28
Aholisi zich bo'lgan Shimoli-Sharqiy tumanlarda ishchilarning ahvoli og'ir
bo'lgan. 20-30 - yillarda o'rtacha 12,5 soat ish kuniga ega bo'lgan ishchilar bir kunga
bir dollar ish haqi olganlar, ammo bu tirikchilik uchun zarur bo'lgan eng oz
miqdordagi oziq-ovqat uchun ham yetmas edi.1837-1842 yillarda AQSHda dastlabki
ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi yuz berdi. Inqiroz ishchilarning turmush darajasini
keskin tushirib yubordi. AQSHda navbatdagi ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi 1857
yilda yana sodir bo'ldi.XIX asrning 20-yillari oxirlarida AQSHda ishchilarning
mehnat sharoitini, huquqiy va iqtisodiy ahvolini yaxshilash uchun kurash boshlandi.
Ularning eng asosiy talablari 10 soatlik ish kunini joriy qilish, ish haqini oshirish,
qarzlar uchun hibsga olishni bekor qilish, jamiyat (davlat) maktablarini ochish, barcha
erkaklarga saylov huquqini berish, G'arbdagi yerlardan ularga yer uchastkalari berish
va boshqalardan iborat edi. Ishchilar tez-tez ish tashlashlar uyushtirib turdilar.
Sexlarning turlariga qarab malakali ishchilarning kasaba uyushmalari tuzildi. 1842
yilda AQSH Oliy sudi ishchilarning ish tashlashlari va kasaba uyushmalarini tuzishga
ruxsat beruvchi qonunni joriy qilishga majbur bo' Idi. 1828 yil Filadelfiyada dastlabki
ishchi parliyasi tashkil topdi. Shunday partiyalar Nyu-York va boshqa shaharlarda
ham tuzitdi. 1828-1834 yillarda turli nomlar bilan ataluvchi 60 dan ziyod ishchi
partiyalari tuzildi. Bu partiyalar asosan umumdemokratik talablarni ilgari surib,
ishchilarning yashash va mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun harakat qijdilar.
Shuningdek, ayrim partiyalar yer uchastkalarini bo'lib berilishini, ayollarning
siyosiy huquqlarga ega bo'lishi va qulchilikni bekor qilinishini ham talab qildilar.
Xalq ommasining talabi bilan ko'pchilik shtatlarda qarzlar uchun hibsga olish bekor
qilinib, erkaklar uchun umumiy saylovlar huquqi vajamiyat maktablari joriy
qilindi.XIX asrning birinchi yarmi AQSH Janubida quldorlik plantatsiyalarning jadal
o'sish davri ham bo'ldi. 1793 yilda E.Uitni tomonidan paxta tozalash (chigitlash)
dastgohini ixtiro qilinishi natijasida XIX asrning birinchi yarmida quldorlik
plantasiyalarida tamaki o'rniga paxta keng ravishda etishtirishga o'tildi. Shuningdek,
Janubda shakar qamish ekish ham kengaydi. Paxtaning aksariyati Angliyaga eksport
qilindi. Paxta yetishtirishga ixtisoslashuv AQSH Janubini G'arbiy Yevropa
mamlakatlarining agrar xom ashyo bazasiga aylantirdi. Keyinchalik Janubda
etishtirilayotgan paxtaning bir qismi Shimoldagi to'qimachilik sanoatida qayta
ishlana boshlandi.Quldorlik plantasiyalarida paxta monokulturasi (yakka hokimligi)
Janub yerlarining unumdorlik darajasini tushirib yubordi. Natijada yangi unumdor
yerlarga ehtiyoj orta bordi. Buni paxta xom ashyosiga bo'lgan talabning kuchayishi
natijasida, ekin maydonlari hajmini kengaylirish zaruriyati ham taqozo etmoqda
edi. Quldorlar mamlakat janubidagi va g'arbidagi yerlarni ekspansiya qilishga
kirishdilar. Shimoli-G'arbdagi kapitalist-fermerlar han bunday ekspansiyadan
manfaatdor edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: