Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/107
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937276
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   107
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

Fuqarolar urushining boshlanishi
Quldorlar butun AQSh hududida qulchilikni yoyishga, yangi yerlarni 
plantatsiyalarga aylanlirishga harakat qilib, qullarni Shimol va G'arbga qochishlarini 
oldini olmoqchi edilar.1850- yilda AQSh kongressi Yangi Meksika va Yutaning 
keng viloyatlari aholisiga mazkur hududda qulchilikni joriy qilish yoki ma'n qilish 
masalasini o'zlari hal qilishi huquqini berdi. 1854-yilda AQSh tarkibida ikkita 
yangi shtatlar Kanzas va Nebraska shtatlari paydo bo'ldi. Kongress bu shtatlarning 
aholisiga ham qulchilik masalasini o'zlari hal qilishi haqida qaror chiqardi. 1850- yil 
qonuni va 1854-yilgi Konzas -Nebraska qonuni Kanzasda fuqarolar urushini 
boshlanishiga turtki bo'ldi. Quldorlar zudlik bilan Kanzasda qulchilikni joriy qilish 
maqsadida, qurolli guruhlarni Kanzasga keltira boshladilar. Bunga javoban minglab 
fermerlar va hunarmandlar bo'sh yerlarni egallash va qulchilikni yoyilishiga yo'l 
qo'ymaslik uchun Kanzasga kela boshladilar. Kanzas aholisining aksariyati 
qulchilikka qarshi bo'Iishiga qaramasdan, federal hukumat Kanzasni quldorlik 
shtati deb e'lon qildi.Kanzas voqealarining ta'siri ostida quldorlar bilan demokratlar 
partiyasi tarkibida bo'lgan fermerlar bu partiyadan chiqib, qulchilikka qarshi 
bo'lgan burjuaziya, abolitsionistlar va frisoylerlar -1854-yilda respublikachilar 
partiyasiga asos soldilar.1859-yilda Virjiniya shtatida inqilobiy inqirozni 
yetilishida Jon Braun boshchiligidagi qulchilikka qarshi ko'larilgan qo'zg'olon 
katta ahamiyatga ega bo'ldi. J. Braun o'zining 32 kishilik harbiy otryadi bilan 1859-
yil 17- oktyabrda katta qurol-yarog' omborini egallash uchun qurolli hujum 
uyushtirdi. J.Braun ommaviy ravishda ularni qo'llab-quvvatlovchi qullar qo'zg'oloni 
ko'tariladi, deb umid qilgan edi, lekin bunday qo'zg'olon ko'tarilmadi, yakkalanib 
qolgan Jon Braun otryadi quldorlar qo'shini tomonidan tor-mor etildi.1860 yilgi 
prezident saylovlarida respublikachilar partiyasi advokat Avraam Linkoln nomzodini 
ko'tarib chiqdi va saylovda g'alaba qildi.Plantatorlar saylovda boy berganligi va 
prezidentlik hokimiyatidan mahrum bo'lganliklaridan norozi bo'lib, saylovdan bir 
necha hafta o'tgach, ya'ni 1860- yil 20 dekabrda Janubiy Karolina, 1861 yil 
yanvar-fevral oylarida AQShning yana 7 ta shtati-Florida, Jorjiya, Alabama, 
Luiziana, Texas, Tenessi va Missisipi itiifoqlari chiqqanligini elon qildi. Bu shtatlar 
markazi Richmond shahri bo'lgan janubiy konfederasiya tuzildi va D. Devisni 
prezident qilib sayladilar.D.Devis e’lon qilgan deklaratsiya konfederatsiyaning asosiy 
maqsadi, deb alohida shtatlarning erkinliklarini, ularni ajralib chiqishi huquqini 
himoya qilish, erkin savdo uchun, kurashish deb, belgilandi. Shuningdek, 
deklaratsiya Shimolni qochoq qullarga homiylik qilayotganlikda va yangi 
yerlarga qullikni yoyishga yo'l qo'ymayotganlikda aybladi.Linkoln prezidentlik 
lavozimini qabul qilgandan keyin (1861 yil 4 mart), konfediratsiya qo'shini 
12-13 aprel kunlari Chariston yaqinidagi Samter portini egallab oldi. Bunga 
javoban Linkoln 15 aprel kuni 75 ming kishilik xalq lashkari tuzish uchun 
safarbarlik e'lon qildi. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish