Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi


AQSH ning ijtimoiy -siyosiy ahvoli



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/107
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937276
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   107
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

AQSH ning ijtimoiy -siyosiy ahvoli.


37 
XIX asrning oxiri XX asr boshlarida AQSH murakkab ijtimoiy 
muammolarga duch keldi. Bulardan eng yiriklari mahalliy hindular, 
negrlar bilan bog’liq bo’lib, milliy masala o’tkirligicha qolayotgan edi. Sanoatning 
tez rivojlanishi yerli hindulardan tortib olingan yerlarni mumkin qadar tezroq 
o’zlashtirish, Sharqiy shtatlar bilan g’arbiy hududlarni qo’shish, undan ishlab 
chiqarilgan maxsulotlarni bozorlarga sotish, ko’plab temiryo’llar qurishni talab 
qilardi. Mamlakatda aholi soni tez o’sdi. "Ko’hna dunyo"dan "baxt" qidirib 
kelganlar bu yerda mashaqqatli mehnatga duch keldilar. Kasaba uyushmalari zaif, 
milliy ishchilar ittifoqi 6-7 yildan so’ng tarqab ketdi. Ishchilarni himoya qiladigan 
kuch yo’q edi. Ishchilar noroziligi ko’payib bordi. 1877 yilda AQSH temir 
yo’lchilari ish tashladi va u 17 shtatga tarqaldi. Ularga qarshi armiya, politsiya 
tashlandi. Amalda bu "kichik" fuqarolar urushiga aylandi. Pitsburgda ishchilar 
hukumat qo’shinlarini yengib, 7 kun shaharga ega bo’ldilar. Sent -Luistda ham 
ishchilar ikki hafta hukumron bo’ldilar. Nyu York, Ogayo, Indiana, Illinoys 
shtatlarida qurolli qo’zg’alonlar bo’ldi. 1886 yil 1-mayda Chikago ishchilaridan 
350 mingtasi ish tashladi. Ular 8 soatlik ish kuni talab qildilar. 3-mayda ular Senno 
maydoniga mitingga to’plandilar, ammo politsiya namoyishchilarni o’qqa tutdi. Bu 
xunrezlik ommaviy mitinglar namoyishlarni yanada kuchaytirdi. Hukumat ko’plab 
ishchilarni qamoqqa oldi. 1887 yil 11-noyabrda ishchi rahbarlaridan 4 kishi 
Parsons, Fisher, Engel, Shpis dorga osildi. Shpis so’ngi so’zida: "Bizning 
sukunatimiz nutqlarimizdan ham dahshatli bo’ladi" degan edi. Bu qonli o’ch olish 
dunyoni larzaga soldi. Jahondagi ishchilar Chekago ishchilari bilan hamkorlik 
bildirib, shu kunni ishchilarning birdamlik ramzi sifatida nishonlaydigan bo’ldilar. 
G’arbdagi ba'zi mamlakatlarda bu kunni hozir ham birdamlik kuni sifatida bayram 
qilib kelmoqda.1886 yilda AQSH da kasaba uyushmalari "Amerika mehnat 
federatsiyasi" tahkil topdi. 1867 yilda fermerlarning grenjerlar tashkiloti tuzildi. 
Uning safida 1,5 million a'zosi bo’lib, 32 shtatda bo’limlari bo’lgan. XIX asrning 
60 yillar oxiridag’arbdagi agrar shtatlarda fermerlarning harakati boshlanib ketdi. 
Bu harakat tarixda Grenjerlar harakati deb nom oldi. "Grensh" - "fermer" degani 
AQSH da qishloq xo’jaligida noroziliklar fermerlar harakati ko’rinishida bo’lib 
o’tgan agrar shtatlar Illinoes, Vesponsin, Ayova, Minnisota, ko’p o’tmay grenjlar 
harakati grinbeklarga bo’shatib berildi. Grinbek - "ko’k yelka" dollarining orqa 
tomoni degan ma'noni anglatadi. Fuqarolar urushidan so’ng mamlakatda 450 
milliard qog’oz pul chiqarilgan. Uushdan so’ng bu pullarning kursi 50 % ga tushib 
ketdi. Bankirlar va omonatchilar uni bekor qilishni talab etdi. Hukumat 1875 yil 
uni tillaga ayirish va sekin-asta mulklarga chiqish yo’lini tutdi. Ammo fermerlar 
bunga qarshilik ko’rsatgan edilar. 1875-1876 yillarda grinbeklar ittifoqi tuzilgan 
edi. Hatto ular 1878 yil saylovlarda 1 mln. ovoz va kongresda 15 o’rin olgan 
edilar. Ammo keyin sayovlarda bu partiyaning ta'siri ham, 90 yillarga kelib o’zi 
ham yo’qolib ketgan edi. AQSH siyosiy partiyalarinign hukmronligi quyidagicha 
sodir bo’ldi: 
AQSH prezidentlari (1865-1913 yy): 
17-Endryu Jonson (1808-1875, 1865-1869) tikuvchi, senator, 
respublikachi 
18-Uliss Grand (1822-1885, 1869-1877) harbiy, senator, respublikachi. 


38 
19-Ratterford Xeys (1822-1885, 1877-1881) yurist, senator, 
respublikachi. 
20-Jeyms Garfild (1831-1881, 1881-l887) yurist, senator, respublikachi 
21-Chester Artur (1829-1886, 1887-1885) yurist, senator, respublikachi 
22-Grover Klivlend (1815-1889, 1885-1889) yurist, demokrat. 
23-Benjamin Garrison (1883-1908, 1889-1894) yurist, respublikachi 
24-Uilyam Makkinli (1843-1901, 1897-1901) yurist, respublikachi 
25-Teodor Ruzvelt (1858-1919,1901-1909) yozuvchi, respublikachi, "Nobel" 
mukofoti berilgan. 
26-Uilyam Taft (1857-1930, 1909-1913) yurist, respublikachi. 
27-Vudro 
Vilson 
(1856-1924, 
1913-1921) 
o’qituvchi, 
demokrat, 
PrinstonUniversitetining tarix va huquq professori, rektori. Vilson prezidentligi 
davrida bojlarni 10 % ga kamaytirdi. (Unlervud qonuni), daromadlarning oshib 
borishiga qarab qo’shimcha soliq joriy etildi, Senatorlarni oldin shtatlarning qonun 
chiqaruvchi organlari saylagan bo’lsa, endi xalq saylaydigan bo’ldi, mahalliy 
banklar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi zahira bank tashkil etildi, 1914 yilda 
trestlarga qarshi Kleyton qonuni kuchga kirdi. Unda ish yashlash davrida yetgan 
zararni kasaba uyushmalari talab qila olmasligi korsatilgan edi.Vilson ham AQSH 
ning jahonda hukmron bo’lishi uchun katta hissa qo’shdi. U shunday deyishni 
yaxshi ko’rgan: "Biz yangi davr arafasida turibmiz, bu davrda amerikaliklar 
dunyoni idora qilishlari kerak". V.Vilson yirik monopolyalarga sadoqat bilan 
xizmat qildi. U Nobel mukofotini olgan. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish