh Rossiyadan arzimas 7,2 mln. dollarga
Alyaska yarim oroli va Aleut orollarini sotib oldi.AQSh fuqarolar urushi juda
muhim oqibatlarga sabab bo'ldi. Urushda Shimolning g'alaba qilishi natijasida
AQShning birligi saqlab qolindi. Prezidentlik lavozimi, senat va oliy sud
burjuaziya nazoratiga o'tdi. Plantatorlar davlatdagi siyosiy hukumronlik
mavqeyidan
mahrum
bo'ldilar.
Fuqarolar
urushining
asosiy
ijtimoiy
muvaffaqiyali-qulchilikni bekor qilinishi va gomsted haqidagi qonunlar bo'ldi.
Urush natijasida mamlakatda fermerlik, ya'ni qishloq xo'jaligida kapitalistik
taraqqiyotning "Amerikacha yo'li" g'alaba qildi. U ichki bozorni kengayishiga g'ov
bo'lib turgan barcha to'siqlarni bartaraf etib, sanoat va qishloq xo'jaligini jadal
rivojlanishi uchun turtki berdi. Mamlakat milliy birligini saqlab qolinishi, AQSh
hukumron doiralarining bosqinchilik siyosatini yuritishiga qo'l keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: